Microsoft Word mantiqut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/297
tarix20.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#83000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   297
Farididdin Attor. Mantiqut-tayr (nasriy bayoni)

www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
3
 
Shayx ruhidin yetishti bu madad,  
Kim bu bulbul lahni bo‘ldi beadad... 
 
Muhammad Abu Bakr b. Ibrohim - Fariduddin Attor (1119—1193) — jahon she’riyati, 
falsafasi, tasavvuf olamining buyuk namoyandasi, eronlik shoir va mutafakkirdir. 
Tug‘ilgan va o‘lgan yillari Avfiyning «Lubob ul-albob», Qazviniyning «Tazkirat ul-avliyo», 
Davlatshoh Samarqan-diyning «Tazkirat ush-shuaro» asarlarida turlicha ko‘rsatilgan. 
Fariduddin Attorning o‘zi «Mazhar ul-ajoyib» asarida (xorazmlik buyuk avliyo) Najmiddin 
Kubroni ko‘rganligini yozadi. Najmiddin Kubro esa 1221 yili vafot etganki, bundan 
Attorning yuz yoshdan oshgani anglashiladi. Attor yana «Mazhar ul-ajoyib» asarini hijriy 
584, milodiy 1188 yili ta’lif etgani (tuzgani)ni va o‘sha vaqtda yoshi yuzdan oshganini 
bitadi. Har holda Attor bu asarini qarilik chog‘larida yozgani shubhasiz. Shundan so‘ng u 
faqat yana bir buyuk asari - «Lison ul-g‘ayb» («G’oyibot tili»)ni yozgani fanga ma’lum. 
Davlatshoh Samarqandiy hisobiga ko‘ra, Attor 114 yoshida vafot etgan. Qazviniy, 
Davlatshoh. Yoqut Hamaviy ma’lumotlariga ko‘ra, Fariduddin Attor Nishopur shahri 
chetidagi Tun qishlog‘ida dunyoga kelgan. Attor «Mazhar ul-ajoyib»da yozishicha, 
bolachik chog‘lari xastalanganida, hazrati Achi mozoriga kelib shifo topar edi. 
Fariduddin Attor asarlarini mazmun va uslub jihatidan uch davrga bo‘lish mumkin. 
Birinchi davrda u she’riyatning barcha san’atlarini yaxshi biluvchi ustoz hikoyachi 
san’atkor sifatida ko‘rinadi. Attor charjavali (hoshiyalovchi) hikoyatli masnaviylaridagi 
son-sanoqsiz jajji rivoyatlariga tasavvufiy ma’nolarni mahorat bilan singdira olgan buyuk 
mahorat egasidir. Ikkinchi davrda ijodiy reja va tartibga unchalik rioya qilmaydi. 
Shoirning adabiy san’atlaridan biri shuki, ayni so‘z bayt va misra boshida takrorlanib 
keladi (takrir, anafora) va biridan-biriga ko‘chadi. Attorda bu san’at dunyo adabiyotida 
ko‘rilmagan darajada tez-tez uchraydi. Ayni so‘zlar sukunat bilmagan bir hayajon ila yuz 
martadan ziyod birin-ketin bayt boshida keladi. Shoir ba’zan panteistik (borliqni 
ilohiylashtirish) tuyg‘ulari-la mast va ba’zan ilohiy kull (barcha olamlar) ila birlashmoq 
ishtiyoqida ko‘rinadi. Shu davr izidan uchinchi davr- ixtiyor, ya’ni qarilik davri yetib 
keladi. Bu davrda shoirning hayajonlari shiddati so‘nib, asarlarida ijodiy reja va tartib 
sokinligi ko‘rinadi. Shu davrga oid ba’zi asarlarining markazida hamon hazrat Alining 
shaxsiyati ilohiylashgan tarzda ko‘zga tashlanadi. 
Fariduddin Attor asarlari yozilish tartibi (xronrlogik) jihatidan, quyidagichadir:  
 
1. «Haydarnoma» - bizgacha yetib kelmagan.  
2. Devon.  
3. «Javohirnoma».  
4. «Sharh ul-qalb» (so‘nggi ikki asarni shoirning o‘zi yo‘q qilgan) 
5. «Xusravnoma».  
6. «Asrornoma».  
7. «Mantiq ut-tayr».  
8. «Musibatnoma».  
9. «Muxtornoma».  
10. «Ilohiynoma».  
11. «Bulbulnoma».  
12. «Pand-noma».  
13. «Tazkirat ul-avliyo».  
14. «Me’rojnoma».  
15. «Gum-gumnoma».  


Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor 
 
 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə