Microsoft Word mantiqut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/297
tarix20.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#83000
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   297
Farididdin Attor. Mantiqut-tayr (nasriy bayoni)

«Javhar uz-zot» asari uch kitobdan iborat bo‘lib, hozir so‘zlaganlarimiz faqat 
birinchi kitobga oiddir. Asarning uchinchi kitobi «Hallojnoma» deb ham ataladi va 
unda Mansur Halloj shaxsiyati asosiy o‘rin tutadi. 
Attorning  «Vuslatnoma» asarida nafis bir reja va tartib ko‘rinmasa-da, u vahdati 
vujud g‘oyalari, so‘fiyona hikoyalar va majozlar bilan muzayyandir. Bu hikoyalarda ham 
Mansur Halloj shaxsiyati yuksak bir mavqe’ni egallaydi. 
Shoirning eng kichik masnaviylaridan biri «Basarnoma» bo‘lib, bunda ham so‘fiyona 
fikrlar, fano, baqo, Alloh ruhiga va nuriga singib ketish g‘oyalari ilgari suriladi. (Ahmad 
Yassaviyda ham «fano fi-l-loh»ga katta e’tibor berilganini eslang.) 
Shoir badiiy-g‘oyaviy izlanishlaridagi uchinchi davr, aytganimizday, «Mazhar ul-
ajoyib» asari bilan boshlanadi. Bu masnaviyda shoirning otashin ehtiroslari pasaya 
boshlaydi, qofiyada ham, vaznda ham g‘alatliklar uchraydi. Dostonda hazrat Ali siymosi 
markaziy o‘rinni egallaydi. «Javhar uz-zot» masnaviysida ko‘rilgan ilohiy kuy va qamish 
hikoyasi bu asarda ham o‘zgacharoq bir alfozda takrorlanadi. Bundan tashqari, shoir 
dostonda ba’zi vaqf yer-mulklarni g‘arazli maqsadlarda suiiste’mol qilgan ba’zi 
muftiylarni qoralaydi. Olmon sharqshunosi Helmut Ritter fikricha, bunday muftiylarga 
hujum zaminida shoirning asarlarini qoralab, fatvo bergan muftiyga o‘xshash din 
peshvolari ko‘zda tutilgan. Shuningdek, asarda shoirning falsafiylikka mayli ortib 
borayotganidan dalolat beruvchi hikoyalar, o‘z hayoti, tarjima xrliga oid lirik 
chekinishlar, o‘quvchisiga qaysi asarlarni o‘qib, qaysilarini o‘qimasligi haqida tavsiyalar 


Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor 
 
 
www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
7
beriladi. Asarda mashhur mugasavvif shayx Najmiddin Kubro ismi ko‘p marta tilga 
olinadi (Abul Janob Ahmad ibn Umar Xevaqiy). Shayx Kubro aslida Fariduddin Attorning 
ustozi Majdiddin Bag‘dodiyning ustozidir. Demak, Fariduddin Attor shayx Najmiddin 
Kubroga nevara shogirddir («Tazkirat ul-avliyo» debochasiga qarang). «Nasoyim ul-
muhabbat»da Navoiy yozishicha, «Va alarni Shayxi Valiytarosh debturlar. Aning uchunki, 
vajdu hol g‘alabotida muborak nazarlari har kimga tushsa, valoyat (valiylik) martabasiga 
yetar ermish...» 
Fariduddin Attorning so‘nggi mashhur asari «Lison ul-g‘ayb» bo‘lib, bunda shoir 
o‘zining xilvatda huzur-halovat topganini, chunki xilvatda oshiq sifatida ma’shuqi 
(Alloh)ning vasliga yetishganini izhor etadi. 
Shayx Fariduddin Attorning g‘oyalari, Haqqa yetishuvi yo‘lidagi izlanishlarining sirlari 
hali ko‘p asrlargacha adabiyotshunos, ilohiyotshunos, tarix va falsafa olimlarini 
to‘lqinlantirib, ijod va ilhom sarchashmasi bo‘lg‘uvsidir. 
 
Najmiddin Komilov,  
Mahkam Mahmudov 
 


Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor 
 
 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə