Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə13/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

IV bob. Qiyomatning qorqinch va dahshatlari bobi hadislari

1. Oyisha. Yo Rasululloh! Qiyomat kuni kishi yaxshi ko‘rgan odamini eslaydimi?...» Zaif*. Ahmad (110/6) va «Zaiful jome’» (1245) ga qarang.


2. Abu Hurayra. Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: «Ikki nafha (sur)...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (4935) va Muslim (2955).
3. Abu Hurayra. «Alloh taolo yeru osmonni yaratib bo‘lganidan keyin...» Zaif*. Ibn Jarir (31/30, 30/24, 110/17) va Bayhaqiy, «Al-ba’s van nushur» (236).
4. Abu Hurayra. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Ey insonlar va jinlar jamoasi...»* Oldingi 3-hadisdan bir juz’.
5. Nofe’ ibn Umar. «Qiyomat kuni insonlar onalaridan tug‘ilgandek yalang‘och va yalangoyoq tiriladilar...» Ibn Kasir «Al-bidoya van-nihoya»da
(267/1).
6. Maoz ibn Jabal. «Qiyomat kunida banda narsa haqida so‘ralmaguncha...» Sahih*. Bazzor (157/4), Xatib (441/11) va «As-sahihatu» (946)
ga qarang.
7. Ibn Mas’ud. «Kofir kishi u kunning uzunligidan...» Zaif*. Abu Ya’lo va Hibbon (2582) «Al-matolibi-oliya» (270/4) va «Val-majma’a» (336/10) ga qarang.
8. Ibn Abbos. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Har bir payg‘ambarga qabul bo‘ladigan bir duo berilgan...» Hasan* Ahmad. (176/4) «As- Sunna» (797/818).


V BOB. DO‘ZAX VA DO‘ZAX AHLINING SIFATLARI

52. Abu Samarqandiy (Alloh rahmat qilsin) aytadi: Abu Hurayradan, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin, rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Do‘zax ming yil qip-qizil rangga kirguncha qizdiriladi, keyin yana ming yil oq rangga kirgunicha qizdiriladi, so‘ng ming yil yondirilib qizdirilib qop-qora qilinadi. O‘sha qoralik qop-qorong‘u tun kabidir”.


Yazid ibn Mursaddan rivoyat qilinadi: u kishi ikki ko‘zidan yoshlarini hech to‘xtata olmas edi, ko‘p yig‘lab turaverganlaridan keyin, bu yig‘i ma’nosini so‘radilar. U aytdi: “Agar bir gunoh qilganimda, Alloh taolo menga hammomda abadiy saqlayman deb, qo‘rqituv va’dasini bersa edi, ko‘z yoshimni to‘xtatmasligim to‘g‘ri bo‘lur edi. Endi qanday yig‘lamaymanki, Alloh taolo uch ming yil qizdirilgan do‘zaxga qamayman, deb turgan bo‘lsa!”


Mujohiddan rivoyat qilinadi: “Do‘zaxda bir choh - quduq bor, unda tuyaning bo‘ynidek ilonlar, xachirdek chayonlar bor. Do‘zax ahli o‘sha ilonlarni ko‘rib qochishadi. Ularni o‘sha ilonlar lablari bilan yamlab olishadi, so‘ngra soch va tirnoqlari orasidagi nimaiki bo‘lsa, kesib yoki archib tashlashadi. Ular faqat do‘zaxga kirish bilangina bu azobdan qutulishadi”.


53. Abdulloh ibn Juz’dan rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Do‘zaxda tuyaning bo‘ynidek ilonlar bor. Agar birontasi chaqsa, uning harorati qirq yilgacha ketmaydi va yana do‘zaxda xachirlardek chayonlar bor, agar birontani chaqsa, uning harorati qirq yilgacha turadi”.


54. Ibn Mas’uddan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Bu dunyodagi olovlaringiz do‘zax o‘tining yetmish barobaridan biridir. Agar o‘sha olovni dengizga ikki marta tashlasalar, uning suvidan foydalanib bo‘lmaydi.


Mujohid aytadi: “Albatta sizlarning olovlaringiz jahannamdan panoh tilaydi”.


55. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Do‘zaxda beriladigan eng yengil azob ikki oyog‘iga olovdan kovush kiygizib qo‘yishdir, uning issiqligidan miyasi qaynaydi, go‘yoki u suv qaynatiladigan idishdek, qulog‘ida va jag‘ida cho‘g‘ turgandek, lablari o‘tning issiqligidadir. Qornidagi narsalar ikki oyog‘ining tagidan oqib chiqadi. U, menga do‘zaxning eng qattiq azobi bo‘lyapti, deb o‘ylaydi, aksincha, bu azob, do‘zax ahli uchun eng yengil azobdir”.

Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat etiladi:


Do‘zax ahllari Molikni (do‘zaxning boshlig‘ini) chaqirishadi. Ularga qirq yil javob berilmaydi, keyin ularga: “Sizlar (mana shu azobda mangu) turguvchisizlar” (Zuxxuf, 77), degan javob beriladi. Keyin Allohga duo qiladilar: “Parvardigoro, bizlarni (jahannamdan hayoti-dunyoga) chiqargin. Bas, agar yana (kufr va tug‘yonga) qaytsak, u holda, shak-shubhasiz (o‘z jonimizga)
jabr qiluvchilarmiz” (Mo‘minlar, 107).

Dunyo ikki marta aylanganchalik muddat ularga javob berilmaydi, keyin aytiladi:


U yerda (jahannamda) xor bo‘linglar va Menga gapirmanglar” (Mo‘minlar, 108).

Faqih aytadi: Allohga qasamki, o‘sha gapdan keyin qavm bir og‘iz ham gapirmaydi. Undan keyin ular qiyinchilik bilan nafas olib, qiyinchilik bilan chiqaradilar. Ularning ovozlari olovning issiqlik ovoziga o‘xshaydi. Birinchisi – nafas olishlik; oxirgisi – nafas chiqarishlikdir.


Qatoda aytadi: “Ey qavm, bu narsadan qutulishlikka chora bormi? Yoki sabr qilasizlarmi? Ey qavm, Allohga toat-ibodat qilmoqlik yengilroqdir. Allohga itoat qi-linglar!”


Aytiladiki, do‘zax ahllari ming yil qo‘rqib turishadi, so‘ngra, agar dunyoda sabr qilganimizda, qutulgan bo‘lar edik, deyishadi. Keyin yana ming yil sabr qilinadi. Ularga azob yengillatilmaydi. Keyin aytadilarki: “(Endi esa) dod-voy qilamizmi, sabr etamizmi, biz uchun barobardir – hech qanday najot yo‘qdir” (Ibrohim, 21).


So‘ngra Alloh taolodan chanqoqlik va qattiq azob tufayli ming yil yomg‘ir so‘rashar ekan, issiqlik va chanqoqlikni ozgina ketkazish uchun yana ming yil yalinib-yolvorishar ekan. Alloh taolo Jabroilga aytadi: “Ular nimani talab qilyaptilar?” Jabroil: “Ey Rabbim, ularni o‘zing biluvchisan. Ular yomg‘ir so‘rashayaptilar”, deb aytadi. Keyin ularga qizil


bulutlarni tashlaydi. Ular yomg‘ir tushadi, deb o‘ylaydilar. Alloh taolo xachirdek chayonlarni tushiradi. Ulardan birontasi biron kishini chaqsa, uning og‘rig‘i ming yil ketmaydi. Shundan so‘ng yana ming yil Alloh taolodan yomg‘ir bilan rizqlantirishini so‘rashadi. Ularga qora bulutlarni ko‘rsatishadi. Ular bu yomg‘ir buluti, deyishadi. Tuyalarnning bo‘ynidek ilonlar yuboriladi.
Bittasi bir chaqsa, uning alami ming yil ketmaydi.

Bu muammo Alloh kalomidandir:


Kofir bo‘lgan va (odamlarni) Alloh yo‘lidan to‘sgan kimsalarga buzg‘unchilik qilganliklari sababli azob ustiga azobni ziyoda qilurmiz” (Nahl, 88). Ya’ni, bular kufr keltirganlar va gunoh qilganlardir. Kimki azobidan qutulmoqni va Allohning savoblariga erishmoqni xohlasa, bu dunyo mashaqqatlariga sabr qilmog‘i, Allohning toatida turib, gunohlaridan, dunyo shahvatlaridan saqlanmog‘i kerak bo‘ladi.
56. Xabarda kelganidek: “Albatta, jannat kishi yoqtirmaydigan narsalar bilan o‘ralgan:
do‘zax esa shahvatli narsalar bilan o‘ralgandir”.

57. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: “Alloh taolo Jabroilni chaqirdi, keyin jannatga yuborib: “Jannat ahli uchun nima hozirlaganimni borib ko‘rgin”, dedi. Jabroil qaytib kelib: “Sening izzating haqqi, u yerni faqat inson eshitsayoq, kiradi”, dedi. So‘ng jannat inson tabiati karih ko‘rgan narsalar bilan o‘raldi. Keyin yana Alloh aytadi: “Jannatga qaytib yana qaragin”. So‘ngra u qaytib: “Sening izzating haqqi qo‘rqdimki, unga hech kim kirmaydi, deb”. Keyin uni do‘zaxga yubordi: “Do‘zaxga qaragin va uning ahliga nima tayyorlaganimni ko‘rgin”. Jabroil qaytib kelib: “Yo Alloh, agar uni eshitsa, unga hech kim kirmaydi” dedi. So‘ng do‘zax shahvatlar bilan o‘raldi”. Alloh aytdi: “Qaytib borgin va qaragin unga”. Keyin qaytib keldi: “Sening izzating va ulug‘liging haqqi, yo Alloh, hech kim do‘zaxga kirmay qolmaydi, deb qo‘rqdim”, dedi”.


58. Payg‘ambar (s.a.v.): “Do‘zaxni xohlaganingizcha tasavvur qilinglar, qanchalik tasavvur qilsangizlar ham, do‘zax sizlar o‘ylagandan ko‘ra qattiqroq”, dedilar.


Otam Maymun ibn Mahrondan rivoyat qilib aytadi:


Albatta, jahannam ularning hammalariga va’da qilingan joydir” (Hijr, 43), oyati tushganida Salmon, Alloh undan rozi bo‘lsin, qo‘llarini bo‘yniga qo‘yib, uch kungacha qochib ketgan ekan, u kishini olib kelishgandan keyingina bu holat to‘xtadi.

59. Yazid Raqqoshiy Anas ibn Molikdan rivoyat qiladi: “Jabroil alayhissalom Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga kutilmagan vaqtda, ranglari o‘zgarib keldi. Payg‘ambarimiz: “Senga nima bo‘ldi, ranging o‘zgargan?” deb so‘radilar. Jabroil aytdi: “Ey Muhammad, hozir men Alloh taolo do‘zax o‘t yoquvchisiga o‘t yoqishni buyurgan vaqtda sizning oldingizga keldim. Jahannam haqdir. Olov haqdir. Qabrdagi azob haqdir. Allohning azobi qattiqroqdir, deb bilgan odam ulardan omonda bo‘lmagunicha ko‘zi quvonmasligi kerak”. Payg‘ambarimiz: “Yo Jabroil, jahannamni sifatlab ber?” deb aytdilar.


“Ha, albatta, Alloh taolo jahannamni yaratgan vaqtda ming yil qizdirdi, qip-qizil bo‘ldi. So‘ng ming yil qizdirdi, oq bo‘ldi, so‘ng yana ming yil qizdirdi, qop-qora bo‘ldi. Bu qoralik qorong‘ulikdir, uning issig‘i o‘chmaydi. Cho‘g‘lari so‘nmaydi. Sizni yuborgan Zotga qasamki, agar undan ignaning teshigidek teshik ochilsa, dunyo ahlining hammasi uning haroratidan yonib ketar edi. Sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, agar do‘zax ahlining ko‘ylaklaridan biri osmon va yer orasiga osib qo‘yilsa, uning sassiqligidan, issiqligidan butun yer aholisi o‘lib ketardi, sizni haq bilan jo‘natgan Zotga qasamki, agar Alloh taolo o‘zining Kitobida zikr qilgan bir quloch do‘zax zanjiri tog‘ning ustiga qo‘yilsa,


u erib ketadi va yer yetti bo‘lakka aylanadi. Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, agar kishini mag‘ribda jazolasa, mashriqda turgan kishi unga berilgan qattiq azobdan yonadi. Uning issig‘i qattiqdir. Qa’ri juda chuqur, bezagi – temir, ichkiligi – yiring, kiyimlari – olovning bo‘laklari-dandir, uning yetti eshigi bo‘lib, har bir eshigi ayollar va erkaklar uchun bo‘lingan”.

Payg‘ambar (s.a.v.): “Uning eshiklari bizning eshiklarimizga o‘xshaydimi?” deb so‘radilar. Aytdi: “Yo‘q, lekin u ochilgan, ular past-balanddir, bir eshik bilan ikkinchi eshik orasi yetmish yillik yo‘ldir. Har bir eshikning issiqligi keyingisidan yetmish


barobardir. Allohning dushmanlarini unga haydab kelishadi. Eshik oldiga yetganlarida ularni do‘zax xodimlari zanjir va temir arqonlar bilan kutib olishadi. Zanjirni og‘zilaridan kirgizib, orqalaridan chiqaradi. Chap qo‘lini bo‘yniga, o‘ng qo‘lini yuragiga bog‘laydi va ikki yelkasidan chiqarib qo‘yadi. Zanjirlar bilan bog‘lab tashlaydilar. Odamni shayton bilan birga zanjirda yaqinlashtiradi, yuzidan tortiladi, maloikalar temirdan bo‘lgan tayyoqlar bilan urishadi.

Hammalari bu g‘amdan chiqishni xohlaganlarida u yerga qay-tarilaveradilar” (Haj, 22). Payg‘ambar(s.a.v.) so‘radilar: “Bu eshiklarda turuvchilar kimlar?” Jabroil aytdi: “Birinchi past eshikda munofiqlar, dasturxon ashoblaridan kufr keltirganlar


hamda Fir’avn ahli turadi. U (eshik)ning nomi Hoviyadir. Ikkinchisida mushriklar tura-di, uning oti Jahim. Uchinchi eshikda quyoshga sig‘inuvchilar turadi, uning ismi Sahar. To‘rtinchisida iblis, unga ergash-ganlar hamda majusiylar turadi, uning oti Lazodir. Be- shinchisida yahudlar turadi, uning ismi Hutamadir. Oltin-chisida nasorolar turadi, uning ismi Sa’ir”. Keyin Jab-roil Payg‘ambar alayhissalomdan uyalib to‘xtadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Yettinchisining xabarini bermaysan-mi?” Jabroil alayhissalom aytdi: “Unda sizning umma-tingizdan katta gunohlar qilib, keyin tavba qilmaganlar turadi”. Payg‘ambar (s.a.v.) hushlaridan ketdilar. Jabroil u kishining boshlarini o‘zlariga kelgunlaricha ko‘kragiga qo‘yib turdi. O‘zlariga kelib: “Yo Jabroil, musibatim ulug‘ bo‘ldi, xafaligim qattiqlashdi, mening ummatimdan birontasi do‘zaxga kiradimi?” “Ha, sizning um-matin-gizdan katta gunohi kabira qilganlari do‘zaxga kiradi”.

Keyin Payg‘ambar (s.a.v.) yig‘ladilar. Jabroil ham yig‘ladi. Payg‘ambar (s.a.v.) uylariga kirib, odamlardan berkinib oldilar, faqat namozga chiqardilar, hech kimga gapirmasdan kirib ketardilar. Namozlarda Alloh taologa tazarru’lar qilib yig‘lardilar. Uchinchi kuni bo‘lganda Abu Bakr keldi. Eshiklari oldiga kelib: “Assalomu alaykum ey rahmat uyining egalari, Rasululloh huzurlariga kirsam bo‘ladimi?” deb javob olmadi, yig‘lab burchakda turdi. So‘ngra, Umar, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin: “Rasululloh huzurlariga kirsam maylimi?” deb javob ololmadi, yig‘lab chetga chiqdi. Keyin Salmon roziyallohu anhu eshik oldiga kelib to‘xtadi: “Assalomu alaykum, ey rahmat uyining egalari. Rasululloh huzurlariga kirsam maylimi?” dedi. Hech kim javob bermadi, yana bir marta yig‘lab keldi, yana javob bo‘lmagandan keyin, Fotima onamizning eshiklari oldiga keldi, so‘ng aytdi: “Assalomu alaykum ey Rasulullohning qizlari!” Hazrat Ali, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin, o‘sha kuni uylarida yo‘q edi. Salmon aytdi: “Ey Payg‘ambarning qizlari Fotima! Rasululloh odamlarga ko‘rinmayaptilar. Namozdan boshqa hech joyga bormayaptilar, hech kimga gapirmayaptilar, kirishga hech kimga ruxsat bermayaptilar”. Fotima onamiz boshlariga paxtalik yopinchig‘ini yopib, Payg‘ambarning (s.a.v.) eshiklariga keldi. Keyin salom berdi va aytdi: “Yo Allohning elchisi, men qizingiz Fotima, kirishdan to‘silib turibman”. Rasululoh sajda qilgan hollarida yig‘lab turgan edilar, boshlarini ko‘tarib: “Nima uchun ko‘zimning nuri bo‘lgan qizim Fotima mendan to‘siladi? Eshikni unga


ochinglar!” eshikni ochganlaridan keyin kirdi, shu vaqtda Rasulullohga qarab, u kishining yuzlari sarg‘aygan, holatlari o‘zgargan, yig‘i va xafalikdan yuzdagi etlari so‘lganini ko‘rib, u ham yig‘lab yubordi: “Ey Allohning elchisi! Sizga nima bo‘ldi”.

“Ey qizim Fotima, Jabroil kelib, jahannamning eshiklarini sifatladi, mening ummatimning gunohkorlari jahannamning eng tepa eshigida turar ekan, o‘sha narsa meni yig‘latib, xafa qildi”, dedilar.


“Ey Allohning elchisi, unga qanday kirishar ekan?”
Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Ha, ularni maloikalar do‘zaxga haydab kelishar ekan. Ularning yuzlari qoraymas ekan, ko‘zlari ko‘karmas ekan, og‘zilari muhrlanmas ekan, shayton bilan birga olib kelinmas ekan. Ularga temir arqon va zanjirlar solinmas ekan”.
Fotima roziyallohu anho aytdi: “Yo Allohning elchisi! Maloikalar qanday olib keladilar?” Rasululloh aytdilar: “Erkaklarni soqollari bilan, ayollarni kokillari bilan olib kelishadi.
Ummatimning soch-soqoli oqarganlarining ko‘pchiligi soqollaridan ushlanadi, keyin do‘zaxga yuboriladi. U baqiradi: “Ey qariligim, ey zaifligim”, deb. Qancha yigitlar soqollaridan ushlanib, do‘zaxga tashlanadi. Ular yig‘lab baqiradiki: “Ey yoshligim, ey chiroyli ko‘rkamligim!” deb. Ummatimdan qancha xotinlar peshonalaridan ushlanib, do‘zaxga haydaladi va baqiradiki: “Ey sharmandaligim!” deb, hattoki ular do‘zaxning boshlig‘i Molikning oldiga keltirilganlarida, Molik aytar ekan: “Bular kimlar, bularga o‘xshagan qavm hali mening oldimga kelmagan edi. Bularning yuzlari qora bo‘lmaganida, ko‘zlari ko‘karmaganidan, og‘zilari berki-tilmagandan, shaytonga yaqinlashtirilmaganligidan, bo‘yinlarida temir arqon va zanjirlar solinmaganidan ajablanyapman”. Maloikalar aytishar ekan: “Biz mana bu holatda bularni senga olib
kelishga buyurildik”. Molik aytar ekan: “Ey baxtsizlar jamoasi, kim bo‘lasizlar?” “Xabarda kelishicha, maloikalar haydab kelishayotganda: “Voh! Muhammado!” deb baqirib
turishar ekan. Molikni ko‘rgandan keyin uning kattaligidan Muhammadning (s.a.v.) ismlarini unutishar ekan. Molik so‘rar ekan: “Kimsizlar?” Ular: “Bizlar Qur’on tushirilgan va ramazonlar (ro‘zasi)ni tutganlardanmiz”, deb javob berar ekanlar. Molik aytar ekan: “Qur’on faqat Muhammadning (s.a.v.) ummatiga tushgan”. Ular Muhammadning (s.a.v.) ismlarini eshitib, qichqirar ekanlar: “Bizlar Muhammadning (s.a.v.) ummatidanmiz”. Molik “Qur’onda Alloh taologa gunoh qilishdan qaytarguvchi oyatlar yo‘q edimi?” deydi. Ularni do‘zaxning chetida to‘xtatishadi. Do‘zaxga va uning xodimlariga qaraydilar va aytadilar: “Ey Molik, bizga o‘zimizning holimizga yig‘lashga izn bergin!” Ularga ruxsat beriladi. Ko‘z yoshlarini to‘kishadi. Undan hech narsa qolmagandan keyin qon yig‘lar ekanlar. Molik aytadi: “Bu qanday ham yaxshi yig‘i bo‘lar edi, agar dunyoda bo‘lganida. Bas, agar sizlar bu yig‘ini Allohdan qo‘rqib qilganlaringizda edi, bu kunda bu yerda
turmas edingizlar”. Keyin Molik zaboniyalarga: “Ularni do‘zaxga tashlanglar!” deb buyruq beradi. Shu paytda hammalari: «La ilaha illalloh!» deb baqirishadi. Ulardan do‘zax qaytadi, so‘ngra Molik aytadi: “Ey do‘zax, ularni olgin”. Do‘zax “Ularni qanday o‘zimga olayin? Ular: “La ilaha illalloh” deb turibdilar-ku” deydi. Molik aytadiki: “Ha arshning
Egasi buyurdi, olasan ularni”. Ularni o‘ziga olar ekan. Bir xillarini oyoqlaridan, bir xillarini tizzalaridan, bir xillarini bellaridan, bir xillarini kindigidan olarkan. Do‘zaxning olovi ularning yuziga yopishsa, Molik: “Ularning yuzlarini yondirmagin, ular bu yuz bilan Allohga sajda qilganlar, qalblarini yondirmagin, ular ko‘pincha Ramazon oyida chanqoq bo‘lganlar”. So‘ngra Alloh xohlagancha turishar ekan, aytar ekanlar: “Yo Alloh, yo Mannon! Rahm qilguvchilarning rahmlirog‘i!” Keyin Alloh taolo hukmini bajargandan keyin aytadi: “Ey Jabroil! Muhammadning (s.a.v.) gunohkor ummatlari nima qilindi?” Jabroil: “Alloh o‘zing bilguvchiroqsan ularning ishini”, der. Alloh aytadi: “Borgil, ularning holiga qaragil!” Jabroil alayhissalom do‘zaxning o‘rtasida o‘tdan qilingan minbarda o‘tirgan Molikning oldiga jo‘naydi. Molik Jabroilni ko‘rib, o‘rnidan turadi va: “Ey Jabroil! Nimaga kirdingiz?” deb so‘raydi.

“Muhammadning (s.a.v.) ummatlaridan gunohkorlarini nima qilding?”


Molik: “Ularning ahvollari naqadar yomon, ularning turgan joylari naqadar tor. Ularning badanlari yondirilyapti, go‘shtlari yeyilyapti, yuzlari, qalblari esa imon bo‘lgani uchun
qoldi”. Jabroil: “Tabaqni olgin, ularga qarayman” deydi. Molik buyurib, ulardan yopqich qapqoqni olishadi. Ular Jabroilning yuzi ko‘rkamligidan, azob farishtasi emasligini biladilar. “Kim bu banda, oldin bunday kishini ko‘rmagan edik?” Molik: “Bu Jabroildir. U Muhammadga (s.a.v.) vahiy keltirgan”, deydi. Ular Muhammad (s.a.v.) ismlarini eshitib, baqiradilar: “Ey Jabroil, Muhammadga (s.a.v.) bizdan salom yetkazgin. Bizning va sizning oralarimizda bo‘lib o‘tgan gunohkorligimizdan xabar qilgin. Bizning yomon holimizdan xabar bergin”. Jabroil Allohning huzuriga borib turadi. Alloh taolo aytadi: “Muhammadning (s.a.v.) ummatini qanday holda ko‘rding?” “Ey Rabbim, ularning hollari yomon, joylari tor”. Alloh so‘raydi: “Sendan biron narsa so‘rashdimi?” “Ey Rabbim, ular mendan Payg‘ambarlariga salom aytmog‘imni va o‘zlarining ahvoli yomonligini yetkazishimni so‘rashdi”. Alloh aytadi: “Borgil, u kishiga xabar bergil”. Jabroil Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga jo‘naydi. Muhammad (s.a.v.) eshiklari to‘rt ming bo‘lgan, har bir eshik ikki tabaqali, oltindan qilingan, oq dur qasrda turadilar. Jabroil
alayhissalom aytadi: “Ey Muhammad (s.a.v.) sizning do‘zaxda azoblanayotgan gunohkor ummatlaringiz oldidan keldim. Ular sizga salom aytdilar. Ahvollari yomonligini, joylari torligini aytdilar”. Payg‘ambar (s.a.v.) Arshning tagiga kelib o‘zlarini sajdaga
tashlaydilar. Allohga hamdu sano aytadilar, bundan oldin u kishi kabi sano o‘qigan odam yo‘q edi. Alloh aytadi: “Boshingni ko‘targil, so‘ragan narsang berilgaydir, Shafoat qil, shafoatlangaysen”. Aytdilar: “Ey ummatim baxtsizlarining Rabbisi! Sen ularga hukmingni o‘tkazding, ulardan o‘ch olding, endi meni ularga shafoatchi qilgin!” Alloh aytadi: “Seni ularga shafoatchi qildim, do‘zaxga borgin, hammasini chiqargin”. Payg‘ambar (s.a.v.) borganlarida Molik u kishini ko‘rib, ehtirom bilan o‘rnilaridan turadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Ey Molik! Baxtsiz ummatimning holi qanday?” Molik: “Ularning hollari yomon, joylari tor”, deydi. “Eshikni och, yopilgan narsani ol!” Shu payt do‘zax ahli Muhammad (s.a.v.) ko‘rib, hammalari qichqirib yuboradilar: “Ey Muhammad sallallohu alayhi vasallam! Do‘zax terilarimizni yondirdi, jigarlarimizni kuydirdi!”

Hammalari do‘zaxdan chiqariladilar. Ular ko‘mirdek bo‘lib qolgan edilar, olovni yeganlaridan. Ular jannat darvozasidagi Hayot daryosiga borishadi, u yerda cho‘milishib, yosh, balog‘atga yetgan yigitlardek bo‘lib chiqishadi. Go‘yoki ularning yuzlari oydekdir. Peshonalariga “do‘zaxilar” deb yozilgan edi. Alloh ularni do‘zaxdan ozod qiladi. So‘ngra jannatga kiradilar. Musulmonlarning jannatga kirganlarini ko‘rgan kofirlar aytadi:


“Koshki biz ham musulmon bo‘lsak, biz ham do‘zaxdan qutulsak”. Alloh taolo aytadi:

Hali (qiyomat kuni) kofir bo‘lgan kimsalar musulmon bo‘lishni istab qolurlar. (Hijr, 2).


60. Rivoyat qilindi: “Rasululloh aytdilar: “O‘lim go‘yoki chiroyli qo‘chqor ko‘rinishida keltiriladi. So‘ngra aytiladi: “Ey jannat ahllari, o‘limni bilasizlarmi?” Unga qarab, uni taniydilar. Ularga aytiladi: “Ey ahli do‘zax, o‘limni bilasizlarmi?” Unga qarab, uni taniydilar. So‘ngra jannat va do‘zax o‘rtasida o‘lim so‘yiladi. Keyin aytiladi: “Ey ahli jannat, o‘lmasdan abadiy qolmoq bor va ey ahli do‘zax, o‘lmasdan abadiy qolmoq bor!”


Bu to‘g‘rida Alloh taolo aytadi:


Ey Muhammad! Siz ularni (ya’ni mushriklarni) barcha ish bitirilib (ya’ni jannat ahli jannatga, do‘zaxilar do‘zaxga hukm qilingan, ular) hasrat-nadomat qilib qoladigan kundan qiyomatdan qo‘rqiting” (Maryam, 39).

Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Fojir kimsa ne’mat bilan xursand


bo‘lmasin. Albatta, uning orqasidan ko‘pincha tezkor narsa kelgay, u jahannamdir. Alloh taolo aytdi:
Har qachon jahannam o‘ti susaysa, bas, Biz ularga olovni lovullatib yuborurmiz” (Al-Isro, 97).
Alloh bilguvchiroqdir.



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə