Microsoft Word mantiqut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/297
tarix20.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#83000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   297
Farididdin Attor. Mantiqut-tayr (nasriy bayoni)

«Musibatnoma» — bu masnaviyda shoir Allohni Koinotdan izlab, oxiri o‘z qalbidan 
topgani borasidagi tasavvufiy g‘oyani boshqacha bir tarzda ifodalagan. Bir solik (tariqat, 
suluk a’zosi) pirining amri bilan ruhan (shuuriy) ko‘klarga sayohat qilib, Isrofil, Mekoil, 
Azroil va boshqa farishtalar hamrohligida Arsh, Kursi, Lavh, Qalam, Jannat. Jahannam, 


Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor 
 
 
www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
5
Ko‘k, Quyosh, Oy, Anosiri-arbaa (To‘rt unsur), Tog‘, Dengiz, Ma’dan, Nabotot, Hayvonot, 
Qushlar, Iblis, Odam, Nuh, Ibrohim, Muso, Dovud, Iso, Muhammad, His, Xayol, Aql, 
Qalb va Jon bilan uchrashib suhbatlashadi. Ular birin-ketin husni ta’lil ruhidagi javoblari 
bilan yo‘lchining umidini yo‘qqa chiqaradilar. Nihoyat, u izlaganini o‘z qalbidan topadi. 
Bu asar Pur Muhammad tarafidan «Tariqatnoma» atalib, sulton Murod II topshirig‘i 
bilan turkiy tilga tarjima qilingan. 
«Ilohiynoma»— bu ma’naviy doston ham bir qamrovli hikoya va bir qancha kichik 
hikoyatlardan tashkil topgan. Qamrovli hikoyaning mazmuniga ko‘ra, bir podshoh olti 
o‘g‘lidan: «Dunyoda eng sevgan narsalaringiz nima ekanini ayting», deb so‘raydi. 
Birinchi o‘g‘il parilar podshohining qizini sevishini, ikkinchisi sehrgarlikni yoqtirishini, 
uchinchisi - Jomi Jamni (Jamshid qadahini), to‘rtinchisi - obihayotni, beshinchisi — 
Sulaymonning uzugini, oltinchisi – al-kimyoni orzu qilishini aytadilar. Podshoh 
farzandlariga bu dunyo havaslaridan yuksakroq orzular borligini tushuntiradi. Asosiy 
hikoya to‘qimasiga singdirilgan kichik hikoyatlarda Attor zuxdiy va tasavvufiy 
mavzulardan bahs etadi. 
«Bulbulnoma» — kichik bir masnaviy bo‘lib, unda qushlar Sulaymon 
payg‘ambarning huzurida: «Gulga e’timod qo‘ygan Bulbul saharlari gul uchun sharqiylar 
tarannum etib, bizning rohatimizni buzyapti», deb shikoyat qiladilar. Sulaymon 
payg‘ambar tabiatni ko‘ndirib, Bulbulni chaqiradi va u ham payg‘ambar huzurida 
shikoyatchilardan o‘zini muhofaza etadi. Hazrati Sulaymon nihoyat Bulbulni rohatdan 
kechib, dard chekishga amr etadi. 
«Pandnoma» - yaxshi bir axloq-odob kitobidirki, eski vaqtlarda ko‘p maktablarda 
o‘qitilardi. Attorning boshqa asarlaridan soddarrq yozilgan bu asari turkchadan tashqari
farang, olmon, lotin va hind tillariga tarjima etilgan, ko‘p martalab sharhlangan. Turkcha 
sharhlari orasida, Shomiy (vaf. 1009) ning «Saodatnoma», Abdurahmon Abdiy 
poshshoning (vaf. 1103) - «Al-muf’id» (Istanbul, 1250^-1267), Muhammad Murod b. 
Abdur-Rahim (vaf. 1264) «Mahozir»i ham Istanbulda bosilgan (Islom ensiklopediyasi. 
Attor). 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə