Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

 
 
Baholashning ko‘rsatkich va mezonlari 
Guruhlar 
Javob 
mazmuni 
Taqdimot 
varog‘ining 
to‘ldirish 
sifati 
Guruh 
faolligi
 
Reglament
ga amal 
qilish 
Jami 
ballar 
1.
2.
3.
4.


137
4 – guruh topshirig‘i 
1-bosqich. Midiya, Mitanni, Qadimgi Xett davlati, Frigiya. Lidiya. 
Urartu mamlakati madaniyatini gapirib berish. 5 daqiqa. 
2-bosqich. Guruhda muhokama qiling 5 daqiqa. 
3-bosqich. Taqdimot varog‘ini to‘ldiring (organayzer yordamida) 10 
daqiqa 
4-bosqich. Taqdimot bilan chiqish 5 daqiqa 
5-bosqich. Boshqa guruhlarning taqdimotini baxolash.
 
Baholashning ko‘rsatkich va mezonlari 
Guruhlar 
Javob 
mazmuni 
Taqdimot 
varog‘ining 
to‘ldirish 
sifati 
Guruh 
faolligi
 
Reglament
ga amal 
qilish 
Jami 
ballar 
1.
2.
3.
4.
 
Guruh bo‘yicha baholash mezonlari 
Har bir guruh boshqa guruhlarni baholaydi. Har bir talab bo‘yicha – 2 
ball 
Guruh 

Tushunarli 
va aniq 
javob (0,5) 
Ko‘rgazma-
lilik 
(0,5) 
Reglament
ga amal 
qilish (0,5)
Guruh 
faolligi 
(0,5) 
Jami 
ball 
1.
2.
3.
4.
Hisob natijasi 
Guruhlar 

Umumiy 
ball 
Umumiy 
ball 
Umumiy 
ball 
Umumiy 
ball 
Umumiy 
ball 
1.
2.
3.
4.


138
Umumiy 
hisob 
Ballari 
Baho 
 
Seminar mashg‘uloti va mustaqil ta’lim uchun 
 tavsiya etilgan adabiyotlar: 
1.
Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short 
Introduction. Oxford University Press, New York,2015.
2.
Majid Fakhry. A History of Islamic philosophy. New York. 2004. 
3.
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
4.
Victoria S. Harrison. Eastern Philosophy. The Basics. New York. 
2013 
5.
Po‘latova D. Qodirov M. va boshq. Falsafa tarixi: Sharq falsafasi. 
O‘quv qo‘llanma. –T.: TDShI, 2015.
6.
Sharq falsafasi. Mas’ul muharrirlar: Ibrohimov N.I., Ahmedova 
M.A.–T.: TDShI, 2006 
9-mavzu 
Qadimgi Yunon, Iskandariya va Suriya falsafasi 
 
Reja: 
1.
Yunon falsafasining so‘nggi markazlaridan biri bo‘lgan 
Iskandariya shahrining arablar qo‘liga o‘tishi.
2.
Yunon tilini o‘rganish hamda Harron va Jandishopurdagi ilmiy 
markazlar.
3.
Yoqub Rahoviyning (vaf. 708 yil) ilohiyot va falsafaga doir 
asarlarning yoyilishi.
4.
Kvint Sentimiy Florens Tertullian (160-230)ning g‘oyalarining 
tarjima qilinishi. 
Tayanch tushunchalar: 
Yunon 
falsafasi, 
Iskandariya maktabi, neoplatonizmning 
shakllanshi, Arab istilosi, Harron va Jundishopur ilmiy markazlari, 
Yoqub Rahoviyning asarlari, Kvint Sentimiy Florens Tertullian 
g‘oyalari, Yaqin Sharq, Sharq falsafasi, Sharq madaniyati.
 
G‘arb tadqiqotchilarining islom falsafasi taraqqiyoti haqidagi 


139
izlanishlari islom falsafasini alohida yo‘nalish sifatida o‘rganishga 
imkon berdi. Islom falsafasining ruhi va qarashlari hatto XX asrda 
ham o‘rta asrlardagi tafakkur tarzida qolganligi taajjublanarli holdir.
Islom falsafasining Ovro‘po falsafasi va xristian ilohiyoti rivoji 
bilan bevosita yoki bilvosita aloqasi borligi G‘arb tadqiqotchilari 
tomonidan ta’kidlangan.
Ma’lumki, II asrning oxirida xristian Cherkovi shakllanib, 
xristian ilohiyoti oldida yangi vazifalar paydo bo‘ldi. Xristianlik bu 
vaqtda ma’jusiylik, yahudiylik va hokimiyat namoyondalaridan o‘zini 
himoya qilishga muhtoj bo‘lib qolmasdan, balki Isoning ta’limotini 
yoyish va uni targ‘ib qilish ishiga kirishdi.
II asrning oxirida Aleksandriyalik Kliment, Tertullian, Origen, 
Minusiy Feliks, Laktansiy va boshqa ilohiyotchilar maydonga 
chiqdilarki, ularning qarashlari asosida xristianlik cherkovi tafakkuri 
shakllana boshladi. Biz shulardan faqat birinchisining ijodiga qisman 
to‘xtab o‘tamiz.
Iskandariyalik Kliment (Aleksandriyskiy) (150-215) Shimoliy 
Afrikadagi Rim viloyati bo‘lgan Aleksandriyada tug‘ildi. Shunisi 
qiziqki, u birinchi bo‘lib o‘zining xristianlik falsafasini ishlab 
chiqishga azmu-qaror qilib, falsafani xristianlik bilan bog‘lamoqchi 
bo‘ldi. Kliment Iskandariyalik Filon (er. ol. 21-28 yillar – eramizning 
41 yoki 49-yillari) izidan borib, falsafa ilohiyotning xizmatkori 
bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. U birinchi bo‘lib, falsafa bilan din, 
e’tiqod va aql muammosining bir-biriga o‘zaro muvofiqligini o‘rtaga 
qo‘ydi. Falsafa va dinni bir-biriga qarama-qarshi emas, balki bir-birini 
to‘ldiruvchi, deb hisobladi. Uning fikricha, xristianlik o‘zida qadimgi 
yunon falsafasi va Injilning Qadimgi Ahd qismini birlashtiradi. Uning 
aqidasicha, xudo o‘z inoyati bilan bashariyatni Iso Masih orqali najot 
tomon boshlab boradi. Ammo barcha xalqlarni U turlicha yo‘llar bilan 
boshlab boradi. Isroil xalqini Muso orqali ato qilgan Qonun 
vositasida, Yevropa xalqlarini esa falsafani taqdim etish inoyati 
vositasida boshlab boradi. Shuning uchun Kliment nazarida Suqrot 
yunonliklar uchun qanday maqomga ega bo‘lsa, Muso ham 
yahudiylar uchun shunday ahamiyatga egadir
44
.
Qadimgi yunon falsafasining kamchiligi shundan iborat ediki, u 
dinga nisbatan bir muncha ishonchsizlik va mensimaslik bilan qarar 
44
Majid Fakhry. A History of Islamic philosophy. New York. 2004.
Р
. 5.


140
edi. Kliment o‘z fikrini davom ettirib, shuni qayd etadiki, 
yunonistonliklar o‘zlarining barcha qoidalarini yahudiylardan 
olganlar. Yahudiylik dinining kamchiligi esa shunda ediki, u falsafani 
nazar-pisand qilmas edi.
Xristianlik yuqorida aytilgan barcha bilim shakllaridan shuning 
uchun afzal ediki, u birinchi marta Qadimgi Ahd payg‘ambarlari 
tomonidan berilgan dinni va qadimgi yunonlilar tomonidan ishlab 
chiqilgan falsafani birlashtirar edi. Xavoriy Pavelning aytishicha, 
o‘zlari bilmagan holda yunonlilar o‘z falsafalari orqali Xudoni hurmat 
qila boshladilar.
Kliment kimki, din bilimni ortiqcha qilib qo‘yadi, deb hisoblasa, 
ular bilan muvofiq emas, ammo u shunday alohida o‘ziga xos bilim 
borki, u o‘z ulug‘vorligi bilan e’tiqodni behuda narsa qilib qo‘yadi, 
deb ta’kidlovchi gnostiklar nuqtai nazarini ham rad etadi.
Kliment o‘zining “Stromatalar” asarida yozishicha, “falsafa – 
shunday bebaho hazinaki, uni qo‘lga kiritishga biz barcha kuch-
quvvatimizni sarflamog‘imiz lozim”
45
.
Kliment fikricha, bizga aqlning berilishi tasodifiy emas, negaki, 
uning ob’ekti fikrdir, maqsadi esa – haqiqatni bilishdir; aql bizga 
behudaga berilgan emas, va shuning uchun biz falsafiy mushohada 
yuritib va fikrga sho‘ng‘ib, haqiqatni qidirishimiz lozim.
Kliment aqidasiga ko‘ra, falsafa haqiqiy va yolg‘on bo‘lishi 
mumkin. Yolg‘on – bu sofistika, moddiyuncha falsafa va xokazo. 
Haqiqiy falsafa Xudo va inson haqida talim beradi, u insonning 
qanday qilib xudoga qaytishi haqida ham fikr yuritadi. Haqiqat 
yagona bo‘lib, unga borish yo‘llari ko‘pdir. Bu shunday ma’noga 
egaki, tizimlarning ko‘pligi tufayli juda ko‘plab xususiy haqiqatlarga 
yetishish imkoniyati mavjuddir.
45
Лега
В

П

История
западной
философии
. (
Ғарб
фалсафаси
тарихи
). –
Т
., 
1998. –
С
.1.


141
Qadimgi yunonistonliklarga 
aql chirog‘i ato etilganligi tufayli, 
ular uning vositasida haqiqatni 
tushunishga erishdilar. Qadimgi 
yahudiylarga berilgan aql chirog‘i 
va Qonun, bir yagona o‘sha 
manbaga, ya’ni o‘sha yagona 
Logosga ega. Ko‘plab dalillarga 
ko‘ra, ushbu nazariyani Kliment Iskandariyalik Filondan olgan. 
Shuning uchun falsafa ko‘pchilik jihatdan xristianlikdan oldin 
vujudga kelgandir va shu bois xristianlar uni Qadimgi Ahd kabi 
hurmatlab, e’zozlashlari lozim.
Kliment fikricha, e’tiqod va aql, bir-biriga qarama-qarshi emas. 
Aqlga asoslangan fanlarda subordinatsiya (xizmatda kichik 
unvonlilarning katta unvonlilarga bo‘ysunishi qoidasi) mavjud. Quyi 
fanlar falsafaga olib boradi, falsafa esa – ilohiyotga olib boradi. 
Shuning uchun u majburiydir, negaki, u ilohiyotni qo‘liga dalil uchun 
qurol beradi, u xristianlikni yoyish va himoya qilish uchun bahs quroli 
hamdir.
Gnostiklar bilan bo‘lgan bahsda Kliment qayd etadiki, e’tiqod 
bilan aqlning nisbati bir-biriga muvofiqdir. Insonning har bir 
qobiliyati (e’tiqod ham, aql ham) qandaydir maqsad uchun zarurdir. 
E’tiqod ba’zi bir imtiyozga ega, u bilish ob’ektini ochib beradi, u 
ko‘proq jo‘n, oddiy bo‘lib, tushunishga oson, negaki, barcha kishilar 
qandaydir e’tiqodga egadirlar. U tayyor holda beriladi va bilimda 
hamma vaqt e’tiqod unsuri ishtirok etadi. Inson qadimgilar aytgan, 
isbot qilib bo‘lmaydigan juda ko‘p qoidalarga ishonadi. Kitoblardan 
bo‘ladimi yoki boshqalar aytgan gaplardanmi yoki taxminlardanmi – 
har holda barcha jarayonlarda bizning aqliy bilimlarimiz shunday 
qoidalarga tayanadiki, ularga kishi jo‘ngina ishonadi. Biroq, e’tiqod 
poydevor sifatida yetarli emas, negaki, bunday poydevor ustiga 
xushbichim binoni aqliy dalillar yordamida qurish lozim. Shuning 
uchun e’tiqod va aql bir-birini istisno etmasdan, biri ikkinchisini 
to‘ldiradi. E’tiqod binoning poydevori bo‘lsa, aqliy bilim ushbu 
poydevorga tiklangan devorlardir. Devorlar poydevorsiz buziladi, 
ammo devorsiz poydevor ham - bu binoning o‘zi emas, balki faqat 
poydevordir. Demak, e’tiqodsiz bilim yo‘q, e’tiqodsiz bilim esa - hech 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə