Microsoft Word bmi qodirqulova doc



Yüklə 2,44 Mb.
səhifə2/16
tarix18.04.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#106052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
dreamweaver mx imkoniyatlaridan fojdalanib orgatuvchi dasturlar yaratish metodikasi

I BOB. TA’LIMDA O’RGATUVCHI DASTURLARNING AHAMIYATI VA ULARNI YARATISHDA DREAMWEAVER MX DASTURI IMKONIYATLARI . . . . . . . . . . . . . . .

9


1.1. O’rgatuvchi dasturlar va ularning ta’limdagi ahamiyati . . . . . . .

9

1.2. Dreamweaver MX dasturi va uning imkoniyatlari. . . . . . . . .

15

1.3. Dreamweaver MX da yangi o’rgatuvchi dastur yaratish . . . . . . .

34

II BOB. DREAMWEAVER MX IMKONIYATLARIDAN FOYDALANIB O’RGATUVCHI DASTURLAR YARATISH METODIKASI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

38


2.1. Dreamweaver MX imkoniyatlaridan foydalanib o’rgatuvchi dasturlar




yaratish. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

38

2.2. Dreamweaver dasturida grafik formatdagi fayllar va rasmlar bilan




ishlash metodikasi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

40

2.3. Dreamweaver dasturida ro’yxatlar va jadvallar hosil qilish . . . . .

42

2.4. Dreamweaver dasturi yordamida o’rgatuvchi dasturlar yaratish




metodikasi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

49

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . .

60

IZOHLI LUG’AT. . . . . . . .

. . . . . . . . .

. . . . . . . . .

.

63

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. “Har qanday mamlakatning kuchi uning intellektual salohiyati bilan belgilanadi. Salohiyatga esa turli yo’llar bilan erishish mumkin”, - deydi O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov. [5].
Darhaqiqat, bugungi kunda bizning gullab yashnayotgan mustaqil Respublikamizda ham hukumatimiz rahbariyati tashabbusi va bevosita rahbarligida kompyuterlashtirish va axborotlashtirish shu qadar katta tezlik bilan amalga oshirilmoqdaki, inson o’z faoliyatida bu qadar yuqori ko’tarinkilikni qabul qilishi shartligi davr taqozasi bo’lib qolmoqda. Respublikamizda chiqarilgan qonun va farmonlar: O’zRning “Axborotlash-tirish” to’g’risidagi qonuni, O’zRning “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ning maqsadi - O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning so’zi bilan aytganda: ”Biz iste’dodli, fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim va kasb cho’qqilarini zabt etishlari uchun qanot berishimiz kerak”. [4], [5].
Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish o’quv jarayonining samaradorligini oshirishda o’qitishning yangicha shakllarini joriy etishni taqozo etadi.
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, unga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish va ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimining asosi yaratildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida pedagoglarning saviyasini oshirish, ta’lim-tarbiya tizimini kompleks rivojlantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi. Ayni paytda xalq ta’limi tizimida
pedagoglarning kasbiy va ma’naviy saviyasini yanada yuksaltirish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.
Darhaqiqat, yosh avlodga zamon talablari asosida bilim berish uchun, tabiiyki, o’qituvchi-pedagoglar malakasi va mahorati yuksak bo’lmog’i lozim. Ayniqsa, bugun yoshlar juda ilg’or fikrlamoqda. Darslarni ularning talabiga mos, yuqori darajada tashkil etish uchun o’qituvchi muntazam ravishda har bir mashg’ulotga alohida tayyorgarlik ko’rishi zarur. Shu nuqtai nazardan, xalq ta’limi tizimiga yangi va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini, o’quv dasturlarini joriy etish bilan birga, pedagoglarning kasbiy mahoratini izchil oshirib borish maqsadga muvofiqdir.
2017 yil 14 yanvarida bo’lib o’tgan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida davlatimiz rahbari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta’lim-tarbiya tizimida o’quv reja va dasturlarni tubdan qayta ko’rib chiqish zarurligini qayd etdi.
Bu boradagi vazifalar ijrosini ta’minlash bo’yicha ta’lim muassasalarida darslarni samarali tashkil etishda, yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, etuk kadrlar bilan bir qatorda ta’limga doir me’yoriy hujjatlar, o’quv-metodik ta’minotning o’rni ham benihoyat ahamiyatlidir. Prezidentimiz tomonidan o’qitishning zamonaviy metodologiyasini yaratish va amaliyotga joriy etish, o’quvchilarning ongli ravishda kasb-hunar tanlash ishtiyoqini kuchaytirish, darsliklarni yaratishga butunlay yangicha yondashish kabi dolzarb vazifalar aynan shu maqsaddan kelib chiqilgan holda qo’yilmoqda. Haqiqatan ham, globallashuv jarayonining jadallashuvi o’quv dasturlarimizni tubdan qayta ko’rib chiqishni, keng bilimga ega bo’lgan, mantiqiy fikrlay oladigan yoshlarni voyaga etkazishga xizmat qiladigan, takomillashgan me’yoriy hujjatlar, o’quv-metodik majmualarni yaratishni taqozo etmoqda. [6].
2017 yilning 20 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorda oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar belgilab berildi. Har bir oliy
ta’lim muassasasi jahonning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatishi, o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilishi ta’kidlandi. Buning uchun o’quv pedagogik faoliyatga , master-klasslar o’tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o’qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o’qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o’tashlarini, professor- o’qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish bo’yicha konkret tadbirlar sanab o’tilgan.
Qarorda belgilangan vazifalarni bekami ko’st bajarish bo’yicha 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish Dasturi ham belgilangan bo’lib, uning tarkibida oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, rekonstruktsiya qilish, zamonaviy o’quv-ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jixozlash bo’yicha alohida chora-tadbirlar belgilandi. Besh yillik ushbu Dasturning moliyaviy xarajatlar parametrlari ham belgilangan.
Umuman olganda, insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi-yangi kashfiyotlarining yaratilishiga sabab bo’lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonida har xil to’siqlarga duch keladi va shu to’siqlarni yengib o’tish mobaynida yangi- yangi ixtirolar yuzaga kelaveradi. Lekin, hayot tajribalaridan ma’lumki, ko’pincha yangi kashfiyot ma’lum bir muammoni bartaraf qilish jarayonida vujudga keladi. Biz so’zsiz kopmpyuterning XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri ekanligini bildiradi. Davr talabiga ko’ra bugunga kelib kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib ketdi. Ma’lumotlarni boshqarish, ayniqsa hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumotlarni boshqarish tizimlariga bo’lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Katta hajmdagi ma’lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to’g’ri kelyapti. Jamiyat taraqqiyotida yuzaga kelayotgan o’zgarishlar uning bir qismi bo’lgan informatika sohasiga ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Bu ta’sir
shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarida bo’layotgan o’zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida o’zgarib va boyib bormoqda. Axborot texnologiyalarida juda katta yutuq o’zgarishlar amalga oshdi. Yangi axborot texnologiyalarining yoki kompyuter texnologiyalarining paydo bo’lishi bu soxadagi xizmat qilish uslubini tubdan o’zgartirdi.
Bugun kompyuter texnologiyalari dunyoda jadallik bilan rivojlanayotgan sohalardan biriga aylanib bormoqda. Kompyuter texnologiyalari inson hayot tarzida, kichik va katta korxonalarda, kompaniyalarda, o’quv dargohlarida, davlat muassasalarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda ta’lim tizimining zamonaviyligi ularning kompyuterlashtirilganlik va texnik ta’minotlarining yuqori darajada ekanligi bilan o’lchanmoqda. Shu bois informatika va axborot texnologiyalarning jamiyatimiz ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga jadal sur’atlar bilan kirib kelganligi zamonamizning hos xususiyatlaridan biri bo’lsa, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o’zlashtirish davr talabidir.
Shuning uchun ta’lim tizimida “Informatika va axborot texnologiyalari”ni o’qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy izlanishlar “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni bajarishni ta’minlash yuzasidan qilinayotgan dolzarb tadqiqotlar sirasiga kiradi.
Mazkur bitiruv malakaviy ish “Dreamweaver MX imkoniyatlaridan foydalanib o’rgatuvchi dasturlar yaratish metodikasi” mavzusida bo’lib, maktab, litsey, kollej va oliy o’quv yurti tahsil oluvchilari uchun o’quv qo’llanmalar, elektron darsliklar, nazorat testlarini web sahifalar yordamida o’rgatuvchi dastur sifatida ishlab chiqish vazifasini o’z ichiga oladi. U ikki bobdan tashkil topgan bo’lib, birinchi bobda o’rgatuvchi dasturlar va ularning ta’lim sohasidagi o’rni, Dreamwaver dasturi imkoniyatlari va unda yangi o’rgatuvchi dastur yaratish bosqichlari yoritib berilgan. Ikkinchi bobda esa, Dreamweaver dasturida matnlar bilan ishlash va gipermurojaatlar tashkil etish, grafik formatdagi fayllar va rasmlar bilan ishlash, ro’yxatlar va jadvallar xosil qilish imkoniyatlari yoritilgan va u yordamida o’rgatuvchi dasturlar yaratish metodikasi bayon qilingan.
Dreamweaver dasturi o’zining barcha imkoniyatlari bilan har qanday murakkablik va masshtabdagi HTML sahifalarini yaratish va o’zgartirishga qodir. U buyuk loyihalash rejimini ta’minlab, dastlabki matnni web hujjatlarning juda aniq ishlashi bilan ajralib turadi. Yozilayotgan mazkur bitiruv malakaviy ishida Dreamweaver dasturi imkoniyatlariga batafsil to’xtalamiz.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya