Microsoft Word Кичик бизнес бошк маъруза матни doc


Xom-ashyo manbaalari, shartnoma shartlari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/98
tarix16.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#117556
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   98
Xom-ashyo manbaalari, shartnoma shartlari
bo‘limchasida mahsulot 
ishlab chiqarish uchun zarur xom-ashyo resurslarini topish, tanlash va ular asosida 
qo‘lay shartnomalarni tuzishmok lozim. Bu shartnomalarni korxona yuristi (yoki 
yollangan yurist) tomonidan tasdiqlash uchun tavsiya etilgandan so‘ng 
rasmiylashtirish zarur. 
Ishlab chiqarish kooperatsiyasi 
bo‘limchasida, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarni ayrim turlarini ishlab chiqarayotgan boshqa korxonalar bilan o‘zaro 
hamkorlikda ish olib borish maqsadga muvofiqdir. Hamkorlik tayyor 
texnologiyalarning 
litsenziyalarini
sotib olish yoki 
patentni
ijaraga olish 
variantlari tarzida ham bo‘lishi mumkin. 
Litsenziya
- xo‘jalik faoliyatining ba’zi turlarini, shu jumladan tashqi savdo-
sotiq ishlarini olib borish uchun vakolatli davlat organlari tomonidan beriladigan 
ruxsatnoma

Patent
- xo‘jalik faoliyatini ba’zi turlari bo‘yicha avtorlik huquqlari, 
kashfiyotchilik hamda tadbirkorlikning ayrim sohalari bo‘yicha faoliyat 
yurgizishga vakolatli davlat organlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma. 
“Tashkiliy tuzilish”
bo‘limida, korxonada ishchi xodimlar sonini aniqlash, 
ularni mutaxasissliklari bo‘yicha joylashtirish, ish haqi bilan ta’minlash, ularni 
sotsial himoya qilish tadbirlari ishlab chiqiladi. 
Bo‘lim quyidagi bo‘limchalardan iborat: 
“Shtat bo‘yicha jalval tuzish” 
bo‘limchasida, ishlab chiqarish sohasini 
yurita oladigan, hisob-kitob ishlarini to‘liq amalaga oshiradigan malakali 
mutaxassislarni tanlab ularni ish bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish rejasini puxta 
ishlab chiqishdan iborat. 


134 
“Ish haqi darajasi”
da esa, korxonaga malakali xodimlarni jalb etishda 
avvalambor ularni ish haqlari bilan to‘liq va muntazam ta’minlashni amalga 
oshirishni yo‘lga qo‘ymoq zarur. Bu mutaxassisni ishga bo‘lgan qiziqishini 
orttiradi. Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati davomida yoki tayyor 
mahsulotlarni sotish davomida qiyinchiliklar vujudga kelish kutilayotgan paytda, 
shuningdek, aylanma mablag‘larga muxtojlik seziladigan paytlarda korxonani 
aksionerlik jamiyatiga aylantirish orqali muammoni xal etish tadbirlarini ishlab 
chiqmoq maqsadga muvofiqdir. 
Yuridik reja
- Korxonani xo‘jalik faoliyati yuritish davomida uning 
statusini
ifodalab berishi, faoliyat darajasini aniqlab berish masalalarini xal 
qilishga qaratilganligini ko‘rsatadi. 
Status 
(ingl. status) - holat; korxona, tashkilotning yoki shaxsning huquqiy 
holatini, vaziyatini ifodalanishi. 
Korxona (firma) ning statusi quyidagi tartibda belgilanishi mumkin. Agar 
ko‘zda tutilgan mahsulot ishlab chiqarish oddiy (kustar) usulida, ko‘p mablag‘ va 
harajat talab qilmaydigan bo‘lsa albatta, bunda xususiy firma statusini yoki 
individual (yakka tartibda) mehnat faoliyati yuritishni belgilashi maqsadga 
muvofiqdir. Agar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun mablag‘ talab qilinsa, 
unda javobgarligi chegaralangan jamiyat statusini belgilash ahamiyatga molikdir. 
Agar 
ishlab chiqarish doimo 
rivojlanib, 
takomillashib borsa, kapital 
mablag‘larning o‘sishi muntazam ravishda oshib borishi ko‘zatilsa, natijada ustav 
mablag‘larining bunday o‘sib borishi korxonani ochiq usuldagi aksioner jamiyatiga 
aylantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə