Microsoft Word mantiqut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/297
tarix20.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#83000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   297
Farididdin Attor. Mantiqut-tayr (nasriy bayoni)

«Mantiq ut-tayr» — Attorning eng mashhur masnaviysi-dir. Asar bir hikoyat bilan 
hoshiyalanib, orada yana ko‘p kichik hikoyatlar keltirilgan. Hoshiya hikoyaning asli 
Muhammad yoxud Ahmad G’azzoliyga nisbat beriladigan «Risola ut-tayr»ga borib 
taqaladi. Ibn Sinoning ham «Tayr qissasi» tasavvufiy asari bor. Bu risolada qushlar 
Anqoni podshoh etib saylash uchun uni izlab, uzoq orolga — jaziraga borishga ahd 
qilishadi. Yo‘lda ularning ko‘pi halokatga uchraydi. Yo‘lning oxiriga yetganlari - Anqoga: 
«Seni o‘zimizga podshoh saylash uchun keldik», deydilar. Anqo istig‘no ko‘rsatib, 
podshoh bo‘lmoq uchun ularga muhtoj emasligini aytadi va “Kelgan joylaringizga 
qayting”, deb buyuradi. Nihoyat ularning ahvoliga achinib, podshohlikni qabul qiladi. 
Attor bu hikoyani ko‘pgina tafsilotlar bilan ziynatlagan. Turli-tuman qushlarning Hudhud 
bilan suhbatlarida Attor husni ta’lil san’atidan foydalanib, g‘oyat yangi bir tarzda 
tasavvufiy, hikmatli fikrlarni ifodalaydi. Bundan boshqa, Anqo ismi o‘rniga shoir Simurg‘ 
ismini qo‘yish bilan «tajnisi murakkab» san’atidan foydalanib, «man a’rifa nafsaxu faqad 
a’rifa rabbahu» so‘zining ma’nosini go‘zal bir tarzda anglatgan (Kim o‘zligini bilsa, Allohi 
taoloni ham biladi). Simurg‘ni izlab kelgan qushlardan 30 nafari omon qoladi va oxiri 
«Simurg‘» (30 qush) o‘zlari ekanini anglab yetadilar. Boshqacha aytganda, odamlarning 
umr bo‘yi izlagan orzusi ularning o‘z qalbidadir. Gulshanriy 717-hijriyda «Mantiq ut-
tayr»ga bir nazira yozgan bo‘lib, undan bizgacha kattagina parcha yetib kelgan. 
(Qarang: F. Teshner. Das futuvvat kapitel in Gulshexris alt osmanissher Barbeytug fon 
Atgars Mantiqut-tayr. (Olmoncha.) Turk adabiyoti namunalari. Istanbul, 1926). 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə