Microsoft Word kl-konceptsiya tjts doc


IV. O’zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimini (O’z SDT)



Yüklə 45,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix29.05.2023
ölçüsü45,75 Kb.
#113903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
konceptsiya truzl

IV. O’zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimini (O’z SDT)
isloh qilish 
 
O’z SDTni quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha isloh qilish mo’ljallanmoqda: 
standartlashtirishni boshqarish asoslari; 
xalqaro va mintaqaviy standartlardan keng foydalanish; 
standartlashtirish toifalari sonini optimallashtirish; 
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga standartlardan foydalanish ixtiyoriyligi. 
4.1. Standartlashtirishni boshqarish 
 
O’zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida”gi 
Qonuniga binoan xavfsizlik talablarini davlat tomonidan texnik normalash davlat 
hokimiyati va boshqaruv organlarining faoliyatida ustuvor yo’nalish bo’lib qolgan: 
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga umumiy texnik reglamentlar O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasida, maxsus texnik reglamentlar esa «O’zstandart» agentligi, Sog’liqni 
saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davarxitektqurilish, Tabiatni muhofaza qilish davlat 
qo’mitasi hamda davlat boshqaruvi organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida 
tasdiqlanadi. 
Standartlar ixtiyoriy maqomiga o’tishi bilan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni 
ularning axolining xayoti va salomatligiga, mol mulkiga, atrof muxitga bo’lgan xavfsizlik 
ko’rsatkichlaridan tashqari barcha talablarni davlat tomonidan texnik normalash zarurati 
yo’qoladi. Shundan kelib chiqqan holda, O’zbekiston standartlashtirish davlat tizimini 
O’zbekiston standartlashtirish milliy tizimi sifatida qayta tuzish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Ushbu tizimda ham O’z SDT dek standartlashtirishni boshqarishga tizimli yondashuv 
saqlanadi. 
Yangi tizimda O’z SDTda foydalanilgan standartlashtirishning ko’plab toifalari 
o’rniga faqat to’rtta toifa kiritiladi: xalqaro (mintaqaviy) standartlar; O’zbekiston davlat 
standartlari; xorijiy davlatlarning milliy standartlari; tashkilot standartlari. 
Xalqaro tajribani hisobga olgan holda ko’rsatilgan ikkita toifa o’rtasidagi standartlar 
(tarmoq standartlari, ma’muriy-hududiy standartlar, hamda texnik shartlar mustaqil hujjat 
sifatida) chiqarib tashlanadi. O`z DSt ISO 9000:2009ga binoan “
Tashkilot - mas’uliyati, 


vakolati va o’zaro munosabatlari 
taqsimlangan xodimlar guruhi va o’zaro 
munosabatlarning zarur vositalari. Misol - Kompaniya, korporastiya, firma, korxona, 
muassasa, xayriya tashkiloti, chakana savdo korxonasi, assostiastiya, shuningdek ularning 
bo’linmalari yoki ulardan tuzilgan birlashma. Izoh - Tashkilot davlat tasarrufida yoki 
xususiy bo’lishi mumkin”. 
Shunday qilib tarmoq standartlari tashkilot standartlariga 
aylanadi (o’zgaradi).
 
O’zbekiston Respublikasida standartlashtirish milliy organi saqlanishi lozim. Bu 
zarurat, chunki standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot ISOning Prosteduralari 
qoidalariga binoan, faqatgina milliy standartlashtirish organiga ega bo’lgan davlat ISOning 
to’la huquqli a’zosi bo’lishi mumkin. (Aks holda davlat ISOga muxbir-a’zo bo’ladi). 
Shuningdek imzolangan xalqaro bitimlarga binoan standartlashtirish bo’yicha ishlarni 
muvofiqlashtirishni yagona standartlashtirish organi amalga oshirishi mumkin. 
Standartlashtirish milliy organining asosiy funkstiyalari: 

davlat standartlarini tasdiqlash; 

savdodagi texnik to’siqlar bo’yicha Kelishuvga muvofiq standartlarni ishlab 
chiqarish, tasdiqlash va foydalanishga nisbatan halol ishlash amaliyoti kodeksini qabul 
qilish; 

davlat standartlarini ishlab chiqish dasturlarini belgilangan tartibda qabul qilish va 
chop etish; 

davlat standartlarini ilmiy-texnik ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish; 

O’zSTni milliy iqtisodiyot manfaatiga muvofiqligini ta’minlash; 

standartlarni ro’yxatdan o’tkazish; 

davlat va xo’jalik boshqaruv organlari bilan standartlashtirish bo’yicha texnik 
qo’mitalarni tashkil etish; 

texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini tuzish va 
yuritish; 

xalqaro va davlatlararo standartlarni ishlab chiqishda ishtirok etish va ularni qabul 
qilishda O’zbekiston Respublikasi manfaatlarini ta’minlash; 

standartlashtirish sohasidagi xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy tashkilotlarda 
O’zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish. 

Yüklə 45,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə