Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

20-rasm.Jorj Smit 
(1840-1876) 


132
barqarorligini ta’minlashga qaratilgan edi. Qonunlar to‘plami kirish, 
qonunlar va xulosani tashkil qilgan uch qismdan iborat edi. 
Hammurapi davrida Bobil iqtisodiyoti sun’iy sug‘orishga 
asoslangan dehqonchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, 
hunarmandchilik, ichki va tashqi savdodan iborat bo‘lgan. Qadimgi 
Bobilda bu davrda ekin yerlari ko‘payadi, bog‘dorchilikda xurmo 
yetishtirish gullab-yashnaydi, g‘alla ekinlaridan, donli o‘simliklardan 
yuqori hosil olinadi. Bunday yutuqlar faqat sun’iy sug‘orish tizimini 
butun mamlakat miqyosida kengaytirish asosida amalga oshiriladi. 
Maxsus amaldorlar katta-kichik kanallarni ko‘rish va ta’minlashni 
nazorat qilib turganlar. Aholining barcha mehnatga qobiliyatli qismi 
erkin kishilardan tortib qullargacha sug‘orish inshootlarini qazish va 
ta’minlash majburiyatini o‘tagan, undan bosh tortganlarga o‘lim 
jazosigacha berilgan. Hammurapi qonunlarida maxsus to‘rt modda 
dehqon jamoasining o‘z yerida, sug‘orish inshootlariga befarq 
qarashiga qarshi qaratilgan, agar dehqonning yeridan qo‘shnilar 
yeriga suv toshib ketsa, u keltirilgan zararni to‘lashga majbur bo‘lgan, 
agar puli bo‘lmasa o‘zi va mol-mulki qo‘shniga keltirgan zararni 
qoplash uchun sotilgan.
Chorvachilik yirik hajmda rivojlangan. Qonunlarda bir necha 
bor yirik chorva to‘g‘risida eslatiladi. Ko‘pincha qoramolni dala 
ishlariga, xirmon va yuk tashishga ijraga berilgan. 
Hunarmandchilikning xilma-xil sohalari rivojlangan. Qonunda 
bajarilgan ish uchun qat’iy baho berilgan va ishning past sifati uchun 
hunarmand qattiq jazo olgan. Hammurapi qonunlar to‘plamining 229-
moddasida shunday deyiladi: «Agar quruvchi kishiga uy qurdi va o‘z 
ishini mustahkam qilmadi, u qurgan uy yiqilib, uy egasini o‘ldirib 
qo‘ydi. bu quruvchi o‘limga hukm qilinishi lozim». Erkin kishini 
muvaffaqiyatsiz muolaja qilgan jarrohning barmoqlari chopilgan 
(218-modda). 
Savdoning rivojlanishiga butun Mesopotamiyaning yagona 
Bobil davlatiga birlashuvi muhim omil bo‘ldi. Bobildan g‘alla, 
xurmo, kunjut yog‘i, jun va hunarmandchilik buyumlari eksport 
qilingan. Metall, qurilish toshi va yog‘och, qullar va zeb-ziynat 
buyumlari import qilingan. 
Bobilda savdo bilan maxsus savdo agentlari - tamkarlar 
shug‘ullangan, o‘z xizmatlari uchun ular yer, bog‘, uy olganlar va 
sudxo‘rlik bilan ham shug‘ullanganlar. Bobil, Nippur, Ur, Larsa kabi 


133
yirik shaharlar, katta savdo markazlari bo‘lgan. Qonunlarning barcha 
moddalarida xususiy mulk himoya qilingan. 
Bobil aholisining asosiy qismini xazinaga tushadigan soliqlarni 
to‘lovchisi mayda ishlab chiqaruvchi va mayda mulkdorlar tashkil 
qilgan. Shu sababli ularning huquqlari qonun moddalari bilan 
himoyalangan. 
Misol uchun ba’zi moddalar ularni sudxo‘rlar zo‘ravonligidan 
himoya qilgan: sudxo‘rga qarz uchun hosilni olishi ta’qiqlangan, 
kumush uchun qarz 20 foizi, g‘alla qarzi uchun 33 foiz bilan 
cheklangan. Garovga olingan kishiga nisbatan shafqatsiz muomala 
uchun qat’iy chora o‘lim jazosi qo‘llangan, qarz uchun qaramlik 3 yil 
muddat bilan cheklangan. Bobil jamiyatida erkin kishilardan tashqari 
«muchkenum» atamasi «pastga egilgan» ma’nosini bildirgan. 
Muchkenumlar jamoa bilan aloqasi uzilgan, yeri bo‘lmagan kishilar 
bo‘lib, ular cheklangan fuqarolik huquqiga ega bo‘lganlar. Ular 
podsho xo‘jaligida ishlaganlar, podshodan yerni shartli olganlar. 
Muchkenumlarga tan jarohat yetkazilsa, qoidaga ko‘ra pul jarimasi 
to‘langan, erkin kishiga nisbatan talion huquqi (ko‘z uchun ko‘z, tish 
uchun tish) qo‘llanilgan. Muchkenumni davolash erkin kishiga 
nisbatan ikki marta arzon bo‘lgan. Qonunlarga qaraganda 
muchkenumlar pul mablag‘i va mulkka egalik qilganlar. 
Bobil jamiyatinig eng quyi tabaqasi qullar («vardum») bo‘lgan. 
Qullikning manbasi Urushlar, mulkiy tabaqalanish natijasida qarzi 
uchun qul qilish, otaning patriarxal hokimiyati ostida oila a’zolarining 
huquqsizligi, otaning farzandlarini garovga berish, qullikka sotish 
huquqi, ba’zi jinoyatlari uchun qul qilish (misol uchun, asrandi 
o‘g‘ilning o‘z ota-onasidan voz keshishi, xotinning isrofgarchiligi, 
jamoasining sun’iy sug‘orish inshootiga loqayd qaragani) va 
qullarning tabiiy ko‘payishi bo‘lgan. 
Bobilda qulchilik o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan, qul uncha 
katta bo‘lmagan mulkka ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan, quldan bo‘lgan 
bolalariga mulk vasiyat qilish mumkin bo‘lgan. 
Bobil oilasi ota hukmron bo‘lgan patriarxal oila bo‘lgan. Oila 
nikoh shartnomasi asosida qurilgan va er nikoh sovg‘asi, xotin sep 
keltirgan. Xotin o‘z sepiga va erining sovg‘asiga o‘z huquqini 
saqlagan, erining o‘limidan so‘ng bolalar balog‘at yoshiga yetguncha 
beva oila mulkiga egalik qilgan. Qonunlar ayolning sog‘lig‘ini 
himoya qilgan, agar ayol eriga yomon muomala qilsa, va uni mol-


134
mulkini sovursa, ayol qulga aylantirilgan; eriga xiyonat qilsa, o‘lim 
jazosiga hukm qilingan. Ajralish va qayta erga chiqish 
qiyinlashtirilgan. Ota-ona mulkiga «somondan oltingacha egalik 
qilish» huquqiga o‘g‘il-qiz ega bo‘lgan, ammo o‘g‘ilga ko‘proq 
moyillik bildirilgan
43

Moliya-soliq mahkamasi kumush va mahsulot, chorva, 
hunarmandchilik buyumlari bilan olinadigan soliq yig‘ish bilan 
shug‘ullangan. Podsho hokimiyati og‘ir qurollangan janchilardan 
iborat qo‘shinga tayangan. Ularning huquq-majburiyatlari Hammurapi 
qonunlar to‘plamining 16-moddasida belgilangan. Harbiylar 
xizmatlari uchun yer-mulk olganlar. Qonun askarlarni harbiy 
boshliqlar zo‘ravonligidan himoya qilgan. Ularni asirlikdan qutqarish 
uchun to‘lov belgilangan, jangchi oilasi moddiy ta’minlangan. 
Askarlar harbiy xizmatni sidqidildan o‘tashlari zarur bo‘lgan, aks 
holda ular o‘lim jazosiga hukm qilinganlar. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə