Microsoft Word kl-konceptsiya tjts doc


 Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining tashkiliy asoslari



Yüklə 45,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix29.05.2023
ölçüsü45,75 Kb.
#113903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
konceptsiya truzl

2.2. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining tashkiliy asoslari 
 
«Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida»gi Qonun qabul qilinishi munosabati 
bilan quyidagi qonun osti hujjatlarini tizimning tashkiliy asoslari qatoriga kiritish lozim: 
a) «Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini 
amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan: 
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalar to’g’risidagi Nizomi; 
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondini 
shakllantirish va yuritish tartibi to’g’risidagi nizomi; 
-2010-2013 yillar uchun texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi. 
b) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi 
Hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida” gi 
qarori. 
v) “O’zstandart” agentligining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert 
kengashlari haqidagi nizomini tasdiqlash to’g’risidagi buyrug’i. 
 
2.3 Asosiy atama va ta’riflar 
“O’zstandart” agentligi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-
tadqiqot institutining ish rejasida “Atamalar va ta’riflar” standartini ishlab chiqish ko’zda 
tutilgan. Atamalar va ta’riflar manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: O’zbekiston 
Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida”gi Qonuni, atamashunoslikka 
oid amaldagi xalqaro standartlar va O’zbekiston davlat standartlari. 
2.4 Tizim elementlarining tasniflanishi 
 
Texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborot umumdavlat tasniflagichlari tomonidan 
tasniflanadigan barcha darajadagi standartlashtirish bo’yicha normativ hujjatlar, sanitariya-
gigienik, veterinar-sanitariya, fitosanitariya, shaharsozlik ekologik normalar va qoidalarni 
o’z ichiga oluvchi, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Texnik 
jihatdan tartibga solish davlat tizimining elementlari bo’lib hisoblanadi. 



Yüklə 45,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə