Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc


-rasm.Hammurapi qonunlari



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

19-rasm.Hammurapi qonunlari 
matni 


129
qadimgi yodgorliklardan biridir. Eramizdan oldingi IV mingyillik 
oxirida Baynalnahrayndagi Dajla va Frot daryolari vodiysida mehnat 
taqsimoti tufayli jamiyat toifalarga bo‘lingan edi. Ammo Misrdan 
farqli o‘laroq, Baynalnahrayn madaniyati bir xil emas edi. Uni vujudga 
kelishida Shumer xalqi ishtirok etgan bo‘lib, uning tili bizga ma’lum 
bo‘lgan tillar guruhining hech biriga kirmaydi. Baynalnahrayn yozuvi 
Shumer xalqi ijodidir. Bu mixxat yozuvini avval akkadliklar, keyinroq 
Old Osiyoning boshqa xalqlari ham iqtibos qilgan edilar. Bu yozuv uch 
ming yil davomida tadrijiy rivojlanish va takomillashishda bo‘lganligi 
isbotlangan. Shumer yozuvi matnlarining bizgacha yetib kelganlari 
eramizdan oldingi XIX-XVIII asrlarga taalluqli bo‘lib, bu vaqtda 
Shumer tili yo‘q bo‘la boshlagan edi.
To‘fon to‘g‘risidagi Shumer afsonasida xudolar tomonidan inson 
zotining yaratilishi va yer yuzidagi tartiblarning qanchalik 
mukammalligi bayon qilingan edi. Ammo noma’lum sabablarga ko‘ra, 
xudolar insoniyatni yo‘q qilishga qaror qilganliklari bayon etiladi. 
Adolatli va taqvodor hukmdor Ziusudra ilohiy vahiyga bo‘ysunib, katta 
kema qurganligi va shu tufayli najot topib, xudolar tomonidan abadiy 
hayotga loyiq ko‘rilganligi ta’kidlangan. Matnda “barcha o‘simliklar 
va inson urug‘i ismlarining najotkori”, deb atalgan Ziusudra xudolar 
tomonidan Quyosh chiqadigan mamlakat oroli bo‘lgan Tilmunga 
(Bahrayn) joylashtirilganligi qayd etilgan. “Ism, shumerliklar 
tasavvurida dunyoning barcha moddiy hodislarining ruhiga o‘xshash 
mohiyatdir”
41

Shumerliklarning ko‘mish marosimida kuylanadigan 
marsiyalarining biri “inson va uning shaxsiy xudosi”, deb nomlanadi. 
Unda taqdirga tan bergan, aqlli kishining to‘satdan kasallikka 
chalinganligi va shu munosabat bilan o‘z xudosiga najot istab murojaat 
qilishi tasvirlangan. Bu ilk diniy-falsafiy asar ekanligi uning 
mazmunidan anglashiladi. Bunda azob-uqubatlar sababi, dunyoviy 
adolatsizlik, taqdirning ko‘r-ko‘rona ish tutishi, olijanob kishi hissasiga 
tushgan sinovlarning bayoni berilgan. “Men – aqli raso kishi bo‘laturib 
nega johil yoshlar bilan ish yuritishim kerak, - deb savol qo‘yadi azob 
tortayotgan shaxs. Men bilag‘on kishi bo‘lsamu, nega meni johillar 
qatoriga qo‘yishadi? Atrofda yegulik farovon bo‘lsa-da, mening 
41
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 11. 


130
yeguligim – ochlik”.
Bir tomondan ayrim shaxslarning qo‘lida katta boyliklar 
to‘planishi, ikkinchi tomondan esa, quyi tabaqadagi ozod yollanma 
kishilarning qashshoqlashib borishi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni 
keskinlashtirganligi birinchi Bobil sulolasi davrida (eramizdan oldingi 
II mingyillik boshida) ochiq namoyon bo‘lgan edi. Natijada shu davrda 
mashhur podsho Xammurapining qonunlar majmuasi ishlab chiqilgan 
edi. Bunda diniy qarashlardan ko‘ra, ko‘proq dunyoviy ishlarga, 
jumladan jinoyat va jazoga, yangi iqtisodiy munosabatlardan kelib 
chiqib yondoshilganligi aks etgan. Jinoyatni kelib chiqishi talqinida 
“g‘ayri tabiiy” kuchlar aralashuviga yo‘l qo‘yilmagan. Yuridik 
hujjatlarning guvohlik berishicha, hukmdorlar o‘z qaror va hukmlarida 
hurmat yuzasidan ilohiy kuchlarga murojaat qilsalar-da, muayyan 
huquqiy tadbirlarda ko‘proq dunyoviy jihatni hisobga olganlar. 
Hukmlar ijtimoiy boshqaruv ehtiyojlarini hisobga olib hukmdorlarning 
hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan edi.
Shumerliklar madaniyati Misr bilan bir qatorda dunyodagi eng 
qadimgi yodgorliklardan biridir. Eramizdan oldingi IV mingyillik 
oxirida Baynalnahrayndagi Dajla va Frot daryolari vodiysida mehnat 
taqsimoti tufayli jamiyat toifalarga bo‘lingan edi. Ammo Misrdan 
farqli o‘laroq, Baynalnahrayn madaniyati bir xil emas edi. Uni vujudga 
kelishida Shumer xalqi ishtirok etgan bo‘lib, uning tili bizga ma’lum 
bo‘lgan tillar guruhining hech biriga kirmaydi. Baynalnahrayn yozuvi 
Shumer xalqi ijodidir. Bu mixxat yozuvini avval akkadliklar, keyinroq 
Old Osiyoning boshqa xalqlari ham iqtibos qilgan edilar. Bu yozuv uch 
ming yil davomida tadrijiy rivojlanish va takomillashishda bo‘lganligi 
isbotlangan. Shumer yozuvi matnlarining bizgacha yetib kelganlari 
eramizdan oldingi XIX-XVIII asrlarga taalluqli bo‘lib, bu vaqtda 
Shumer tili yo‘q bo‘la boshlagan edi.
To‘fon to‘g‘risidagi Shumer afsonasida xudolar tomonidan inson 
zotining yaratilishi va yer yuzidagi tartiblarning qanchalik 
mukammalligi bayon qilingan edi. Ammo noma’lum sabablarga ko‘ra, 
xudolar insoniyatni yo‘q qilishga qaror qilganliklari bayon etiladi. 
Adolatli va taqvodor hukmdor Ziusudra ilohiy vahiyga bo‘ysunib, katta 
kema qurganligi va shu tufayli najot topib, xudolar tomonidan abadiy 
hayotga loyiq ko‘rilganligi ta’kidlangan. Matnda “barcha o‘simliklar 
va inson urug‘i ismlarining najotkori”, deb atalgan Ziusudra xudolar 
tomonidan Quyosh chiqadigan mamlakat oroli bo‘lgan Tilmunga 


131
(Bahrayn) joylashtirilganligi qayd etilgan. “Ism, 
shumerliklar tasavvurida dunyoning barcha 
moddiy hodislarining ruhiga o‘xshash 
mohiyatdir”.
Shumerliklarning ko‘mish marosimida 
kuylanadigan marsiyalarining biri “inson va 
uning shaxsiy xudosi”, deb nomlanadi. Unda 
taqdirga tan bergan, aqlli kishining to‘satdan 
kasallikka chalinganligi va shu munosabat bilan 
o‘z xudosiga najot istab murojaat qilishi 
tasvirlangan. Bu ilk diniy-falsafiy asar ekanligi 
uning mazmunidan anglashiladi. Bunda azob-uqubatlar sababi, 
dunyoviy adolatsizlik, taqdirning ko‘r-ko‘rona ish tutishi, olijanob 
kishi hissasiga tushgan sinovlarning bayoni berilgan. “Men – aqli raso 
kishi bo‘laturib nega johil yoshlar bilan ish yuritishim kerak, - deb 
savol qo‘yadi azob tortayotgan shaxs. Men bilag‘on kishi bo‘lsamu, 
nega meni johillar qatoriga qo‘yishadi? Atrofda yegulik farovon 
bo‘lsa-da, mening yeguligim – ochlik”.
Bir tomondan ayrim shaxslarning qo‘lida katta boyliklar 
to‘planishi, ikkinchi tomondan esa, quyi tabaqadagi ozod yollanma 
kishilarning qashshoqlashib borishi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni 
keskinlashtirganligi birinchi Bobil sulolasi davrida (eramizdan oldingi 
II mingyillik boshida) ochiq namoyon bo‘lgan edi. Natijada shu davrda 
mashhur podsho Xammurapining qonunlar majmuasi ishlab chiqilgan 
edi. Bunda diniy qarashlardan ko‘ra, ko‘proq dunyoviy ishlarga, 
jumladan jinoyat va jazoga, yangi iqtisodiy munosabatlardan kelib 
chiqib yondoshilganligi aks etgan. Jinoyatni kelib chiqishi talqinida 
“g‘ayri tabIIy” kuchlar aralashuviga yo‘l qo‘yilmagan. Yuridik 
hujjatlarning guvohlik berishicha, hukmdorlar o‘z qaror va hukmlarida 
hurmat yuzasidan ilohiy kuchlarga murojaat qilsalar-da, muayyan 
huquqiy tadbirlarda ko‘proq dunyoviy jihatni hisobga olganlar. 
Hukmlar ijtimoiy boshqaruv ehtiyojlarini hisobga olib hukmdorlarning 
hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan edi
42

Qonunlar to‘plamining tuzilishi Hammurapining jiddiy siyosiy 
tadbiri edi, chunki bu to‘plam Bobilnng ijtimoiy-iqtisodiy 
42
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 12. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə