Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc


«Parvardigoringiz Odam bolalarining bellaridan (ya’ni pushti kamarlaridan to



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/150
tarix28.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#113763
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   150
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi

«Parvardigoringiz Odam bolalarining bellaridan (ya’ni pushti kamarlaridan to 
qiyomat kunigacha dunyoga keladigan barcha) zurriyotlarini olib: «Men 
Parvardigoringiz emasmanmi?» deb o‘zlariga qarshi guvoh qilganida, ular: 
«Haqiqatan, Sen Parvardigorimizsan, bizlar bunga shohidmiz», deganlarini 
eslang!»
(A’rof surasi, 172-oyat). Bundan murod tillarining emas, nafslarining iqroridir. 
Chunki odamlar tillarining iqrorida farqlanishadi. Ya’ni, tillar va shaxslarda iqror 
bo‘luvchi, inkor etuvchi ham topiladi.
210. Ibn Mijbar Said ibn Musayyibdan mursal holda rivoyat qilgan. 
Shuning uchun Alloh taolo aytadiki:
«(Ey Muhammad), qasamki, agar siz ulardan o‘zlarini kim yaratgani haqida 
so‘rasangiz, albatta, ular «Alloh» derlar»
(Zuxruf surasi, 87-oyat). Buning ma’nosi, 
agar ularning holatlariga e’tibor bersangiz, nafslari va botinlari ularni Alloh yaratganiga 
guvohlik beradi, deganidir. Yana aytadi:
«Alloh insonlarni yaratgan tabiiy xilqatni saqlangiz»
(Rum surasi, 30-oyat). Ya’ni, 
har bir odam fitratan Alloh azza va jallaga iymon bilan, ashyolarni qanday bo‘lsa, 
shunday tanish bilan yaratilgan, ya’ni narsalarni idrok etishga iste’dodi borligi uchun 
ham go‘yo ular haqidagi ilm bandaning aqlida yashirin mavjud bo‘lgandek. 
Iymon nafslarida fitratan sobit ekan, insonlar bunda ikkiga bo‘linadi:
1. Haqdan yuz o‘girib, iqrorini unutganlar. Ular kofirlardir. 2. Xotirini ishga solib, iqrorini 
eslaganlar. Ular avval guvohlik bergan, so‘ng g‘aflat bilan unutib, keyin yana eslagan 
kishiga o‘xshaydilar. Shuning uchun ham Alloh azza va jalla aytadi:
«Va odamlar eslatma olishlari uchun o‘z oyatlarini bayon qiladi»
(Baqara surasi, 
221-oyat);
«(Ey Muhammad, ushbu Qur’on barcha odamlar) oyatlarini tafakkur qilishlari 
va aql egalari eslatma-ibrat olishlari uchun Biz sizga nozil qilgan bir muborak 
Kitobdir»
(Sod surasi, 29-oyat);


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə