55
2 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Biopotentsial, o’sishning eksponentsial
va logistik
modeli haqida tushuncha berish. Populyatsiyalar o’sishining bu modellarining moxiyatini ochib berish.
Biotik potentsial. Agar tashqi muhit omillari uni cheklab qo’ymasa, har qanday populyatsiya ilmiy
jixatdan olganda tabiatda sonining cheksiz o’sishiga moslashgan. Bunday gipotetik holatda populyatsiya
o’sish tezligi tur uchun xos bo’lgan faqat hayotiy potentsial kattaligiga bog’liq bo’ladi. Bu tushuncha
ekologiyaga 1928 yilda R. Chepmen tamonidan kiritilgan. Biotik potentsial malum vaqt birligi ichida bitta
juftdan olinadigan avlodlarning nazariy maksimumini, masalan yil davomida yoki hamma hayotiy davr
davomidagisini aks ettiradi. Biotik potentsial hisoblanganda u koeffitsent r bilan belgilanadi.
Populyatsiyaning maksimal o’sishi ∆N, malum bir vaqtdagi populyatsiyalarning soni ∆t,
populyatsiyaning
boshdagi soni - N
0
, bo’lsa,
∆N
∆N
U holda ----- =
r N
0
bundan
r = --------------
∆t
∆N
0
∆t
N - populyatsiya soni, N
0
- populyatsiya sonining dastlabki davrlari. t - qandaydir bir vaqtdagi
soni,
Har xil turlarda biotik potentsial katgaligi har( xildir. Masalan, hayoti davomida urg’ochi asalari – 50
ming tuxum, baliq (ayrim turlari) 3 milliardgacha ikra qo’yishi mumkin. Bu turlarning biopotentsiali
aslida bundan ham yuqori. Agarda hamma avlodlari saqlanib qolsa, har qanday populyatsiyaning soni malum
bir vaqt intervalidan keyin geometrik progress bo’yicha oshishi mumkin edi. Mana bunday
populyatsiyalarning o’sishini ko’rsatadigan egri chiziq cheksizlikka ketishi mumkin. Bunday egri chiziq -
eksponentsial deyiladi.
Populyatsiya sonining cheklovchi omillar tasirisiz o’sishi eksponentsial o’sish deb qaraladi.
Eksponentsial o’sish quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
N
t
= N
0
ert
Eksponentsial o’sish organizmlar soni ortishining potentsial imkoniyatini tavsiflaydi. R.N.Chepman uni
biotik potentsial deb atagan.
Tabiatdagi populyatsiyalarning biotik potentsiali xech qachon to’liq o’zlashtirilmaydi.
Uning kattaligi
odatda populyatsiyada tug’ilish va o’lish orasidagi farq bilan ifodalanadi: r = v - d bu erda, populyatsiyadagi bir
vaqtning o’zida – v – tug’ilgan, d - o’lgan organizm soni.
Grafik arifmetik shaklida N
t
j – simon egri chiziq bilan ifodalanadi. Logarifm shaklga ega grafik to’g’ri
chiziq shaklida bo’lib, uning egilishi populyatsiyaning potentsial o’sish bilan bog’liq bo’ladi. Tabiiy
populyatsiyalarda eksponentsial o’sish juda qisqa vaqt davomida kuzatilishi mumkin. Bunda populyatsiya
umuman juda katta tezlik bilan o’sadi. Fitoplanktonlarning yalpi ko’payishi natijasida yuqoridagi o’sish
kuzatiladi.
Cheklovchi tashqi muhit sharoitida ko’pchilik tirik organizmlar uchun populyatsiyalar sonining logistik
o’sishi xosdir. 1845 yili Ferxyulst ko’rsatib berganidek,
uning grafik ifodasi S - simon, yani
j - simon egri
chiziqqa nisbatan ancha siniq ko’rinishda bo’ladi. Populyatsiyaning logistik o’sishi dastlab sekin boradi,
keyinchalik tezlashib ketadi. Tashqi muhit taziqi, yani noqulay tasir etuvchi omillar tufayli tug’ilishga nisbatan
nobud bo’lish ortadi. Natijada populyatsiyaning o’sishi pasayadi. Malum vaqtdan so’ng barqaror
muvozanat qaror topdi. Populyatsiyaning zichligi bilan tashqi muhit resurslari nisbati to’g’ri kelganda
muvozanat kuzatiladi.
Populyatsiyalar dinamikasining bazi turlari:
A. - j - simon eksponentsial o’sish egri chizig’i; B. S - simon logistik egri o’sish chizig’i.
M va K - soni o’zgarishning quyi va yuqori chegaralari.
Populyatsiyalarning o’sishini ikki omil boshqaradi:
1. Organizmlarning tug’ma qobiliyati, yani maksimal tezlik bilan ko’payishi (biopotentsial).
56
2. Muhitning taziqi, yani u biopotentsial bilan amaldagi o’sish tezligi o’rtasidagi farqda ko’rinadi.
Muhitning taziqi - o’z ichiga tiklanadigan (suv, yorug’lik, ozuqa) va tiklanmaydigan (fazo,
uya qurish uchun
joy va b.) resurslarni oladi.
Mustaqil ish topshiriqlari oldingi mavzuda berilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. V.A.Radkevich. Ekologiya. Minsk. «Vısshaya shkola» 1983 155-186 b.
2. N.M.Chernova, A.M.Bılova. Ekologiya. M. «Prosveshenie», 1988 148-166 b.
3. A.S. To’xtaev. Ekologiya. T. «O’qituvchi» T 1998 83-89 b.
Ma’ruza – 11
Mavzu: Jamoalar haqida talimot. Biotsenozlar
Reja:
1. Biotsenoz haqida tushuncha. Biotsenozning tuzilmasi.
2. Biotsenozda organizmlarning bir - birlari bilan bog’lanishlarining asosiy tiplari, turning
ekologik o’rni haqida.
3. Biotsenozda organizmlar orasidagi o’zaro munosabatlar.
4. Suktsessiya jarayoni.
Mavzuga oid tayanch ibora va tushunchalar: Biotsenoz, fitotsenoz, zootsenoz, landshaft, epifit,
qavatlilik, fizionomiyasi, davriylik,
hayot shakli, biotop, dominant, edifikator, subdominant, ekonisha, topik,
trofik, forik, fabrik, mutalizm, komensalizm, yirtqichlik, parazitlik, neytralizm, antibioz, rakobatlik,
amensalizm, mutalizm - simbioz, protokooperatsiya, epifit, epifil, suktsessiya, klimaksli jamoa,
birlamchi,
ikkilamchi suktsessiya.
1 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Biotsenoz tushunchasi haqida, uning xillari
to’g’risida tushuncha berish. Biotsenoz tuzilmasi haqida tushuncha hosil qildirish.
Bizga malumki, tabiatda o’simlik va hayvonlar odatda jamoa holida yashaydilar.
Jamoa deganda - rivojlanishning turli bosqichlarida bo’lgan, bir guruh organizmlarning muayyan
sharoitida birgalikda yashashi tushuniladi. Bunda ular o’zaro munosabatlarda bo’ladilar.
Tirik organizmlarning bir - birlariga o’zaro tasiri muhitning biotik omillari deb qaralsa, ularning
atrofini o’rab olgan barcha tirik organizmlar biotsenotik muhitni tashkil qiladi. Har bir tur normal hayot
kechirish uchun
u yakka holda yashay olmaydi, balki atrofidagi boshqa tirik organizmlar bilan birgalikda
hayot kechiradi.
Demak, «biotsenoz» (lotincha «bios» - hayot, «tsenoz» umumiy) deyilganda bir xil muhitga moslashib
olgan va bir joyning o’zida birga yashaydigan barcha organizmlar tushuniladi. Bu termin nemis biologi
Mebius (1877 y) tamonidan berilgan.
Agarda bir qancha tur o’simlik birgalikda qavm bo’lib yashasa - fitotsenoz (o’simliklar jamoasi),
agar bir qancha tur hayvonlar birgalikda qavm bo’lib yashashiga - zootsenoz (hayvonlar jamoasi)deyiladi.
Biotsenozning katta-kichikligi har xil bo’lishi mumkin: Oddiy lishaynik dungligidan tortib to o’rmon,
dasht, cho’l kabi yirik landshaftlarni; daraxt tanasi, botqoqliklardagi moxlardan iborat dungliklar, chumoli
uyasi va boshqa uchun mikrojamoa biotsenotik guruhlar kabi atamalar ishlatiladi.
Biotsenoz egallab turgan muhit - biotop deyiladi, biotop - biotsenozning yashash muhitidir. «Bios» -
hayot; «topos» - yashash joyi demakdir.
Biotsenoz tuzilmasi. Biotsenoz odatda tur, fazo, ekologik tuzilmalarga bo’lib o’rganiladi.
Biotsenozning tur tuzilmasi deyilganda biotsenozdagi
turlarning xilma - xilligi, miqdori, ularning
fenologik holati va hakazo etiborga olinadi.
Biotsenozning fazoviy tuzilmasi - jamoaning shakllanishi davrida bu erdagi turlar har xil holatda joy
oladilar. Ayrim turlar - tuproqda, uning yuzasida, suvda, daraxt tanasiga yopishib (epifit), barglarida (epifil)
yopishib yashashi mumkin, tarqalishi mumkin. Buning natijasida fitotsenozning
tuzilishida qavatlilik kelib
chiqadi. Qavatlilik deganda, jamoadagi turlarning tuproq yuzasiga nisbatan har xil balandlikda qavatma - qavat
joylanishi tushuniladi. Gidrofit jamoalarida qavatlilik suv yuzasi, suv qatlami va er ostidagi suv zamin kabi
ko’rinishlarga ajratiladi.
Biotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri uning turlar tarkibidir. Nam tropik o’rmonlardagi
biotsenozlar turlarga boy bo’lsa, qurg’oqchil va sovuq joylardagi biotsenozlarda turlar kam uchraydi.