Microsoft Word kl-konceptsiya tjts doc


 Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining tarkibi



Yüklə 45,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix29.05.2023
ölçüsü45,75 Kb.
#113903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
konceptsiya truzl

1.2. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining tarkibi 
 
Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini quyidagilar tashkil etadi: 
-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; 
-texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari («O’zstandart» 
agentligi, O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi, Davarxitektqurilish 
qo’mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi); 
-texnik jihatdan tartibga solish sohasida o’z vakolatlari doirasida faoliyatni amalga 
oshiruvchi davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari. 
Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining keltirilgan tarkibi tizimni boshqarish 
asosidir. Tizimning normativ-huquqiy bazasini qonun hujjatlari, Hukumat qarorlari, texnik 
reglamentlar, standartlashtirish sohasidagi hujjatlar (xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy, 
milliy standartlar, usuliyatlar, yo’riqnomalar, tavsiyanomalar), qoidalar va normalar 
(sanitariya, veterinariya-sanitariya va fitosanitariya, shahar qurilishi, ekologik va boshqalar), 
texnik hujjatlar (konstruktorlik, texnologik, loyiha, qurilish, dasturiy, foydalanish, tuzatish) 
va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa ko’p sonli normativ-huquqiy hujjatlar 
tashkil etadi. 
Ushbu hujjatlarning barchasi Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi kabi aniq 
bir yaxlitlikni yaratish maqsadida o’zaro bog’liq bo’lishi va doimiy ravishda 
aktuallashtirilib borilishi kerak. Shuningdek ekspert kengashlari, ekspert komissiyalari, 
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondi ham tizimning 
muhim elementlari bo’lib hisoblanadi. 
Yuqorida aytib o’tilganlardan ham ko’rinib turibdiki, Texnik jihatdan tartibga solish 
davlat tizimini shakllantirishga tizimli yondashish hamda Standartlashtirish davlat tizimini 
tubdan isloh qilish talab etiladi. 
II. Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini 

Yüklə 45,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə