Microsoft Word kl-konceptsiya tjts doc



Yüklə 45,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix29.05.2023
ölçüsü45,75 Kb.
#113903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
konceptsiya truzl

shakllantirish asoslari 
 
Har qanday tizim, qator ilmiy-texnik asoslarga tayanadi, bu qoida Davlat tizimiga 
ham taalluqli. Quyidagilar Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining tub negizlari 
hisoblanadi: 
huquqiy asoslar; 
tashkiliy asoslar; 
atamalar va ta’riflar; 
tizim elementlarining tasniflanishi; 
asosiy qoidalar; 
nazariy asoslar. 
2.1. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining 
huquqiy asoslari 
 
O’zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida”gi Qonuni 
tizimning asosiy huquqiy hujjati hisoblanadi, shu asosda, yani ushbu Qonun qabul qilinishi 
munosabati bilan “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartishlar 
kiritish to’g’risida” gi Qonun loyihasi ishlab chiqilishi kerak. 


Inson hayoti va sog’lig’i xavfsizligi, atrof muhit muhofaza qilinishi, shuningdek 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash texnik jihatdan tartibga solishning 
asosiy vazifalaridir. Ushbu vazifalarning amalga oshirilishi «Oziq-ovqat mahsulotlarining 
sifati va xavfsizligi to’g’risida», «Veterinariya to’g’risida», «O’simliklar karantini 
to’g’risida», «Qishloq xo’jalik o’simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona 
o’tlardan ximoya qilish to’g’risida», «Urug’chilik to’g’risida», «Suv va suvdan foydalanish 
to’g’risida», «Chiqindilar to’g’risida», «Davlat sanitariya nazorati to’g’risida», «Tabiatni 
muhofaza qilish to’g’risida», «Fuqarolar sog’lig’ini muhofaza qilish to’g’risida», 
«Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida», «O’rmon to’g’risida», «Gidrotexnik 
inshootlarning xavfsizligi to’g’risida», «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat 
xavfsizligi to’g’risida» gi va boshqa o’nlab qonun hujjatlari orqali ta’minlanadi. 
O’zbekiston Respublikasi mazkur masalalar bo’yicha xalqaro shartnomalar va 
bitimlarda faol ishtirok etadi. Masalan atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona 
foydalanish sohasida O’zbekiston Evropa ittifoqi, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, 
Xitoy, Turkiya, Ukraina va boshqa mamlakatlar bilan bitimlar imzolagan. 
Ko’rsatib o’tilgan qonun hujjatlari, xalqaro va ikki tomonlama bitimlar ham texnik 
jihatdan tartibga solish tizimining huquqiy asosi bo’lib xizmat qilishi mumkin. 

Yüklə 45,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə