Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
64
CXXI 
Hudhudning javobi 
Hudhud dedi: 
- Bu ish mushkul bo'lib, Alloh kimning yori bo'lsa, o'shaning ishi oson ko'chadi. Har 
bir oliy tabiatli kishi bu davlatni qo'lga kiritsa, bu yo'l uchun undan ortiqroq ozuq yo'q. 
Ya'ni bu yo'lning ozuqasi beozuqalikdir. Kishi har qanday ozuqqa bandi bo'lishdan ozod 
bo'lmog'i lozim. 
Lekin uning sharti shuki, agar bu yo'lga kirgan kishi boshdan-oyoq toat va zuhdini, 
foyda va ziyonini, bona yo'g'ini - hamma-hammasini jam' etib, haq yo'lida fano o'tida 
poklasin va o'zi zavq bilan ularni kuydirib, kulga aylantirsin. Bu kulni boshdan-oyoq 
havoga sovurib, ulardan hech asar qoldirmasin. 
So'ngra ko'ngilga afg'on shamoli, balki bu chaman sari nayson shamolini esdirib, 
qilgan barcha ishlarini mutlaqo ko'nglidan chiqarib tashlasin. Nimaiki ish qilgan bo'lsa, 
hammasi ko'nglidan chiqib ketsin. U o'z vujudini shu tariqa yo'q qila olsa, bu yo'lga 
qadam qo'ysa bo'ladi. 
Aytadilarki, agar u yaxshi voqif bo'lsa, bu yo'l bir qadam-dan iboratdir. Bu qadam 
yo'qu borini hech bir asar qoldirmasdan yoqib yuborish demakdir. Bu qadam qo'yilgach, 
u matlubga yetishadi, hijron o'rtadan ko'tarilib, mahbubga qovushadi. 
CXXII 
Hikoyat 
Shoh Ibrohim ibn Adham (balxlik shohlikdan voz kehcgan shayx, 777-y.v.e.) degan 
kishi bor edi. Uning ishi bu yo'lda taslim bo'lishdan iborat edi. U haq yo'lida din murshidi 
bo'lib, sadoqatli oshiq va pokiza inson edi. Bu yo'lda u mulki, taxti va mamlakatini tikib
boshidagi tojini tark etdi. Yuz ming iltijo bilan egniga janda kiydi. 
Halol oshiq bo'lgan bu rind safarga chiqdi. Balxdan Nishopur tomon yo'l olib, u yerni 
vayron, bu yerni obod ayladi. Bu gavhar o'sha konda maqom tutib, yetti yil bir tog'ni 
o'ziga makon etdi. Bu yerda u kunduz kunlari ro'za tutar va shomdan to azongacha 
ibodat qilardi. Kunduzlari vodiydagi o'tin va xaslarni bir quchoq qilib bog'lar edi. Ularni 
yelkalab, bozorga olib borib sotar va tushgan pulga shom uchun iftorlik olar edi. Shu 
tarzda ko'p riyozat chekish oqibatida, jismi qiltiriqday bir holga kelgan edi. 
Kunlardan bir kun u o'tin orqalab, azob-uqubat chek-kancha shaharga borayotgan 
paytda bir guruh ruhoniylar uning sulukda nimaga erishganini imtihon qilish uchun 
yo'lini to'sdilar. Ulardan biri uni bir musht urdi. Shunda faqirlik va yo'qlik yo'liga kirgan 
ularga shunday dedi: 
— Siz istagan narsa Balxdan bu yoqqa yo’l tutganrngda o'sha tomonda qolib ketdi! 
Imtihon qiluvchilar: "Hali u yetilmagan ekan, bu o'tin ostida hanuz xom ekan. Chunki 
Balx hali ham uning yodidan chiqmabdi. U yana bir necha yil shunday mashaqqat 
chekishi zarur, shoyad mulki yodi uning xayolidan ko'tarilgay",— deyishdi. 
Oradan bir yil o'tdi. Yana o'sha ikki-uch kishi uni sinamoqchi bo'lib, yo'Ida ketayotgan 
holda uchratdi. Ular imtihon shartini bajo keltirib, unga bir musht tushirdilar. Ammo bu 
safar sultondan hech bir sado chiqmadi. 
Bu holni ko'rgan imtihon qiluvchilar uning dodiga yetib "U endi o'z maqsadiga 
erishibdi, endi o'z mazhabida kamolga yetibdi", dedilar. Shukrlar izhor qilib, o'zlarini 
sultonga tanishtirdilar. Keyin ular bir-birlariga hamdamu hamkor bo'lib, Ka'bani ziyorat 
qilishga jo'nadilar. Shundan so'ng shohga chin shohlik yetishdi, yo'lovchilar ham bundan 
ogoh bo'ldilar. Uning ko'nglida g'ayr (boshqa) yodi mavjud bo'lganda, ilohiy sirlarni 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə