Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc


«Avesto» Qadimgi fors yozuvlari



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

«Avesto»
Qadimgi fors yozuvlari
Yunon tarixchilari
Mouru Marg‘un 
Marg‘iyona 
So‘g‘da So‘g‘uda 
So‘g‘diyona 
Bahdi Baqtrish 
Baqtriyona 
Xvarizam Xvarazmin 
Xorasmiya 
- Partava 
Parfiyona 
Tur, danu 
Shak, sak 
Saklar, massagetlar
Mouru Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Marg‘iyona erlari Murg‘ob 
vohasi, So‘g‘diyona - Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Baqtriyona 
(Baqtriya) - Afg‘onistonning shimoli-sharqiy qismi, Janubiy 
Tojikiston va Surxondaryo viloyati, Xorazm - Amudaryoning o‘rta va 
quyi qismidagi erlarini o‘z ichiga olgan. 


163
Saklar O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning tog‘lari, dashtlari va 
cho‘llarida yashagan ko‘chmanchi chorvador qabilalaridir. 
Ahamoniylar yozuvlarida saklar quyidagi guruhlarga bo‘lingan: saka 
tigraxauda «tigra» - bu «o‘tkir», xauda - «bosh kiyim», «saka-
xaumovarka» - «xaomani ulug‘lagan saklar» («xaoma» - «iuqaddam 
ichimlik»), «saka tiay darayyo» - «daryo, dengiz narigi yog‘idagi 
saklar». 
Saklarning yodgorliklari - qadimgi qabristonlar va mozor - 
qo‘rg‘onlar juda keng hududda topib tekshirilgan (Kaspiy, Orol 
dengizi atrofidan Balxash ko‘ligacha, pomir va Tangritog‘ o‘lkalarida, 
Quyi Zarafshon, Amudaryo, Sirdaryo erlarida). Saklar xo‘jaligida 
chorvachilik ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu kabilar 
qoramol mayda chorva hamda otni ko‘plab urchitganlar. Saklarning 
yodgorliklarida bronza va temirdan ishlangan harbiy qurollar, zeb-
ziynat, mehnat qurollari va sopol idishlar uchraydi. 
XIX asrning oxiridan boshlab oldingi yillar jahon 
tarixshunosligida O‘rta Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo‘lishi 
muammolarini o‘rganishda «Avesto»dagi ma’lumotlar, Gekatey va 
Gerodot asarlari, shuningdek, tarixshunos Ktesiyning ma’lumotlari 
asos bo‘lib xizmat qildi. 
Ilmiy adabiyotlarda O‘rta Osiyoda ahamoniylar davrigacha 
mavjud bo‘lgan quyidagi davlat uyushmalari haqida so‘z yuritganlar. 
1. Arshayyona - O‘rta Osiyodagi qadimgi viloyatlarning 
uyushmasi; 
2. Ayyornam Vayjo - bu ham Aryoshayyonadek yoki uning 
markazi Ariya va Marg‘iyonada bo‘lgan «Katta Xorazm» yoki 
Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm davlati; 
3. Qadimgi Baqtriya davlati. 
Olimlarning aytishicha, Aryoshayyona «Avesto»da tilga olingan 
Kavi Vishtasining podsholigi bo‘lib, miloddan avvalgi IX - VIII 
asrlarda Drangiana, Satagadiya, Ariya, Marg‘iyona va Amudaryo va 
o‘rta oqimidagi viloyatlarni birlashtirgan. G‘arb olimlari 
V.B.Xenning, I.Gershevichlar Kavi Vishtasining davlati Marv va 
Xirot atrofida joylashgan «Katta Xorazm» deb hisoblaganlar. 
Bu masala ko‘plab ilmiy ishlar yozilgan, munozaralar bo‘lgan 
bo‘lsa-da, «katta Xorazm» muammosi to‘la echimini topmagan. Bu 
ilmiy nazariya Gerodotning Akes daryosi suvlaridan foydalanish 
haqidagi ma’lumsotlariga asoslanib, paydo bo‘lgan. Gerodot yozadi: 


164
«Osiyoda bir fodiy bor. Uning barcha tomoni tog‘ bilan o‘ralgan, 
tog‘ni esa beshta dara kesib o‘tadi. Bir vaqtlar bu vodiy 
xorazmliklarga qarashli bo‘lib, xorazmliklar, parfiyaliklar, saranglar 
va tamaneylarning chegaradosh erlarida joylashgan. Forslarning 
hukmronligi boshlang‘ich vodiy fors podshosi hukmronligiga o‘tgan. 
Vodiyni o‘rab olgan tog‘dan Akes nomli yirik daryo boshlanadi». 
Ba’zi tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ahamoniylar davridan 
oldin xorazmliklar Parfiya chegaradaridan sharqiy yo‘nalishda 
Kopetdog‘ yonbag‘irlarida joylashganlar. 
Xorazm davlatining markazi Marv va Xirot atrofida bo‘lib, bu 
davlatni forslar podshosi Kir II tomonidan bo‘ysundirilgandan so‘ng 
xorazmliklar Quyi Amudaryo - hozirgi Xorazm viloyatiga ko‘chib 
borganlar deb faraz qilingan. Ushbu nazariyaga ko‘ra, xorazmliklarni 
Quyi Amudaryo erlariga janubdan miloddan avvalgi VI asrda qadimgi 
forslar siqib chiqarganlar. 
S.P.Tolstov, Ya.G‘ulomovlar bu nazariyaga qarshi bo‘lib, 
xorazmliklar O‘rta Osiyoning janubidan ko‘chib kelmaganlar. 
Xorazm davlati Quyi Amudaryoda qadimgi zamonlardayoq vujudga 
kelgan deb xulosa qilganlar. Ammo bu davlatning chegaralari hozirgi 
Xorazm viloyati hududidan ancha keng bo‘lgan. 
Miloddan avvalgi 700-540 yillar qadimgi Baqtriya davlatining 
rivojlangan davri bo‘lib, bu yirik davlatning hududiy chegaralir 
Marg‘ob vohasi. Hindiqush tizmasi, Badaxshon, Nurota tizmasi va 
Buxoro vohasiga borib taqalgan bo‘lishi mumkin. 
O‘rta Osiyoda rivojlangan dastlabki davlatlardan qadimgi 
Baqtriya eng yiriklaridan biri bo‘lgan. Bu davrda Baqtriya 
viloyatlariga qadimgi Xorazm davlati va sak-massagetlarning harbiy-
siyosiy uyushmasiga tegishli o‘lkalar chegaradosh bo‘lgan. 
Marg‘iyona va So‘g‘diyona qadimg Baqtriya davlatining ayrim 
qismlari bo‘lganligi haqida turli manbalar xabar qiladi. Qadimgi fors 
podshosi Doro I ning Marg‘iyonadagi Frada boshchiligidagi 
qo‘zg‘olonni (mil.avv. 521 y.) tor-mor qilishi haqida Behistup 
yozuvlaridagi xulosa: «mana nimalarni men Baqtriyada qildim». Doro 
III davrida Baqtriya va So‘g‘diyona birlashtirilgan o‘lka bo‘lib, unda 
Bess ismli satran hokimlik qilgan vaziyati va Marg‘iyona, Baqtriya 
hamda So‘g‘diyona aholisining urf-odatlari va madaniyati bir-biriga 
ancha o‘xshashligi ham shular jumlasidandir. 


165
Arxeologik manbalarga ko‘ra, Baqtriya va So‘g‘diyona 
viloyatlariga nisbatan, Xorazm tuprog‘ida miloddan avvalgi IX - VIII 
asrlarga oid paxsa yoki xom g‘ishtdan qurilgan uy-joylar, mudofaa 
devorlari va turli inshootlar topilmagan. Sopol idishlar qo‘lda 
yasalgan va kulolchilik charxi bu davr mahalliy hunarmandchiligida 
noma’lum bo‘lgan. Ayrim tadqiqotchilar shu vaziyatni hisobga olib, 
ahamoniylargacha bo‘lgan davrda Xorazm tuprog‘ida yirik davlat 
tashkil topmagan deb xulosa chiqarganlar. 
Ammo, shunga e’tibor berish kerakki, miloddan avvalgi VII 
asrning oxirlariga kelib, qadimgi Xorazm shahar markazlaridan biri 
Qo‘zaliqir mudofaa devorlarining tuzilishi bilan Baqtriyadagi 
Qiziltepa shahar devorlarini tuzilishida ancha o‘xshashliklar topildi. 
Baqtriya va Xorazm shahar markazlari mudofaa devorlarining 
o‘rtasida jangchilar yurishi uchun maxsus yo‘lak bo‘lgan. Shahar 
devorlari ustiga o‘q otish uchun mudofaa burjlari qurilgan. 
Devorlarda har 2 metrda shinaklar qoldirilgan. Demak, shu davrga 
kelib Xorazm tuprog‘ida yirik shahar markazlari paydo bo‘ldi.
O‘rta Osiyo viloyatlarining madaniy o‘xshashliklariga sabab 
xalqlarning qo‘shni-qarindoshligi, umumiy urf-odatlari, tili, savdo-
sotiq, madaniy aloqalari, janubda yuqori darajada rivodlangan 
madaniyatning ta’siri, janubiy aholi bir qismining Xorazm chegaralari 
yonida va aynan viloyat hududiga tarqalishi deb faraz qilinadi. Agar 
ko‘rsatib o‘tilgan fikrlar, jumladan, oxirgisi to‘g‘ri bo‘lsa, 
qabilalarning ko‘chish jarayoni fors podshosi Kir II ning yurishlaridan 
ancha oldingi davrlarda boshlangan Janubiy viloyatlarning vakillari 
va mahalliy aholisi qo‘shilish natijasida yangi madaniy va etnik 
jarayonlar vujudga kelishi mumkin edi. Bu vaziyat, arxeologik va 
antropologik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyo va xususan 
O‘zbekiston hududida bronza davrida va miloddan avvalgi 1 ming 
yillikning boshlarida ancha taraqqiy topgan. 
Misol uchun, miloddan avvalgi IX - VIII asrlarda Janubiy 
So‘g‘diyonada (Qashqadaryo vohasi) charxda ishlangan idishlarning 
paydo bo‘lishi, qurilishida g‘isht bilan naxsaning ishlatilishi, uy-
qo‘rg‘onlar va ayrim qal’alarning bino qilinishi Baqtriyaning 
So‘g‘diyonaga madaniy ta’sirini va baqtriyaliklar tomonidan ba’zi 
tumanlarning o‘zlashtirilishini tasdiqlaydi. 
Qadimgi Xorazm davlati miloddan avvalgi VII asrda Amudaryo 
o‘rta oqimi qismidan tortib Orolga yaqin bo‘lgan erlarda vujudga 


166
kelgan, degan xulosaning to‘g‘riligi tasdiqlandi. Bu davlat 
Marg‘iyonadagi Marv atrofida shakllanmagan, chunki manbalarga 
ko‘ra, Marg‘iyona qadimgi Baqtriya davlatining yirik viloyati 
bo‘lgan. Baqtriya va Xorazm davlatining hududiy chegaralari O‘rta 
Amudaryo oqimidagi erlar orqali o‘tgan. Shu erlarda bir-biriga 
ro‘para holatda ikkita qadimgi istehkom - Odoytepa va Qushqal’a 
qurilgan. Xorazmliklar egalik qilgan erlar So‘g‘diyona, Marg‘iyona 
va Baqtriyaga tegishli o‘lkalarga borib taqalgan Balki shuning uchun 
ham Gekaney xorazmliklar viloyatini parfiylardan sharqiy tomonda 
joylashtirgan Gerodot esa parfiyaliklar va xorazmliklarini erlari 
chegaradosh bo‘lgan deb ko‘rsatgan. 
Kir II O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlarini istilo qilib, shu 
erning bir qismi aholisini yurtimizning shimoliy viloyatlariga siqib 
chiqarish mumkin edi, ammo Qadimgi Xorazm davlatining vujudga 
kelishi turli murakkab madaniy, etnik va siyosiy jarayonlar bilan 
bog‘liq bo‘lib, ahamoniylar davridan oldingi zamonlarda boshlangan. 
Miloddan avvalgi VII - VI asrlarda shakllangan va ancha yirik 
bo‘lgan Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya davlatlarining aholisi 
qon-qarindosh elatlar bo‘lib, bir-biriga o‘xshash tilda gaplashganlar 
va yaqin madaniy an’analarga ega edilar. Bu davrda jamiyatning 
hududiy bo‘linishi ko‘zga tashlanib o‘rtoqlashuv jarayoni kuchaydi. 
Shaharlar qishloq xo‘jalik ekinzorlari bilan o‘ralib, qal’alar paydo 
bo‘ldi, muhim savdo yo‘llari bo‘yicha tayanch istehkomlar qurildi, 
turli makonlar qurilishida mudofaa inshootlarning ahamiyati birinchi 
o‘ringa chiqdi, mustahkam qal’a-panogohlar qurildi, makonlarning 
harbiy-ma’muriy, hunarmandchilik yoki qishloq xo‘jalik faoliyati 
yanada ko‘proq yuzaga chiqdi. 
O‘zbekistonning turli viloyatlarida arxeologlar qadimgi shahar 
xarobalarni topib tekshirdilar. Ko‘plab arxeologik topilmalarning 
dalolat berishicha, bu shaharning ba’zilarning yoshi 2700 yildan kam 
emas. Ularga Afrosiyob (Samarqand), Qiziltepa (Surxon vohasi), 
Uzunqir, Erqo‘rg‘on (Qashqadaryo vohasi) va boshqalar kiradi. Bu 
qadimiy shaharlar tarixi hozirgi Samarqand (Afrosiyob, Marokanda), 
Kitob-Shahrisabz (Uzunqir) yoki Qarshi (Erqo‘rg‘on) hududlarida 
davom etdi. Ya’ni, O‘zbekistonning ko‘pgina zamonaviy shaharlari 
ancha qadimgi shaharlar tarixi bilan yaqin aloqadorlik ko‘zga 
tashlanib turibdi. 


167
Eng qadimgi shaharlarga xos umumiy belgi ularning mudofaa 
devorlari bilan o‘ralganligidir. Devorlar suv to‘ldirilgan chuqur 
xandaq bilan o‘ralgan bo‘lib, bu mudofaa tizimi ancha mustahkam 
edi. Shaharlar ichki qal’a, aholini guzarlari, hunarmandchilik 
ustaxonalari va savdo qatorlari joylashgan qismlardan iborat bo‘lgan. 
Shahar atrofidagi soy va anhorlar bo‘ylarida dehqonlarning uy-
qo‘rg‘onlari joylashib, ular bog‘lar, ekinzorlar bilan o‘ralgan edi. 
Dehqon xo‘jaliklarini asosan katta ota urug‘i oilalarning vakillari 
tashkil etgan. Ular alohida uy-joylar, xo‘jalik va tomorqa binolarga 
hamda hosildor erlariga egalik qilganlar. Bundan uy-qo‘rg‘onlar, 
Xorazmda (Dingilja), Surxondaryoda (Qizilcha) va Samarqand 
atrofida (Qo‘rg‘oncha) topib tekshirilgan. 
«Avesto» ma’lumotlariga ko‘ra, urug‘-«vis» (ayrim qishloq 
jamoasi 185 ta katta oila a’zolaridan iborat bo‘lgan (75-90 kishi). 
Surxondaryodagi Qiziltepa shahri atrofida to‘rtburchak shaklida 
qurilgan qadimiy uy-qo‘rg‘onlar (Qizilcha) 3-4 qo‘shni uylardan 
iborat bo‘lib, alohida joylashgan ayrim qishloq jamoasini tashkil 
qilganlar. Har bir katta oila jamoasi ayrim uy-joyga, chorvaga va erga 
egalik qilgan. U ma’lum darajada iqtisodiy mustaqil bo‘lgan. Qishloq 
jamoalarining hududiy, iqtisodiy va ijtimoiy birlashuvi, ibtidoiy 
davrlarga oid urug‘-qabilaviy birlashuvidan ancha farq qilib, ilk 
davlat tizimi vujudga kelishi haqida dalolat beradi. 
Shunday qilib, O‘rta Osiyo xalqlarining shakllanishida va uning 
davlatchiligi paydo bo‘lishida tub o‘troq dehqon aholi alohida o‘rin 
tutganligi haqida muhim tarixiy xulosaga kelish mumkin. O‘rta Osiyo 
xalqlari ajdodlarining ilk davlatchiligi taraqqiyoti qadimgi shaharlar 
tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. 
Ilk davlatlarning tashkil bo‘lishida, jamiyat rivojining ichki 
qonuniyatlaridan tashqari (ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yuqori 
darajasi, hunarmandchilik, almashuv va savdoning tez rivojlanishi, 
sug‘orma dehqonchilik va boshqalar) tashqi sabablar - kuchayib 
borayotgan siyosiy qarama-qarshiliklar va harbiy to‘qnashuvlar ham 
ta’sir qildi. 
Yuqorida keltirilganlardan ko‘pi tasodifiy bo‘lmay, aniq shart-
sharoitlarga bog‘liq edi. Miloddan avvalgi VII - VI asrlarda O‘rta 
Osiyo va Qozog‘istonning ko‘pgina tog‘ va dasht joylarida yilqichilik 
va ko‘chmanchi chorvachilik keng tarqaldi. Ko‘chmanchilar yarog‘-
aslahalar taraqqiyotida katta yutuqlarga erishib, qudratli harbiy 


168
kuchga aylandi. Uyushgan 
ko‘chmanchi qabilalarning o‘troq 
dehqonchilik vohalarga xavfi yanada 
kuchaydi. O‘troq aholi uchun keng 
ko‘lamdagi va ishonchli himoyani 
tashkil qilish zarur bo‘lib qoldi. 
Shuning uchun ham Xorazm, 
Baqtriya, Marg‘iyona va So‘g‘diyonadagi o‘troq aholining harbiy-
siyosiy ittifoqi (uyushmasi) shakllanishida, uyushgan ko‘chmanchi 
qabilalardan tuzilayotgan harbiy xavf hamda ehtimol, Midiya 
podsholigining Shimoli-sharqiy Eron va O‘rta Osiyoning janubiy 
chegaralariga bo‘lgan hududiy bosqini sabab bo‘ldi. 
O‘zbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchiligi tarixi geografik, 
hududiy ma’noda nafaqat O‘zbekistonning hozirgi hududi bilan, balki 
qo‘shni viloyatlarda ham qadimda yuz bergan etnik, madaniy, 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq holda talqin 
qilinmog‘i lozim. Tarixning qadimgi davrlarida ilk davlatlar orasida 
va ajdodlarimizning yashash joylari o‘rtasida aniq ma’muriy 
chegaralar bo‘lmagan. Qadimgi Xorazm, Baqtriya va So‘g‘d 
chegaralari tabIIy bo‘lib, yaqin hududlardagi o‘troq yashash 
joylarning tabIIy geografik bo‘luvchisi sifatida dashtlar, cho‘l va 
tog‘lardan foydalanilgan. 
Xulosa qilib aytganda, yozma manbalar, arxeologik ma’lumotlar 
va zamonaviy tarixiy tadqiqotlar asosida O‘zbekiston hududida ilk 
davlatlarning shakllanishi va rivojlanishi jarayoni quyidagi davrlar 
bilan belgilash mumkin: 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə