Microsoft Word kl-konceptsiya tjts doc


III. O’zbekiston standartlashtirish davlat tizimini isloh qilish asoslari



Yüklə 45,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix29.05.2023
ölçüsü45,75 Kb.
#113903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
konceptsiya truzl

III. O’zbekiston standartlashtirish davlat tizimini isloh qilish asoslari 
 
O’zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida”gi Qonuni 
Butunjahon savdo tashkilotining savdodagi texnik to’siqlar bo’yicha Kelishuviga muvofiq 
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga qo’yiladigan talablarni standartlarda rioya qilinishi 


ixtiyoriy va texnik reglamentlarda rioya qilinishi majburiy tarzda o’rnatib, ikki toifali 
tizimga o’tishni nazarda tutadi. 
O’zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to’g’risida”gi Qonuni standartlarga 
mahsulot, atrof-muhit, aholining hayoti, sog’lig’i va mol-mulki xavfsizligiga doir majburiy 
talablar bilan birga quyidagi talablarni ham kiritgan: 

texnik va informastion muvofiqlikni ta’minlash; 

o’zaro almashinuvchanlik ko’rsatkichlari; 

ularni nazorat qilish usullari birligi; 

tamg’alash birligi. 
O’zSDTda standartlashtirishning quyidagi toifalar o’rnatilgan: 
- davlatlararo standartlashtirish – Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlash 
Kengashi 
(DSK) 
hamda 
standartlashtirish, 
texnik 
normalash 
va 
sertifikatlashtirish bo’yicha davlatlararo ilmiy-texnika komissiyasida tasdiqlanib, 
“O’zstandart” agentligi, Davarxitektqurilish qo’mitasi qarorlari (bo’yruqlari) asosida 
O’zbekiston hududida amalga kiritiladigan davlatlararo standartlar(GOST), davlatlararo 
standartlashtirish qoidalari (DSQ), davlatlararo standartlashtirish Kengashi tavsiyalari; 
- davlat standartlashtirishi - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (uzluksiz 
ta’lim tizimida), Mudofaa vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish 
davlat qo’mitasi, Davarxitektqurilish, «O’zstandart» agentligi tomonlaridan tasdiqlanadigan 
O’zbekiston davlat standartlari (O`z DSt); 
- tarmoq standartlashtirishi – davlat va xo’jalik boshqaruv organlari tasdiqlab 
beradigan tarmoq standartlari (TSt); 
- ma’muriy-hududiy standartlashtirish – hokimiyat (mahalliy boshqaruv organlari) 
yoki ular topshirig’i bo’yicha vakolatli hududiy tashkilotlar tasdiqlab beradigan ma’muriy-
hududiy standartlar (MHSt); 
- tashkilotlarda, korxonalarda standartlashtirish – xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
(tadbirkorlik sub’ektlari) tomonidan tasdiqlanadigan korxonalar standartlari (KSt); 
- texnik shartlar (TSh) – tarmoq va tashkilotlar doirasida tasdiqlanadi – aniq 
standartlashtirish toifasiga tegishli emas, chunki hamma darajadagi standartlarning tarkibiy 
qismida bo’lishi mumkin; 
- rahbariy hujjatlar (RH) – standartlashtirishning hamma toifasida tasdiqlangan 
bo’lishi mumkin va ishlarni o’tkazishning tartib va mazmuni, metodlar (uslublar, usullar)ini 
belgilaydi, rioya etish uchun majburiy tashkiliy-usuliy xarakterga ega rahbariy 
ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi. Rahbariy hujjatlar mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga 
talablar va texnik normalarni o’z ichiga olmaydi; 
- tavsiyalar (T) – rahbariy hujjatlarga aynan o’xshash, lekin rioya qilish shart emas. 
Standartlashtirishning barcha toifasida tasdiqlangan bo’lishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq 
(6-modda) mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga o’rnatilgan majburiy talablar hamma normativ 
hujjatlarda bo’lishi lozim. Shuningdek ushbu talablar mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning 
turlari, bir turdagi mahsulotlar tarkibidagi guruhlar normativ hujjatlarida ham takrorlanadi. 
Shuni qayd qilish kerakki, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga talablar 
yagona hujjatda, yani bir turdagi mahsulotlar texnik reglamentida to’planishi bilan birga, 
O’zbekiston Respublikasining «Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida»gi Qonunida 
belgilangan maqsadlarga erishishni ta’minlash texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi 
majburiy talablarining keng spektrini o’ziga qamrab oladi. Ularga texnik reglament 
tarkibiga kiritiladigan quyidagi talablar tegishli: 

atamalarga, o’rov-idishga, tamg’alarga yoki yorliqlarga hamda ularni aks ettirish 
qoidalariga va mahsulotni identifikastiya qilishga doir talablar; 



mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi 
normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash uchun zarur bo’lgan sinovlar, 
o’lchovlar qoidalari va usullari. 

davlat nazoratini amalga oshirish tartibi; 

mahsulotni sinash tartib-taomillari, nazorat qilish, sanitariya-epidemiologiya, 
veterinariya va fitosanitariya xulosasini berish tartibi; 

sanitariya, veterinariya va fitosanitariya choralari; 

karantin va veterinariya-sanitariya qoidalari, shu jumladan hayvonlar va 
o’simliklarni tashish bilan bog’liq talablar; 

namunalar olish usullari va tartib-taomillari, insonning hayoti va sog’lig’iga, atrof 
muhitga zarar etkazilishi xavfini tadqiq etish hamda baholash usullari; 

mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga maxsus talablar bo’lishi mumkin: 
- qonun hujjatlarida belgilangan ayrim toifadagi fuqarolarning muhofaza qilinishini 
ta’minlaydigan; 
- texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda insonning hayoti va 
sog’lig’iga, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulkiga, atrof muhitga tahdid 
soluvchi transchegaraviy xavfli ishlab chiqarish ob’ektlariga oid. 

Yüklə 45,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə