Microsoft Word mantiqut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/297
tarix20.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#83000
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   297
Farididdin Attor. Mantiqut-tayr (nasriy bayoni)

www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
6
tasvir etilgan. 
«Gum-gumnoma» — kichik bir hikoyatdan boshlanadiki, Attorning har bir 
masnaviysida ham bunday hikoyatlar uchraydi. Hikoyada aytilishicha, Iso payg‘ambar 
alayhissalom cho‘lda bir o‘likning bosh chanog‘ini topib, uni duo orqali tiriltiradi va u 
bilan suhbatlashadi. Bu yetti iqlimga hukmron bo‘lgan podshohning bosh chanog‘i bo‘lib, 
u Iso payg‘ambarga hayotini, kechmishlarini, qabr azoblarini va jahannamdagi ahvolini 
so‘zlab beradi. Bu kichik asarni V.A.Jukovskiy ruschaga tarjima qilib, nashr ettirgan. 
Hijriy 770 da Husam kvtib tarafidan «Gum-gum Sulton» nomi bilan kengaytirilib 
o‘girilgan va hijriy 1289 da Qozon dorilfununi matbaasida «HIKOYATI Gum-gum Sulton fi 
nubuvvati Ilyos alayhissalom» nomi bilan nashr etilgan. Bu asar onado‘lu turkchasiga 
ham o‘girilgan. Zotan, bu hikoya mavzui turkiy xalqlar adabiyotida ma’ruf va marg‘ubdir  
(Qarang: Fuod Ko‘prulu. Turk adabiyoti tarixi: Istanbul: 1926, 362-bet). 
«Ushturnoma»— bu asar bilan Attor ijodining ikkinchi davri boshlanadi. Asarda 
voqealarni qamrovchi bir hikoya bo‘lsa-da, anglatish tarzi avvalgi masnaviylarga 
nisbatan ancha tarqoq va cho‘ziqdir. Bundan tashqari, takrordan ko‘p foydalaniladi. 
Kitob markazida tasavvufiy ma’no berilgan bo‘lib, bir turk xayolbozi (chodirxayol, 
qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchi) san’atkor qo‘g‘irchoqlarni sahnada bir-bir o‘ynatib keyin yana 
sandig‘iga tashlab berkitgani ramzi bilan Allohning olamdagi barcha maxluq-jonzotlarga 
hayot berib, so‘ng yana o‘ldirishiga ishora qilinadi. 
«Javhar uz-zot» — bu asarda endi qamrovli (qoplama) hikoya yo‘q. Asarga hokim 
bo‘lgan tuyg‘u - fano, ya’ni vujudning mahv etilishi, yo‘qolishi orqali tomchining 
dengizga qo‘shiluvi kabi, inson juz’ining ilohiy kull - abadiy ruh bilan qo‘shiluvi yo‘lidagi 
otashin istakdir. Kitobning asosiy qismini vujudidagi ilohiylikni anglab, o‘zini dengizga 
otgan bir go‘dak - yosh bolaning namunasi, deb doimo Mansur Hallojni ko‘rsatadi. 
Shuning uchun ham Mavlono (Jaloliddin Rumiy) «Hallojdagi nurning 500 yil o‘tgandan 
keyin Attorning ruhida tajalliy etishi» haqida gapirgan edi. Bu asardagi ikkinchi ohang 
shunda ko‘rinadiki, Attor ruhida asta-sekin Ali shaxsiyatini mujassam etish sezila 
boshlaydi. Attor uchun ilohiy asrorning homili Alidir va bu asror Aliga payg‘ambar 
tomonidan berilgandir. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə