|
Microsoft Word mantiqut-tayr ziyouz com docFarididdin Attor. Mantiqut-tayr (nasriy bayoni)HUDHUDNING JAVOBI
Hudhud dedi:
- Ey, daryodan bexabar! Daryo (dengiz)da nahang baliklar va boshqa jonivorlar to‘lib
yotibdi. Dengiz suvi achchiq va sho‘rdir, gohida osoyishta turadi, gohida esa
to‘lqinlanadi. Dengiz o‘zgaruvchan va doim bir xil emas, suv goh chayqalib oqadi, gohida
yana surilib qaytib keladi. Qanchadan qancha ulug‘lar kema yasab suzdilar, ko‘plari
girdobda g‘arq bo‘lib o‘ldilar. Kimki g‘avvos kabi dengizga sho‘ng‘isa, jon g‘amidan
nafasini ichiga yutadi. Dengiz qa’riga sho‘ng‘ib nafasini chiqarmaydigan odam o‘zini
to‘lqinlar ixtiyoriga topshirgan xas kabidir. Bunday odamdan vafo tilab bo‘la-dimi, birov
dildorim deb undan umidvor bo‘la oladimi? Agar sen ham o‘zingni dengaz qiryug‘iga
olmasang, bu hunaring oxir-oqibat seni halok etajak. Dengiz o‘zi Do‘st shavqida
to‘lqinlanayotganday, gohida po‘rtanali, gohida to‘fonlidir. Dengiz ana shunday notinch
ekan, demak u o‘zini topolgani, o‘z maqsadiga erishgani yo‘q. Shunday ekan, sen
qanday qilib dilingga orom topasan?
Shuni bilki, dengiz Uning ko‘yidan bir buloqdir, xolos. Sen Uni izla, Uning yuzini
ko‘rish shavqida talpin.
Dostları ilə paylaş: |
|
|