Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting: “A



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə22/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting: “Allohning rahmat va marhamatidan noumid bo‘lmangiz. Albatta Alloh (O‘zi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta Uning O‘zigina Mag‘firatli, Mehribondir” (Zumar, 53). Buni Vahshiyga yozdilar. Vahshiy bu xatda shartni topmagandan keyin Madinaga kelib musulmon bo‘ldi.

106. Abdulloh ibn Sufyon aytadi: Muhammad ibn Abdurahmon Sulamiy menga otasidan eshitganlarini yozdi: “Madinada Payg‘ambarning (s.a.v.) sahobalaridan bir nechtalarining oldida o‘tirgan edik. Bulardan bittasi: “Payg‘ambarimizdan (s.a.v.): “Kim o‘lmasidan yarim soat oldin tavba qilsa, Alloh taolo uning tavbasini qabul qiladi” deganlarini eshitdim”, dedi. «Sen Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlarini eshitdingmi?» deb so‘radim. U: “Ha”, deb javob berdi. Boshqasi: Payg‘ambardan (s.a.v.): “Kimki o‘lmasdan bir soat oldin tavba qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi”, deb aytganlarini men ham eshitdim”, dedi. Yana bittalari: “Payg‘ambarning (s.a.v.): “Kim g‘arg‘aradan oldin tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul qiladi”, degan so‘zlarini eshitdim”, dedi”.


107. Muhammad ibn Mutarrifdan rivoyat qilinadi. Alloh aytdi: “Ey odam farzandi! Senga voy bo‘lsin! Gunohni qilasan, keyin kechirim so‘raysan, uni kechiraman, gunohga qaytasan, yana kechirim so‘raysan, uni kechiraman. Sho‘ring qursin! Gunohni tashlamagan, yana rahmatimdan ham noumid bo‘lmagan banda! Ey maloikalarim, sizlarning shohidligingizda Men uning gunohlarini kechirdim”.


A’mashdan naql: “Sizlardan oldingi o‘tgan qavmlarimning ichida bir gunoh bilan mashg‘ul bo‘luvchi kishi bor edi va u kunlardan bir kun sayr qilib yurib, oldingi gunohlarini esladi va: “Ey Parvardigor, Sening mag‘firatingdan umid qilaman!” deb uch marta aytdi va shu holatda olamdan o‘tdi, uning gunohlarini Alloh taolo kechirdi”.


Makhuldan rivoyat qilindiki, Ibrohim alayhissalom osmon mulkiga ko‘tarildilar. Bir zino qilgan bandani ko‘rdilar, uni badduo qildilar. Alloh uni halok qildi. Keyin o‘g‘irlik qilgan bandani ko‘rib, uni ham badduo qildilar. Alloh uni ham halok qildi. Alloh taolo: “Ey Ibrohim, sen bandalarimni qo‘yavergin, bandam uch xislatning orasidadir: Menga tavba qiladi va Men tavbasini qabul etgayman. Menga ibodat qiladigan zurriyotni undan chiqargayman. Shu orada unda ahmoqlik g‘alaba qiladi va shu badbaxtligining orqasida jahannam bordir”.

Faqih aytadi: Bu xabar, agar banda tavba qilsa, Alloh taolo uning tavbasini qabul qilishiga dalildir. Banda uchun Allohning rahmatidan noumid bo‘lishi lozim emas. Alloh taolo aytdi:


Zero Allohning rahmatidan faqat kofir qavmigina noumid bo‘lur” (Yusuf, 87).

Boshqa oyat:


U bandalardan tavba-tazarrularni qabul qiladigan, yomonliklarni afv etadigan va qilayotgan ishlaringizni biladigan zotdir” (Sho‘ro, 25).

Oqil kishi Alloh taologa har kuni va har vaqt tavba etmog‘i, gunohda davomli bo‘lmasligi lozimdir. Albatta gunohidan qaytguvchi gunohda doimiy bo‘lmaydi. Agar bir kunda yetmish marta gunoh qilib, mag‘firat so‘rasa, u gunohda doimiy emas.


108. Shuningdek, Abu Bakr Siddiqdan (roziyallohu anhu) rivoyat qilindi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Kishi kunda yetmish marta gunoh qilib, mag‘firat so‘rasa, u gunohda doimiylardan emas”.


109. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) aytdilar: “Allohga qasamki, men har kuni yuz marta tavba qilaman!”


110. Hazrati Alidan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: “Men Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitgan narsalarimdan Alloh menga o‘zi xohlagandek foyda-manfaat beradi, agar menga shundan boshqasini aytsalar, unga qasam ichtiraman. Agar qasam ichsa, uning gapiga ishonaman. Menga Abu Bakr Siddiq aytdi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “Bir banda bir gunoh qilsa, so‘ngra chiroyli tahorat olib, ikki rakat namoz o‘qisa, Allohdan gunohini kechirishni so‘rasa, Alloh uning gunohlarini kechiradi. Keyin bu oyatni tilovat qildilar:


Kim biron bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohning mag‘firat qilguvchi va mehribon ekanini topar- ko‘rar” (Niso, 110).

Boshqa rivoyatda bu oyatni o‘qiganlar:


(U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki (qandaydir gunoh ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishni so‘raydigan, har qanday gunohni yolgiz Allohgina mag‘firat qilur, deb bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan kishilardir. Ularning mukofotlari Parvardigorlari tomonidan mag‘firat va taglaridan daryolar oqib turguvchi jannatlar bo‘lib, ular o‘sha joyda abadiy qolajaklar. Yaxshi amallar qiluvchilarning ajrlari naqadar yaxshi ajr!” (Oli Imron,
135-136).
111. Hasan Basriy, Alloh rahmat qilsin, Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Alloh taolo iblisni tushirgan vaqtda (iblis) aytdiki: “Sening izzating bilan qasamki men odam farzandidan ajralmayman, toki uning ruhi jasadidan ajralmaguncha!” Aloh taolo aytdi: “Mening qudratim, ulug‘ligim haqqi, bandamdan tavbani o‘lim bilan kelayotgan g‘arg‘ara vaqtida ham to‘smayman!”

112. Abu Qosim Abu Amoma Boxiliydan, u Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “O‘ng qo‘l farishtasi chap qo‘l farishtasidan omonatdordir, banda yaxshi amal qilsa, uning yaxshi amali uchun o‘nta savob yozadi. Agar yomon amal qilsa, chap tomon sohibi yozishni xohlagan vaqtida o‘ng tomon sohibi, to‘xtagin, deydi. Olti va yetti soat to‘xtab turadi. Allohdan istig‘for so‘rasa, unga hech narsa yozmaydi. Agar istig‘for so‘ramasa, unga o‘sha qilgan bitta gunohini yozadi”.


113. Faqih aytadi. Bu gap Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilingan: “Gunohlaridan tavba qiluvchi kishi xuddi gunohi yo‘q kishidekdir”, hadisiga to‘g‘ri keladi.


114. Boshqa rivoyatda: “Agar banda bir gunoh qilsa, boshqa gunohni qilguncha, o‘sha gunohni yozmaydi. Keyin boshqa gunoh qilsa, yana boshqa gunohni qilguncha yozmaydi. Vaqtiki beshta gunoh jam bo‘lsa v bitta yaxshilik qilsa, unga beshta yaxshilik


yoziladi, undan oldin beshta gunoh qilgan bo‘lsa ham. O‘sha vaqtda shayton (unga la’nat bo‘lsin) qichqirarkan va aytar ekan: “Odam farzandiga qanday kuchim yetsin?! Men uni gunoh qilishga undab, kuch sarflab, harakat qilsam, bitta yaxshiligi bilan hamma kuchimni botil qiladi”.

115. Safvon ibn Assol al-Murodiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambar (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Albatta, mag‘rib tomonda tavba uchun Alloh taolo bir eshik yaratdi, uning kengligi yetmish yoki qirq yillikdir. Doim ochiq bo‘ladi, quyosh g‘arbdan chiqqan vaqtgacha (ya’ni qiyomatgacha) yopilmaydi”.


Said ibn Musayyab deydi: “Alloh taolo kalomida aytiladi: “Zero, u tavba qilguvchilarni mag‘firat etguvchi bo‘lgan zotdir” (Isro, 25). Ya’ni kishiki gunohni qiladi, keyin tavba etadi, so‘ng gunoh qilib yana tavba qiladi”.


Hasan Basriydan so‘raldi: “Kishi gunoh qilib tavba qiladi, so‘ng gunoh qilib tavba qiladi. So‘ng yana gunoh qilib tavba qiladi. Bu qachongacha?” Aytdi: “Buni mo‘minlarning axloqidangina deb bilaman”.


Ba’zi hakimlar aytdilar: “Orifning kasbi beshtadir: Allohni eslasa, faxrlanadi, o‘zini zikr qilishsa, past bo‘ladi, agar Allohning oyatlariga qarasa, ibrat oladi, agar gunohga va shahvatga qasd qilsa, o‘zini olib qochadi, Allohning kechiruvchiligi zikr qilinsa, xursand bo‘ladi, gunohlari zikr qilinsa, mag‘firat so‘raydi”.


116. Faqih, Alloh rahmat qilsin, Mu’ammardan, Zuhriydan rivoyat qiladi: “Bir kuni Hazrati Umar Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga yig‘lab kirdi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Seni nima yig‘layapti, ey Umar?” dedilar. Umar aytdi: “Yo Rasululloh! Ko‘chada bir yigit yuragimni kuydirdi, u yig‘lab turibdi”. Rasululloh (s.a.v.): “Ey Umar, menga uni olib kir” dedilar. Haligi yigit yig‘lab kirdi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Seni nima yig‘latyapti, ey yigit”,


deb so‘radilar. “Ey Allohning payg‘ambari! Meni gunohlarimning ko‘pligi yig‘latyapti. Men
Allohimning g‘azabidan qo‘rqyapman”, dedi. “Allohga shirk keltirdingmi?” “Yo‘q”. “Nohaq
odam o‘ldirdingmi?” “Yo‘q”. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta, Alloh taolo sening gunohingni kechiradi, agar o‘sha gunohing yetti osmon, yetti yer, baland tog‘lardek bo‘lsa ham”. Yigit: “Ey Allohning rasuli! Mening gunohim yetti osmon, yetti qat yer, baland tog‘lardan ham kattaroq”. Payg‘ambar (s.a.v.) so‘radilar: “Sening gunohing kursidan ham kattaroqmi?” Yigit: “Undan ham kattaroq”, dedi. “Gunohing Arshdan ham kattaroqmi?” Yigit: “Kattaroq”, dedi. “Gunohing ulug‘mi yoki Allohing? (Ya’ni, Allohning mag‘firatimi)?” Yigit: “Alloh ulug‘dir!” Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar. “Albatta, katta gunohlarni Alloh kechiradi”. So‘ngra dedilar: “Menga aytgin, nima gunoh qilding” Yigit: “Ey Allohning rasuli! Men sizdan uyalaman”. Payg‘ambar (s.a.v.) ikkinchi marta: “Aytib bergin qilgan gunohingni”, deb so‘radilar. Yigit: “Ey Allohning elchisi! Men yetti yil qabrlarni ochib, kafanlarini olish bilan shug‘ullandim. Bir kuni ansor qizlaridan biri o‘ldi, uning qabrini ochdim. Uni kafanidan chiqarib oldim. Ozgina o‘tmasdan shayton nafsimga g‘alaba qildi. Keyin qaytib o‘sha qizni mujmoa’at qildim. Uzoq turmadim, shu vaqt o‘sha qiz turib: “Senga Allohning g‘azabi bo‘lsin, ey yigit! Qiyomat kunida Allohdan uyalmaysanmi? O‘sha kunda hukm uchun tosh-tarozi qo‘yiladi, mazlumga zolimdan
haqqi olib beriladi. Bu o‘liklar vatanida meni yalang‘och tashlab ketyapsan. Allohning qudrati oldida meni junub holatiga tushiryapsan”, deb aytdi”. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘rni-laridan sakrab ketdilar, uni yelkasidan ushlab, itarib yubordilar. “Ey fosiq, sening do‘zaxga kirishga bu qadar hojating bor ekan, mening oldimdan ketgin”, dedilar.

Yigit Alloh taologa qirq kecha tavba qilib chiqdi, qirq kecha to‘liq bo‘lgandan keyin boshini ko‘tarib osmonga qarab: “Ey Muhammad sallallohu alayhi vasallamning, Odamning, Havoning Parvardigori! Agar meni kechirsang, Muhammadga (s.a.v.) va sahobalariga bildirgin, agar bildirma-sang, osmondan olov yuborib, meni kuydirgin va oxirat azobidan najot bergin!” deb iltijo qildi. Jabroil alayhissalom Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga kelib: “Assalomu alaykum, ey Muhammad sallallohu alayhi vasallam, Rabbingiz sizga salom aytdi”. Payg‘ambarimiz aytdilar: “Alloh Salomdir, salom Allohdandir v salom o‘ziga qaytgaydir!” Jabroil aytdiki: “Alloh so‘radi: “Butun maxluqni sen yaratdingmi?” Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Yo‘q! Meni va (barcha) maxluqlarni U zotning o‘zi yaratdi”. Jabroil dedi: “Rabbingiz aytdiki, ularga rizqni sen berasanmi, deb” Aytdilar: “Ularni va meni Alloh rizq-lantiradi!” Jabroil dedi: «Rabbingiz aytdiki: «Ularning tavbasini sen qabul qilasanmi?» deb». Aytdilar: “Alloh mening va ularning tavbalarimni qabul qilguvchidir”. Jabroil: “Alloh aytdi. “Bu bandamning tavbasini qabul qilgin. Men tavbasini qabul qildim”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) yigitni chaqirib: “Alloh taolo gunohingni kechirganini bashorat qildi va tavbangni qabul qildi”.


Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Bu xabarga oqil kishi e’tibor qilmog‘i va bilmog‘i lozim bo‘ladiki, albatta o‘lik bilan qilgan zinosidan ko‘ra tiriklar bilan zino qilmog‘i kattaroq gunohdir. Haqiqiy tavbani qilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki Alloh taolo tavbasi haqiqiy ekanligini va undan gunohni ketkazganini yigitga bildirdi. Tavba gunohning miqdoricha bo‘lishi lozim bo‘ladi.


Ibn Abbos, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, deydi: “Allohning kalomida:


Ey imon keltirganlar, Allohga xolis tavba qilinglar!” deyiladi. (Tahrim, 8). Xolis tavba qalb bilan pushaymon bo‘lish, til bilan istig‘for so‘rash, badan bilan uzilish va unga hech qaytmayman deb qalbiga jo qilishdir!”

117. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Til bilan kechirim so‘rovchi, keyin gunohida davom etuvchi kimsa xuddi Rabbini masxaralovchi kabidir”.


Robi’adan, Alloh undan rozi bo‘lsin, zikr qilindi: “Bizning gunohlarimizni so‘ramog‘imiz ko‘p istig‘forlarga muhtoj bo‘ladi, ya’ni tili bilan kechirim so‘raydi, niyati esa gunohga qaytish bo‘ladi. Bu tavba yolg‘onchilarning tavbasidir. Bu tavba emas, tavba til bilan istig‘for so‘rash va o‘sha gunohga ikkinchi marta qaytmaslikni niyat qilishdir. Agar o‘shanday qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi, agar katta gunoh bo‘lsa ham. Chunki Alloh bandalariga rahmlidir”.


Zikr qilindiki: “Bani Isroilda bir podshoh bor edi. Ko‘p ibodat qilguvchi bir kishini unga sifatlabdilar, uni chaqirib: “Mening suhbatimda bo‘lasan, uyimda turasan”, deb talab qilibdi. Haligi obid: “Ey podshoh, bordi-yu, bir kuni uyingga kirib, joriyang bilan o‘ynashib o‘tirganimni ko‘rib qolsang, nima qilasan?” debdi. Podshoh achchiqlanibdi: “Ey fojir, menga shu gapni aytishga jur’at qilasanmi?” Obid aytdi: “Mening karamli Parvardigorim bor, agar menda bir kunda yetmishta gunoh ko‘rsa ham g‘azab qilmaydi. Eshigidan haydab chiqarmaydi. Meni rizqidan ham mahrum qilmaydi. Endi qanday qilib, uning eshigidan ketay va hali men unga gunoh qilmay turib, menga g‘azab qilgan odamning qanday qilib yonida turay?! Agar gunoh qilayotgan paytimda ko‘rsang, nima qilarding?” Keyin chiqib ketdi”.


Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Gunoh ikki xil bo‘ladi. Sen va Rabbing orasidagi gunoh hamda sizlar bilan bandalar orasidagi gunoh. Alloh taolo bilan sening orangdagi gunohning tavbasi til bilan istig‘for aytish, dil bilan pushaymon bo‘lish va qalbida shu gunohga qaytmaslik qasdini tutish bilan bo‘ladi, agar bularni qilsa, Alloh taolo uning gunohlarini kechadi. Agar farzlaridan birontasini tashlasa, u paytda tavbasi foyda bermaydi, toinki o‘sha bajarmagan ibodatini qilmagunicha, keyin pushaymon yeydi va istig‘for so‘raydi. Ammo sen bilan bandalar orasidagi gunoh shundayki, ular rozi bo‘lmasalar, tavba senga foyda bermaydi, to oralaringni ochiq qilmagunlaringcha!


Ba’zi tobe’inlardan, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: “Albatta gunohkor gunoh qilib qo‘yadi, so‘ngra gunohini kechirishini so‘rab, pushaymon qilguvchi holatida bo‘lsa, jannatga kiradi. Shayton aytadi: “Koshki men uni jannatga tushirmaganimda edi!” deb”.


Ba’zi hakimlar aytdilar: “Albatta kishining tavbasi to‘rt narsada bilinadi:


1. Tilini ortiqcha so‘zlardan, g‘iybatdan va yolg‘ondan tiymoqlikda.
2. Biron bir kishiga hasad va adovat qilmaslikda.
3. Yomonlik egalaridan ajralmoqlikda.
4. O‘limga tayyor holatda bo‘lishida, o‘tgan gunohlari uchun istig‘for so‘rashi, pushaymon qilishi va Allohning toatiga harakat qilgan holatda bo‘lishida bilinadi.

Ba’zi hakimlarga aytildi: “Tavba qiluvchining tavbasi qabul bo‘ladimi yoki yo‘qmi ekanligini bildiradigan alomatlar bormi?” Aytdilar: “Bor. Uning alomati to‘rt narsadir:


1. Yomonlik egalaridan uzilish, ularni o‘zi uchun qo‘rqinchli ko‘rishligi va yaxshilarga qo‘shilishi.
2. Gunohlarning hammasidan uzilgan bo‘lmog‘i va barcha toatlarga yuzlangan holatda bo‘lmog‘i.
3. Uning qalbidan dunyo xursandchiliginning hammasi ketmoqligi, o‘z qalbida har doim oxirat g‘amini ko‘rmoqligi.
4. Alloh taolo unga berilgan rizqni o‘z nafsidan forig‘ holatda ko‘rmog‘i va Alloh buyurgan narsalarga mashg‘ul bo‘lish holatini o‘zida ko‘rishligi. Agar yuqoridagi bu alomatlar
topilsa, u odam, shunday odamlardandirki, Alloh taolo ular haqida aytadi:
Albatta, Alloh taolo tavba qiluvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutguvchilarni sevadi(Baqara, 222).

Va uning uchun odamlarga to‘rt narsa vojib bo‘ladi:


1. Odamlar uni yaxshi ko‘rmoqligi, chunki Alloh taolo uni yaxshi ko‘radi.
2. Uning tavbasi sobit bo‘lishi uchun uni duolarda eslamoqliklari.
3. Uning oldin o‘tgan gunohlariga e’tibor qilmasliklari.
4. U bilan birga o‘tirishlari, birga dars qilmoqliklari, yordam bermoqliklari.

Alloh taolo uni to‘rt narsa bilan ikrom qiladi:


1. Alloh taolo gunohllardan uni chaqirib qo‘yadi, go‘yoki hech ham gunoh qilmagandek.
2. Uni Alloh taolo yaxshi ko‘rib qoladi.
3. Unga shaytonni ega qilib qo‘ymaydi, undan saqlaydi.
4. Dunyodan chiqarib olmasdan oldin qo‘rquvdan omon saqlamog‘i. Chunki Alloh taolo aytdi:
Albatta: “Parvardigorimiz Allohdir”, deb so‘ngra (yolg‘iz Alloh taologa toat- ibodat qilishda) to‘g‘ri-ustivor bo‘lgan zotlarnnning oldilariga (o‘lim paytida) farishtalar tushib, (derlar): “qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar. Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar! (Fussilat, 30).

Xolid ibn Ma’don aytdi: “Agar jannatga tavba qilganlar kirsalar, aytarkanlar: Rabbimiz bizga jannatga kirmasdan oldin do‘zaxdan o‘tmoqligimizni va’da bermaganmidi?” Ularga aytiladi: “Sizlar u yerdan o‘chirilgan vaqtda o‘tdingizlar”.


118. Hasan rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir xotinni zino qilganligi uchun toshbo‘ron ettirdilar, keyin unga janoza o‘qidilar. Ba’zi sahobalar Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) so‘radilar: “Yo Rasululloh, uni toshbo‘ron qildirdingiz va unga janoza ham o‘qidingiz?” Aytdilar: “U tavba qilgan edi. Agar shunga o‘xshagan ishni yetmish marta qilgandayam, Alloh taolo tavbasini qabul qilardi, (ya’ni uning tavbasi haqiqiy edi). Haqiqiy tavba qabul qilinadi. Agar o‘sha katta gunoh bo‘lsa ham”.


119. Payg‘ambarimiz (s.a.v) aytdilar: “Kimki mo‘minni fohisha ish bilan ayblasa, o‘sha odam o‘zi shu ishni qilgan kabidir. Alloh taolo o‘sha ayblovchini shu ishga tushirmay qo‘ymaydi. Kimki mo‘minni bir gunoh bilan ayblasa, u kishining o‘zi shu gunohni qilmasdan va shu bilan uyatga qolmasdan turib bu dunyodan ketmaydi”.


Faqih, Alloh rahmat qilsin, deydi: Albatta mo‘min gunohga tushmoqlikni qasd qilmaydi, unga suyanmaydi ham, chunki Alloh taolo: Sizlarga kufrni, (Alloh va Payg‘ambarga) itoatsizlikni va isyonni yomon ko‘rsatib qo‘ydi” (Hujurot, 7), deb xabar beryapti. Albatta U mo‘minlarga gunohlarni yomon qilib ko‘rsatdi. Mo‘minlar ularga suyanmaydilar, lekin ular bunga g‘aflat holatida tushib qoladilar. Ular bilan mo‘minni ayblab bo‘lmaydi, agar tavba qilgan bo‘lsa.


120. Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Agar banda tavba qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi. Uning amalidagi gunohlaridan yozilgan gunohlarini unuttiradi va uning gunoh qilgan yerini ham unutadi. Osmondagi o‘rnini ham unuttiradi, qiyomat kuni yaratgan maxluqlaridan hech narsa uning zarariga shohidlik bermasligi uchun”.


121. Ali ibn Abu Tolib, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
aytdilar: “Arshning oldida, xalqni yaratmasdan to‘rt ming yil oldin yozilgan bitik bor:

Men tavba qilgan hamda imon keltirib, yaxshi amallar qilgan, so‘ngra to‘g‘ri yo‘lga yurgan kishilarni mag‘firat etuvchidirman” (Toho, 82).





Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə