Microsoft Word bmi qodirqulova doc


Dreamweaver MX da yangi o’rgatuvchi dastur yaratish



Yüklə 2,44 Mb.
səhifə6/16
tarix18.04.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#106052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
dreamweaver mx imkoniyatlaridan fojdalanib orgatuvchi dasturlar yaratish metodikasi

Dreamweaver MX da yangi o’rgatuvchi dastur yaratish.


O’rgatuvchi dasturlar o’zining ko’rgazmaliligi, dizayni bilan o’quvchilar diqqat e’tiborida bo’ladi. Ya’ni biz yaratayotgan o’rgatuvchi dastur web saxifalari, ular orasidagi bog’lanishlarni to’g’ri tanlay olsak, o’quvchilarning o’rganishga bo’lgan qiziqishini yanada orttirgan bo’lamiz.
Ko’pgina Web-dizaynerlar uchun multimedia ma`lumotlarini tayyorlash ularga zavq bagishlovchi juda ham qizqarli mashg’ulotdir, lekin Web-sahifaning asosiy komponenti bo’lib matn hisoblanadi. Ko’pgina hollarda foydalanuvchilar qidirayotgan ma`lumot aynan matn ko’rinishda ifodalanadi. Odatda dastur foydalanuvchilari o’zlariga kerakli ma`lumotlarni tezda qidirib topishga urinadi va katta hajmdagi axborotlarni o’qishni hohlamaydi.
Matn – bizning dasturimiz «ovozi» hisoblanadi va Web-dizayner ushbu
«ovoz»ni mo’ljallangan auditoriya eshitishi uchun bor imkoniyatlarini ishga solishi kerak. Matnning kiska va tusxunarli hamda grammatik xatolardan holi bo’lishi juda muhim hisoblanadi. [17].
Buyurtmachi asosan matnli ma`lumotlarni «qo’lyozma» yoki elektron ko’rinishda etkazib beradi. Lekin bu Web-dizaynerlarni matn ustida ishlashdan ozod kilmaydi. Xususan, Web-sahifani tuzish vaqtida bo’lim va qism bo’limlarga sarlavhalar va shu bilan birga ma`lumotlar hamda qo’shimcha matn ma`lumotlar yaratishga to’g’ri keladi, masalan, haridor «savatini» to’ldirish buyicha ko’rsatmalar. Ba`zan Web-dizayner buyurtmachi bilan birgalikda Web-sahifa uchun yangi matnlarni yaratishiga yoki mavjud matnni qayta ishlashiga to’g’ri keladi. Ko’pgina Web-dizaynerlar Web-saytga matn yaratish uchun, matnlar tuzishga ixtisoslashgan malakali mutaxassislar xizmatidan foydalanishadi.

  1. Dreamweaver MX dasturini ishga tushiring (Пуск/Программы/ Macromedia / Macromedia Dreamweaver MX).

  2. Dastur ishga tushishi bilan yangi HTML-hujjat hosil bo’ladi. Ob`ektlar palitrasi (Insert) va xususiyatlar paneli (Properties) ni toping.

  3. Agar birorta palitra ekranda bo’lmasa, Window menyusidan foydalanib uni ekranga chaqiring.

  4. Window menyusidan Insert va Properties punktlari oldidagi belgini olib tashlab, Insert va Properties panellarini yoping.

  5. Window menyusidagi Others>History buyrug’ini tanlab, History panelini ekranga chiqaring.

  6. Ekranning o’ng qismida bir nechta palitralardan tarkib topgan panel hosil buldi, lekin joriy vaqtda faqat History palitrasi faollashtirilgan holos. Boshqa palitrani faollashtirish uchun sichqoncha tugmasini uning sarlavhasi ustida bosish kerak.

  7. Insert va Properties palitralarini ekranga chiqaring. Buning uchun Window menyusidan avval Inserts buyrug’ini, so’ngra Properties buyrug’ini bajaring.

Dreamweaver MX dasturida o’rgatuvchi dastur yaratish, bu yangi sayt yaratishday gap. U holda uning tartibi quydagicha amalgam oshiriladi:

  1. Site menyusidan NewSite buyrug’ini bajaring.

  2. Advanced bo’limiga o’ting. Site Name maydoniga yaratiladigan dastur nomini kiriting. Masalan, Dreamweaver MX.

  3. Local Root Folder maydonida dastur papkasini ko’rsatish kerak. Maydon yonidagi papka rasmini sichqoncha yordamida ishlating.

  4. Ochilgan muloqot oynasidan sahifa fayllari saqlanadigan papkani tanlang.

  5. Papka ro’yxatidan Мой документы papkasini tanlang.

  6. Sichqoncha yordamida yangi papka yaratish piktogrammasini ishlating.

  7. Papka nomini kiriting (lotin alifbosi harflari bilan ismingizni kiriting). Enter tugmasini bosing.

  8. Yangi papkaga kirish uchun uning ustida sichqoncha tugmasini ikki marta bosing.

  9. Сохранить tugmasini ishlating..

  10. HTTP Adress maydoniga hech narsa kiritmang. Enabled Cache dan bayroqchani olib tashlamang.

  11. OK tugmasini bosing. Yangi o’rgatuvchi datur yaratildi.

  12. Site oynasini ishga tushiring. Buning uchun Window menyusidan Site palitrasini tanlang.

  13. Dastur fayllari bilan ishlash uchun Windows dagi «Провадник» oynasiga o’xshash oyna ochiladi.

  14. Yangi fayl yaratamiz. File menyusidan New File buyrug’ini bosing.

  15. Ekranning o’ng qismida yangi HTML-faylning piktogrammasi paydo bo’ladi va uning nomi Untitled 1.htm bo’ladi.

  16. Bu nomni index.htm ga o’zgartiring. Buning uchun sichqoncha tugmasini fayl nomi ustida ikki marta bosing.

  17. Dasturimizningmizning barcha grafik ob`ektlari uchun yangi papka yaratamiz. Buning uchun File menyusidan New Folder buyrug’ini bajaramiz va papkaga Images nomini beramiz.

  18. index.htm faylini oching. Buning uchun Site oynasidagi fayl nomi ustida sichqoncha tugmasini ikki marta bosing.

  19. Bir vaqtda kod va dizaynni ko’rsatuvchi muhitga o’ting. Buning uchun View menyusidan Code and Design buyrug’ini bajaring. Sahifada hech narsa bo’lmasa ham HTML-kod sahifa haqidagi ayrim ma`lumotlarni o’zida saqlaydi.

  20. Hujjat oynasidagi yopish tugmasini bosgan holda, HTML-fayl oynasini yoping. Yuqoridan ikkinchi yopish belgisini ishlating, chunki birinchi tugma Dreamweaver dasturi oynasiga tegishlidir.

  21. Ishlash uchun dasturni faollashtiring faollashtiring. Buning uchun Site palitrasidagi ro’yxatdan dasturingiz nomini tanlang.

  22. index.htm fayli bilan ishlash uchun uning ustida sichqoncha tugmasini ikki marta bosing.

  23. Kirill alifbosidagi harflarning to’g’ri ko’rinishini saqlang. Buning uchun Edit menyusidan Preferendes buyrug’ini tanlang.

  24. Fonts bo’limiga o’ting. Buning uchun bo’lim nomi ustida sichqoncha tugmasini bosing.

  25. Font Settings ro’yxatidan Cyrillic qiymatini tanlang.

  26. New Document kategoriyasiga o’ting.

  27. Default Encoding ochiluvchi ro’yxatidan Cyrillic (Windows 1251) ni tanlang.

  28. OK tugmasini bosing.

  29. Sahifaning ixtiyoriy qismida sichqonchi o’ng tugmasini bosing va hosil bo’lgan kontekst menyusini Page Properties buyrug’ini tanlang.

  30. Title maydoniga sahifaning sarlavhasini kiriting (Dreamweaver MX dasturi imkoniyatlar).

  31. Document Encoding – ochiluvchi ro’yxatdan Cyrillic (Windows 1251) ni tanlang.

  32. OK tugmasini bosing.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə