Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc


«Ayting (ey Muhammad): «Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/150
tarix28.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#113763
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   150
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi

«Ayting (ey Muhammad): «Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar 
bo‘lurmi?!»
deb aytgan (Zumar surasi, 9-oyat)». 
Yana Alloh taolo aytadi:
«Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlarigina qo‘rqur»
(Fotir surasi, 28-
oyat). 
Ra’d surasida aytiladi:
«Kofir bo‘lgan kimsalar (sizga): «Payg‘ambar emassan», deydilar. Ayting: 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
9
«Men bilan sizlarning oramizda Alloh taolo va Kitob – Qur’on ilmidan xabardor 
bo‘lgan har bir kishi yetarli guvohdir»
(43-oyat). 
Yana Alloh taolo Naml surasida aytadi:
«Kitob (Lavhul mahfuz)dan ogohligi bor bo‘lgan bir zot esa: «Men uni senga 
keltirurman», dedi»
(40-oyat). Bu oyatda Alloh taolo Sulaymon alayhissalomning 
kotiblari ilm quvvati bilan mazkur ishga qodir bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Qasas surasida aytadi:
«Ilm-ma’rifat ato etilgan kishilar esa: «O‘lim bo‘lsin sizlarga! Iymon keltirgan 
va yaxshi amal qilgan kishi uchun Alloh beradigan ajr-savob yaxshiroq-ku!»
(80-oyat). Bu oyatda ham Alloh taolo oxiratdagi ajr-mukofotning buyukligi ilm bilan 
bo‘lishini bayon etyapti. 
Ankabut surasida aytadi:
«Ushbu masallarni Biz odamlar (ibrat olishlari) uchun ayturmiz. (Lekin) ularni 
faqat ilm egalarigina anglay olurlar»
(43-oyat). 
Niso surasida esa bunday deydi:
«Agar (ular o‘zlariga kelgan xabarni har kimga yoyib yurmasdan) 
payg‘ambarga yoki o‘zlaridan bo‘lgan boshliqlargagina yetkazganlarida edi, uni 
(ya’ni, mana shu xabarning haqiqatini) bilmoqchi bo‘lgan kishilar o‘shalardan 
bilgan bo‘lar edilar»
(83-oyat). Alloh bu oyatda voqealar hukmini olimlar va 
amirlardan olishni buyurib, Allohning hukmini tushunishda ularning martabalarini 
payg‘ambarlar rutbasiga yaqin qildi. 
A’rof surasidagi:

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə