Microsoft Word mantiqut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/297
tarix20.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#83000
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   297
Farididdin Attor. Mantiqut-tayr (nasriy bayoni)

www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
10
Sigir orqasida tik turgach, Sigir Baliq ustida, Baliq esa Havo ustidadir. Bas, havo nima 
ustida turadi? Hech narsa ustida turmaydi*. Hech — hechdir, buning hammasi hech, 
vassalom. 
Ul podshohning san’atiga fikr qilki, (butun bu borliqni) hech narsasiz saqlab turadi! 
Agar bu borliqning hammasi hech (yo‘klik)ning ustida bo‘lsa, demak (bu dunyoning) 
barchasi hechdir — yo‘qlikdir. Arsh suv ustida, olam esa — havo ustida. Suv va hayu 
dema, barchasi Allohdir! Arsh va olam tilsimotdan boshqa narsa emas, hamma Udir, 
qolganlari nomdir, xolos. Qarang: bu olam ham, u olam ham Udir, Undan boshqa 
(narsa) yo‘q, agar bo‘lsa, ul ham Udir. 
Ey afsus, hech kimning toqati dosh bermaydi, ko‘zlar ko‘r, holbuki jahon Oftob (Alloh) 
nuri bilan to‘liqdir. Agar ko‘ra olsang, bu aqlni kam qilarding, barchada Uni ko‘rib, 
o‘zingni yo‘q qilarding. Ajabki, hamma etagini qo‘lga olgan. Uzr aytib, Uni bor deydilar. 
Ey, oshkorliging yashirin Zot. Butun olam Sensan, odamlar esa ko‘rinmasdirlar*. Sen 
hammadan qadim va hammadan oldinsan, hammani O’zingdan (paydo qilding), O’zingni 
hammada ko‘rasan. Sening toming posbon va qo‘riqchilar bilan to‘la. Sen tomon qanday 
qilib kishi yo‘l topsin? 
Aql va jonga Zoting atrofida yo‘l yo‘q hamda sifatla-ringdan hech kim xabardor emas. 
Garchi jon ichida yashirin xazina ham Sensan, dilu jon ichra bor haqiqat ham Sensan. 
Barcha jonlar mohiyatingdan nishon topolmaydilar, anbiyo yo‘ling tuprog‘ida jon 
bag‘ishlaydilar. Aql agar Sendan bir nishona (mavjudlik) anglasa, ammo haqiqating — 
mohiyatingga yo‘l topolmaydi. Sen borliging va mavjudligingda butkul abadiysan
hammani bu ishdan qo‘l tortishga majbur qilding. 
Ey Rabbim, jon ichida ham, jon tashqarisida ham Sensan, nima desam u emassan, 
o‘xshashi yo‘qsan. Ey, aql dargohingda sarsonu hayron, aqlu jon yo‘lingda ovorayu 
sargardon. Butun olamni Sen bilan ayonu aniq ko‘raman, ammo olamda Sendan nishon 
ko‘rolmayman. 
Ey sirlarni bilguvchi Zot, har kimki Sendan bir nishon - belgi so‘zladi, ammo u Sening 
nishoning emas, chunki benishonsan, garchi hamma yerda borsan*. Falak garchi 
qanchadan qancha ko‘zlar (yulduzlar)ni ochdi, lekin Sening yo‘lingdan bir g‘uborni 
ko‘rmadi. Yer ham garchi dardingdan boshiga tuproq sochgan bo‘lsa-da, biroq 
g‘uboringni ko‘rmadi. 
Quyosh Sening shavqingda hushini yo‘qotgan, (shu bois) har kecha ikki qulog‘ini 
Yerga ishqalaydi. Oy ham ishqingda suv bo‘libdi, har oyda hayratdan qalqon tutadi. 
Dengiz Sening (ishqing) g‘avg‘osida boshdan kechib devonaday etagi ho‘l, labi esa qurib 
qolibdi. Tog‘ yuz dovoni bilan yo‘lda qolib beligacha loyga botibdir. Olov Sening 
shavqingda otash bo‘lib yonadi, sarkashlik va kuydiruvchilik xossasini oladi. Shamol (el) 
Sendan o‘zini yo‘qotib, kaftda havo tuproq ustidan uchadi. Suv (hovliqishdan) jigari 
qurib, qaqshaydi. Sening shavqingda boshi bilan suvga g‘arqbo‘lgandir. Tuproqqo‘yingda 
ovorayu dardmand, xoksorlikdan boshiga tuproq qo‘yibdi. 
Qancha gapirmayin, Sening sifatingni aytib bo‘lmayapti, na qilayki, mening ma’rifatim 
yetarli emas. 
Ey ko‘ngul, agar tolibsan, yo‘l yurgin, orqa-oldingga qarab, ogoh bo‘lib yur. Solih 
yo‘lovchilarni ko‘rgin, ular Dargohga kelibdilar, hammasi birin-ketin yo‘ldosh bo‘lib 
kelibdilar. Har zarrada o‘zgacha dargoh bor, demak, har zarradan Unga tomon o‘zgacha 
yo‘l bor. Sen qaysi yo‘ldan yurishni, qaysi yo‘l ul Dargohga olib borishini qaerdan 
bilasan? Uni yashirin (deb) izlasang, (U) ayondir, agar Uni ayon (deb) izlasang, U 
yashirindir. 
Agar birga (ham nihon va ham ayon deb) olib, uni «qanday?» — deya qidirsang, unda 
U har ikki holatdan ham tashqaridadir. Sen hech narsa yo‘qotganing yo‘q, hech narsa 


Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor 
 
 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə