Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/177
tarix29.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#142097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
chingiz aytmatov -qiyomat roman

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
4
bo‘lak bo‘lib yurdilar. Boshida bu yerlarning tub egalari bilan to‘qnashib qolmaylik deb, ko‘pincha 
egasiz yerlarda chetlab-chetlab izg‘ishdi, boriga qanoat qilib jon saqlashdi. Keyin o‘lja izlab odamlar 
yashaydigan pastdagi joylarga ham panja ura boshlashdi. Lekin, bari bir tub yerlik bo‘ri to‘dalariga 
qo‘shilishmadi. Ko‘kko‘z bo‘ri Akbara ochdan o‘lsa o‘lardiki, lekin birovlarga qaram, sig‘indi bo‘lib 
yashashga aslo ko‘nmas edi. 
Hamma narsani vaqt hal qiladi. Bora-bora kelgindi ko‘kyollar oyoqqa mustahkam turib olishdi. 
Son-sanoqsiz omonsiz janglarda Issiqko‘l adirlaridagi ko‘p yerlarni o‘zlariga qaram qilishdi. 
Kelgindilar har narsaga ega chiqdilar. Mahalliy bo‘rilar ularning aymoq-dariga asti yaqin yo‘lay 
olmasdilar. Jon saqlash uchun begona joylardan qochib kelgan ko‘kyollarning hayoti Issiqko‘lda shu 
angiz izga tushib ketdi. Lekin shungacha ular, eh-he, qanchalab voqealarni boshlaridan kechirmadilar. 
Sezgir, ziyrak Akbara ularning hammasini qayta boshdan o‘tkazganday bo‘lib yuradi, tez-tez eslab 
qo‘yadi. Qaniydi, maxluqlar ham ko‘rgan kunlarini birma-bir so‘ylab bersalar edi. Balki yana kim 
biladi, esiga tushganda, hammasi tag‘in ko‘z o‘ngidan o‘tib, alamli yoshlarini tiyolmay og‘ir-og‘ir 
ingrasa, ajabmas... 
 
* * * 
O’sha qo‘ldan ketgan dunyo Mo‘yinqumning bu yerdan uzoq saksovulzor dalalarida qoldi. Chek-
chegarasiz Mo‘yinqum sahrolarida sayg‘oqlarning adadsiz suruklarini adadsiz karra surib, quvib 
yurgan ov kunlari orqada qoldi. Ota-bobo zamonlaridan beri qaqroq saksovulzor sahrolarda to‘da-to‘da 
bo‘lib umr kechiradigan, xuddi cheksiz vaqtning o‘zi kabi juda qadim, chopib charchamaydigan, 
ayrituyoq, quvushshox, do‘ngtumshuq shu jonivorlar murtidan okean suvlarini purkagan kitlarday 
burunlaridan pishqirib havo olib, pishqirib havo chiqarib, kun yorishgandan kun botgunga qadar 
to‘xtamay yugura olardilar. Ular o‘zlarining abadiy hamrohlari — bo‘rilar ta’qibiga uchrab, birdan 
harakatga kelganlarida, o‘takasi yorilgan bir suruk boshqasini talvasaga solib o‘z ortidan 
ergashtirganda, so‘ng ularga yana bir, yana ikki, yana uch kiyik to‘plari hurkib qo‘shilganda, so‘ng 
yana va yana yangi-yangi, katta-kichik to‘dalar dam sayin qo‘shilaverganda — sayg‘oqlar 
Mo‘yinqumning ko‘z ilg‘amas kengliklarida — adirlar, pasttekisliklar, yaydoq qumliklardan xuddi yer 
yuziga tushgan to‘fon kabi toshganda, ana o‘shanda zamin go‘yo teskari aylanayotganday bo‘lar, yoz 
faslida dovullar hamda do‘llar savalaganday tuyoqlar ostida tinimsiz guvillar, shunda havo quyun 
yanglig‘ qo‘zg‘alar, osmonga chaqin chaqilganday uchqunlar sochar, hammayoqni hayvon 
suruklarining hidlari, hayot-mamot uchun borayotgan telbavoriy quvdi-qochdining hidlari tutib ketar, 
bo‘rilar kiyik izdihomining ikki biqinidan va orqasidan to‘shlari yer bag‘irlab chopishar, podalarni 
o‘zlarining pistirmalari sari haydab borishga urinishar, pistirmada esa sho‘rlik quvg‘indilarni ashaddiy, 
sara vahshiy bo‘rilar kutib turishar, ular saksovullar orasidan bo‘rilarga tashlanishib, xunrezlik qilishar, 
o‘zlari ham ular bilan baravar qora tuproqqa dumalab-dumalab ketishar va shunda sayg‘oqning 
kekirdagini shartta uzib tashlashar, varaqlatib qonini oqizishar, so‘ng yana qochayotgan poda ortidan 
ta’qibni davom ettirar edilar. Biroq sayg‘oqlar qandaydir yo‘llar bilan bo‘rilar biqinib yotgan yerlardan 
xabardor bo‘lishar va ko‘pincha o‘sha joylarni aylanib o‘tishar edi, quv-quv shundan keyin yana 
shiddatliroq avjiga minar va ularning hammalari — qochayotganlar ham, quvayotganlar ham — shu 
berahm borliqning bandi balolari hars-hars qilib, tillari bir qarich osilib, o‘lar holatga yetib jon-jahdlari 
bilan yugurishar, qanday bo‘lmasin, ishqilib, yashash, omon qolish uchun aziz qonlarini olov qilib 
yoqishar, endi bu quvg‘indilaru quvib boruvchilarni Xudovandning o‘zi to‘xtatmasa, boshqa hech 
kimning bu narsa qo‘lidan kelmas, zotan, gap o‘lish yo qolish ustida borar, binobarin, bunday ko‘z 
ko‘rib quloq eshitmagan quvdi-quvdiga dosh berolmagan, olishuv uchun yaratilmagan bo‘rilarning 
yuraklari yorilib ketar va ular chang-to‘zonga qorishgancha yerga qular, jon taslim qilar edilar, quvish-
qochish esa bir zum bo‘lsin susaymas, osmon dovul turgan kabi qorto‘zon bilan qoplanar, holdan toyib 
yiqilgan bo‘rilar, mabodo, o‘lmay qolgan taqdirlarida ham, bu yerlarda turmay, boshqa yoqlarga bosh 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə