Microsoft Word ohirat ziyouz com doc



Yüklə 388,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/48
tarix23.12.2023
ölçüsü388,97 Kb.
#157059
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
imom-gazzoliy -qiyomat-va-oxirat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
38
uchundir. Alloh taoloning huzurida turgan kishi Uning azamatini his qilgan holda
tafakkur qilgan holda xushu’ qiladi, qo‘rqadi. Shunday bo‘ladiki, podshohlardan birining 
huzurida insonni chayon chaqsa ham, sabr qiladi. Podshohga hurmat uchun 
qimirlamaydi ham. Bu insonlarning bir maxluqning huzuridagi holatidir. 
Ammo Alloh taoloning huzurida turgandachi, Uning haybat, saltanat, azamat, jabarut, 
qahru g‘azabini his qilgan holda ko‘proq xushu’da,xuzu’da bo‘lish talab qilinadi. 
Ibodat qilgani holda zulm qilgan, tavba qilgan bo‘lsada, mazlumni topolmaganidan 
dunyoda halollasha olmagan bir kishi haqida hikoya qilinadiki, u Alloh taoloning huzuriga 
keltiriladi. Dunyoda halollashmagan qul haqlari bo‘lsa, ma’lum qilinadi. Mazlum uning 
yoqasiga yopishadi. Alloh taolo mazlumga: "Ey mazlum! Yuqoriga qara" deydi. U 
yuqoriga qarab bir saroyni ko‘radi. Kattaligi va chiroyi aqlni oladi. Mazlum: "Ey Rabbim! 
Bu nima?" deb so‘raydi. Alloh taolo: "Bu saroy sotiladi. Mendan uni sotib olasanmi?" 
deydi. Mazlum: "Ey Rabbim! Uning haqini to‘lashga menda hech vaqo yo‘q", deydi. Alloh 
taolo: "Birodaringni kechirib xalos qilsang, saroy senikidir", deydi. Shunda mazlum: "Ey 
Rabbim! Sening amring sababli undagi haqqimdan voz kechdim", deydi. 
Alloh taolo tavba qilgan zolimlarga shunday muomala qiladi. Alloh taolo Isro surasining 
25-oyatida shunday marhamat qilgan: 
"(Ey insonlar,) Parvardigoringiz dillaringizdagi sirlaringizni juda yaxshi 
Bilguvchidir. Agar sizlar yaxshi bo‘lsangizlar (ya’ni, ota-onalaringizning 
huquqlarini tanib, ularga mehribon bo‘lsangizlar, albatta Alloh bilmasdan 
qilgan gunohlaringizni mag‘firat qilur). Zero, u tavba qilguvchilarni Mag‘firat 
etuvchi bo‘lgan Zotdir".
Tavba qiluvchi tavbasidan keyin oldingi zulm va gunohlarini boshqa qilmagan kishidir. 
Dovud (a.s.) "Avvob" deb sifatlanadi. 
Ey ko‘ngil, yoqdi vujudim yashirin noring sening
Pishqirib chiqdi samoga oh bilan zoring sening! 
 
Ko‘p g‘arib bir devonasan, aqlingni yig‘maysan hech, 
Insonlar rasvosi bo‘lding, yo‘qmidir oring sening? 
 
Abadiy ishq tuzog‘iga tushgan kundan beri, 
Meva bermaydi aslo, so‘ldi bahoring sening.

Yüklə 388,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə