Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə14/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

V bob. Do‘zax va do‘zax ahlining sifatlari bobi hadislari

1. Abu Hurayra. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Do‘zax ming yil qip-qizil rangga kirgungacha qizdiriladi...” Zaif*. Termiziy (2591) va Ibn


Moja (4320). “Az-Zaiyfatu” (1305) ga qarang.
2. Abdulloh ibn Jubayir. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Do‘zaxda tuyaning bo‘ynidek ilonlar bor...” Zaif*. Ahmad (191/4) va Asad ibn Musa
(22), Ibn Hibbon (2613), Hokim (533/4) va Bayhaqiy, “Ash-sha’ab” (561).
3. Ibn Mas’ud. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Bu dunyodagi olovlaringiz...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3265/6) va Muslim (2843/4).
4. Hadis. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Do‘zaxda kishiga beriladigan eng yengil azob...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6562/11) va Muslim
(213).
5. Hadis. “Albatta jannat kishi yoqtirmaydigan...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (6487/11) va Muslim (2822/4).
6. Abu Hurayra. «Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Alloh taolo Jabroilni chaqirdi...» Hasan. Sahih*. Termiziy (2560), Nasoiy (37), Ahmad
(332/2) va Hokim (26/1).
7. Anas ibn Molik. «Jabroil alayhissalom Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga kutilmagan vaqtda, ranglari o‘zgarib keldilar...» Zaif*. «Al- majma’a» (387/10) va «At-taxvif minan nor» (63/34 bet).
8. Hadis. «Rasululloh aytdilar: «O‘lim go‘yoki chiroyli qo‘chqor ko‘rinishida keltiriladi...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (4730/7) va Muslim
(2849/4).


VI BOB. JANNATNING VA JANNAT AHLINING SIFATLARI

61. Abu Lays Samarqandiy aytadi: Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Dedikki: “Yo Rasululloh, jannat nimadan yaratilgan?” Aytdilar: “Suvdan”. “Yo Rasululloh, jannatning binosidan bizga xabar bering!” Rasululloh aytdilar: “Jannat tillo va kumush g‘ishtlardandir. Uning loyi yangi mushkdan, tuprog‘i za’farondan, uning kichkina toshchalari marvarid va yoqutdandir, kim unga kirsa, ne’matlanadi, noumid bo‘lmaydi va abadiy qoladi, o‘lmaydi, kiyimi ho‘l bo‘lmaydi va hech ham yoshligi ketmaydi”. So‘ng aytdilar: “Uch nafar kishilarning duosi qaytarilmaydi: adolatli podshohlarning, og‘zini ochayotgan ro‘zadorning va mazlumning duosi. Chunki uning duosi bulut ustiga ko‘tariladi. Alloh unga qarab aytadi: “Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, albatta, senga yordam beraman, agar keyinchalik bo‘lsa ham!”


62. Faqih aytadi: Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Jannatda bir daraxt bor, biron ulovga mingan yo‘lovchi uning soyasida yuz yil yursa ham oxiriga yetmaydi, xohlasangizlar, mana o‘qingizlar: “O‘ng tomon egalari!.. o‘ng tomon egalari (bo‘lmoq) ne (saodat)dir! (Ular) tikansiz sadrzorlarda... Tizilgan bananzorlarda... Uzaygan soyada... oqizib qo‘yilgan suv (bo‘yi)da...” (Voqea, 30).


Jannatda ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan, insonning ko‘ngliga kelmagan narsalar bor, xohlasangizlar, o‘qinglar:


Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (oxirat ne’matini) biron jon bilmas” (Sajda, 17).

Albatta, jannatdagi qamchidek joy dunyodan va undagi hamma narsalardan yaxshidir, xohlasalaringiz o‘qinglar: “Bas, kim do‘zaxdan chetlatilib, jannatga kiritilsa, muhaqqaq (baxt-saodatga) erishgay”. (Oli Imron, 185).


Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Jannatda bir hur bor, uni ovunchoh deb


atashadi, u to‘rt narsadan: mushk, anbar, kofur va za’farondan yaralgan. Uning loyi hayot suvida qorilgan. Alloh unga: “Bo‘l!” degan bo‘lgan va hamma hurlar unga oshiqdirlar. Agar o‘sha hur dengizga bir marta tuflasa, uning suvi shirin bo‘lib qoladi. Uning bo‘yniga yozilgan: “Kim menga yetishmoqni istasa, Allohimga itoat qilsin!”

Mujohid aytadi: “Jannatning yeri kumushdan, uning tuprog‘i mushkdan, daraxtlarining tomirlari oltin va kumushdandir, shoxlari marvarid va zabarjaddan, barglari va mevalari ham shulardandir.


Kimki tik turib yesa, unga ozor yetmaydi, Kim o‘tirib yesa, unga ozor yetmaydi. Yotib yesa ham, ozor yetmaydi”. Keyin bu oyatni o‘qidi:


(Jannat) soyalari ular yaqin va mevalari ham (uzib tanovul qilish oson bo‘lishi uchun) egib qo‘yilgan bo‘lur” (Inson, 14).
Ya’ni, uning mevalari yaqin qilinib, uni yotib ham, turib ham, o‘tirib ham yeyilaveradi.

Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Qur’onni Muhammad sallallohu alayhi vasallamga tushirgan Zotga qasamki, jannat ahllarining chiroylari va husnlari ziyodalashib boraveradi, mana bu dunyoda qarilik ziyodalashganidek”.


63. Faqih aytadi: Suhaybdan rivoyat qilinadiki, Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Jannat egalari jannatga, do‘zax egalari do‘zaxga kirgach, chaqirguvchi nido qiladi: “Ey jannat egalari! Alloh taolo sizlarga va’da qilgan narsalarni bermoqni xohlaydi. Aytdilar: “U nimadir? Axir, tarozularimizni og‘ir qilmadimi, ko‘zimizni oq (yorug‘) qilmadimi? Do‘zaxdan chiqarib, jannatga kirgizmadimi? Yana nima beradi?” So‘ngra aytdi: “Hijobni ochadi, unga qaraydilar, mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ularga berilgan narsalarning eng yaxshirog‘i Allohning yuziin ko‘rmoqlikdir”.


64. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: “Jabroil Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga oq oyna olib keldi. Unda bitta qora nuqta bor edi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Yo Jabroil, bu qanday oq oyna?” dedilar. Aytdi: “Bu jumadir, qora nuqta - jumada


qoyim bo‘ladigan vaqt. Bu sizga va qavmingizga oldingi qavmlardan ortiq qilingan jumadir! U oldingilar nosaro va yahudlardir. Shu jumada bir soat bor. Shu soatda mo‘min banda Allohdan nimaiki so‘ralsa, Alloh istijob qiladi va har qanday yomonlikdan panoh tilasa, o‘shandan panoh beradi. Bu juma mening nazdimda ziyoda qilingan kundir!”

Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ziyodalashgan kun nimadir?”


Jabroil aytdi: “Albatta, Rabbingiz firdavsda bir vodiyni olgan. Unda mushkdan tepalik bor. Juma kuni bo‘lsa, payg‘ambar nuridan bo‘lgan minbarlar bilan qoplanadi. Nur minbarlari tillo minbarlardir. Yoqut va zabarjadlar bilan o‘ralgan. Unda siddiqlar, shahidlar, solihlar turadilar. Qur’on ahli xonalaridan chiqadilar. O‘sha mushkli tepalikda sohiblaridan keyin kelib o‘tirishadi. Rabbilari oldiga to‘planishadi. Allohga hamd o‘qiydilar, sano aytadilar. Alloh taolo ularga: “Mendan so‘ranglar!” deydi. Aytishadiki: “Sendan roziligingni so‘raymiz!” Alloh: “Sizlardan roziman! Sizlarga jannatni, uyimni ziynatladim, sizlarga barcha ne’matlarimni yetkazdim!” Keyin ularga o‘zining ravshanligini ko‘rsatdi va Alloh taolo bergan kunlarning ichida eng yaxshirog‘i juma bo‘lib qoldi, saxovatdan ziyoda qilgani uchun”.
65. Xabarda rivoyat qilinadi: “Albatta, Alloh taolo maloikalarga aytar ekan: “Do‘stlarimni taomlantiringlar!” deb. Turli xil taomlar keltiriladi. Har bir luqmalarida boshqalarida yo‘q lazzatni topadilar. Taomdan forig‘ bo‘lishgan bo‘lsalar, “Bandalarimning chanqog‘ini qondiringlar!” deydi. Bir ichimliklar keltirishar ekan, har bir ichimlikning ikkinchi ichimlikda topilmaydigan lazzati bo‘ladi. Undan ham forig‘ bo‘lsalar, Alloh aytadi: “Men sizlarning Rabbingizdirman, sizlarga bergan va’damga sodiq bo‘ldim. Bas, sizlar so‘ranglar, bergayman” Aytadilar: “Yo Rabb! Sening roziligingni so‘raymiz!” deya ikki- uch marta aytishdi, so‘ngra Alloh taolo: “Sizlardan rozi bo‘ldim! Menda ziyoda qilingan narsalar bor, bu karomatlarimdan ham kattarog‘i bilan sizlarni bugun ikrom qilgayman!” deb hijobni ochadi. Allohga xohlagancha qaraydilar, Unga sajda qilgan holda o‘zlarini tashlaydilar. Ular sajdada Alloh taolo xohlagancha bo‘lishadi. Keyin ularga aytadi: “Boshlaringizni ko‘taringizlar. Bu joy ibodat qiladigan joy emas!..” Ular jannatdagi
barcha ne’matlarni unutishadi, bu qarash boshqa ne’matlardan eng yaxshi, sevimli bo‘lgani uchun. So‘ng qaytadilar. Arshning ostidan qattiq shamol esib, mushk tepaligidagi mushkni ularning boshlariga, otlarining peshonalariga sochadi. Ahllariga qaytgandan keyin xotinlari ularni oldin ko‘rgan suratlaridan ham husnli, ajoyib suratda ko‘radilar. Ularga aytadilar: “Sizlar oldingi bo‘lganlaringizdan ham ko‘ra yaxshiroq bo‘lib qaytdingizlar”.

Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: “Hijobni ko‘tara-di” deganda “hijob” so‘zidan murod ularning ustidagi hijobdir. Bu shunday to‘siqdirki, Alloh taolo qarashdan ularni berkitib turadi. Ammo “ular qaraydilar” so‘zi ba’zilar aytishgandek, Allohning oldin ko‘rsatmagan karomatiga qarashidir. Ko‘p ahli ilmlar: “U zohiriydir, uni kayfiyatsiz va o‘xshatishsiz ko‘radilar, dunyoda buni o‘xshatishsiz bilganlaridek”, deganlar. Ikrima aytadi: “Jannat ahllari o‘ttiz uch yoshli yigitlar kabidir. Ularning erkagu ayoli bir xil yosh-dadir. Ularning bo‘ylari otalari Odam alayhissalomning bo‘ylaridek oltmish gazdir, mo‘ysiz, soqolsiz, o‘ttiz uch yoshli yigitlardir. Ularning egnida yetmishta kiyim bo‘ladi, har bir kiyim har soatda yetmish rangda tovlanib turadi. Er o‘z aksini xotinining yuzida, ko‘kragida, sochida ko‘radi. Xotini ham yuzini erining yuzida, ko‘kragida, sochida ko‘radi. U yerda qonlari oqmaydi. Burunlarini qoqmaydilar. Bundan boshqa aziyatlar, ya’ni siydik, axlat chiqarishlar bo‘lmaydi”.


66. Xabarda keladi: Agar ahli jannat ayollaridan biri kaftini osmondan chiqarsa, osmon va yer orasi nurlanib ketadi.


66a. Faqih aytadi: Zayd ibn Arham aytadi: “Ahli kitobdan bir kishi Muhammadga (s.a.v.) kelib, ahli jannatlar yeyishadi va ichishadi, deb o‘ylaysanmi?” deb so‘radi. Pay-g‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ha, Muhammadning (s.a.v.) joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ahli jannatlarning har biriga yuz kishi yeydigan ovqatning kuchini, yuz kishi ichadigan suvning kuchini, yuz kishi jimo’ qiladigan kuchni beradi”. Aytdi: “Yesa, ichsa, unga qazoi hojatga rag‘bat bo‘ladi, jannat yaxshi, toza joy, unda aziyatlar bo‘lmaydiku!”


Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ularning hojati ter chiqishligidir. U mushkning hidi kabi bo‘ladi”.

Faqih aytadi: Mo‘’tab ibn Sami’ Alloh taoloning “ Imon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlar uchun xushnudlik va go‘zal oqibat jannat bordir” (Ra’d, 29), degan so‘zi haqida deydi: “Jannatdan murod jannatdagi bir daraxtdir. Jannatdagi hamma uylar


uning shoxlari soyasida turadi. Uning turli xil mevalari bor. Unga xuddi ho‘kizdek qush qo‘nadi, jannat ahllaridan biron kishi o‘sha qushni xohlasa, uni chaqiradi, so‘ng
dasturxonga taom bo‘lib tushadi, go‘shtning quritilgan tomonidan va yana boshqa pishirilgan tomonidan yeyaveradi. Keyin qush qaytib ketadi”.

67. A’mash Abu Hurayradan rivoyat qiladi. Alloh undan rozi bo‘lsin: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Mening ummatimdan jannatga birinchi kiradigan toifa Badr kechasidagi oy suratida kiradi. Keyingilari esa osmondagi eng yorqin yulduz suratida


kiradi. Undan keyin kirayot-ganlar darajalariga qarab kiraveradi. Ular bavl qilmaydilar va hojat chiqarishga hojatlari bo‘lmaydi, tupurmaydilar, burunlarini ham qoqmaydilar. Tirnoqlari tillodandir, ichadigan idishlari marvariddir, terlari mushkdir. Axloqlari bir kishi axloqida qurilgan (ya’ni, hammasi bir xil), uzunliklari Odam alayhissalom bo‘ylari kabi oltmish gazdir”.

68. Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Albatta, ahli jannatlar soqolsiz, yungsiz yigitlar bo‘ladi. Ularda ikki qoshi, ikki kiprigi va boshidagi sochdan boshqa soch yo‘q, ya’ni ularda qo‘ltiq mo‘y va avrat mo‘ylari bo‘lmaydi. Bo‘ylari Odam alayhissalom bo‘ylaridek oltmish gaz bo‘ladi. Yoshlari Iso alayhissalom yoshlaridek o‘ttiz uchdir, ranglari oq, kiyimlari yashildir. Jannat ahllaridan biri dasturxonga ikki


qo‘lini olib kelsa, bir qush kelib deydi: “Ey Allohning do‘sti, men salsabil bulog‘idan suv ichganman. Arshning tagidagi bog‘larda o‘tlaganman, ikki tomonlama ta’mi bor, biri suvda pishirilgan go‘sht ta’mi, ikkinchisi qovurilgan go‘sht ta’midir!”, xohlagancha
yeydi. Jannat ahlining yetmish kiyimi bor. Ularning ranglari turli-tumandir. Ularning barmoqlarida o‘nta uzuk bor. Birinchisiga mana bu oyat yozilgan:
(Alloh yo‘lida) sabr-toqat qilib o‘tganlaringiz sababli (endi bu jannatlarda)

Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə