Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə20/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

sabr qil!” (Luqmon, 17.)
5. O‘zi buyurgan narsalarga amal qilmoqligi, amal qilish bilan boshqalarga ibrat bo‘lishi lozim. Ushbu oyatga rioya zarur.
Odamlarni yaxshilikka chaqirib, o‘zlaringizni unutasizlarmi?” (Baqara, 44).

99. Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Isro kechasida lablarini qaychilar bilan kesib tashlayotgan kishilarni ko‘rdim. “Ey Jabroil, ular kimlar?” deb so‘radim. Jabroil aytdi: “Ular odamlarni yaxshilikka buyurib, o‘zlarini unutgan xatiblaringiz, ular Allohning kitobini o‘qib, unga amal qilmaydilar”, dedi”.


Abu Qatodadan bizga zikr qilindi. Tavrotda yozilgan: “Ey odam farzandi! Meni eslatsang- u, o‘zing unutsang, Menga chaqirsang-u, o‘zing qochsang, bas, botildir sizlar qilayotgan narsalaringiz!”


100. Abu Muoviya Fazzoriy Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Bugun sizlar Rabbilaringiz tomonidan ravshan hujjat ustidadirsizlar. Batahqiq Alloh sizlarning yo‘llaringizni ravshan qilib berdi, agar sizlarda ikki mastlikning ko‘rinishi bo‘lmasa. Hayot mastligi va ilmsizlik mastligi. Sizlar bugun yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytarasizlar va Alloh taolo yo‘lida jihod qilasizlar, yaqinda o‘sha narsalardan o‘girilib qolasizlar, agar sizlarda dunyoni sevish ko‘paysa, yaxshi ishlarga buyurmaysizlar,


yomon ishlardan qaytarmaysizlar. Allohdan boshqasining yo‘lida jihod qilasizlar. O‘sha og‘ir kunda Alloh kitobiga oshkora va pinhona amal qiluvchi zotlarning birinchilar qatori o‘tgan muhojir va ansorlar kabi martabalari barobardir”.
101. Hasandan, Alloh rahmat qilsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kimiki dini uchun bir yurtdan ikkinchi yurtga qochsa, agar bir qadam bo‘lsa ham. Jannat uni talab qiladi va u Hazrati Ibrohim alayhissalom va Muhammad (s.a.v.) bilan rafiq bo‘ladi”. Ya’ni Ibrohim alayhissalom Xarron (Iroq)dan Shom (Suriya) yeriga hijrat qildilar, Allohning kalomida aytiladi: “(Ibrohim) aytdi: “Albatta men Parvardigorim (buyurgan tomon)ga hijrat qiluvchidirman. Albatta, uning o‘zigina qudrat va hikmat egasidir” (Ankabut, 26). Va yana Ibrohim alayhissalom aytdilar:

Albatta, men Parvardigorim (buyurgan taraf)ga ketguvchidirman, uning o‘zi meni hidoyat qilur” (Vas-saffot, 99) Ya’ni, Rabbim toatiga, Uning rizosiga ketaman, deydilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Makkadan Madinaga hijrat qildilar.


Kimning yerida fahsh-gunohlar ko‘rinsa, o‘sha kishi u yerdan Allohning rizoligini istab chiqsa, Ibrohim va Muhammad alayhissalomlarga ergashgan bo‘ladi. Oxiratda ikkovlari bilan jannatda birga bo‘ladi. Alloh taolo aytdi:


Kim uyidan Alloh va Uning payg‘ambari sari muhojir bo‘lib chiqib, so‘ng (shu yo‘lda) unga o‘lim yetsa, haqiqatki, uning ajri – mukofoti Allohning zimmasiga tushar. Alloh mag‘rifatli, mehribon bo‘lgan zotdir” (Niso, 100).

Ya’ni, kimki Allohning va rasulining toatida yo‘lga chiqib, keyin o‘lsa, uning savobi


Allohga vojib bo‘ladi.

102. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qaysi mo‘min Alloh va rasulining toatida o‘z uyidan chiqib, ulovining uzangisiga oyog‘ini qo‘ysa, agar bir qadam bo‘lsa ham yursa, keyin o‘limini topsa, Alloh taolo unga muhojirlar ajrini beradi va qaysi mo‘min o‘z uyidan Alloh yo‘lida qasd qilguvchi bo‘lib chiqsa, so‘ngra oti uni yiqitib, o‘lsa yoki urushga kirishdan oldin bir narsa chaqsa yoki qandaydir o‘limni topsa, u shahiddir. Qaysi muslim o‘z uyidan Allohning uyiga chiqsa, keyin unga yetmasdan ajali yetsa, Alloh taolo unga jannatni


vojib qiladi”.

Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Kimiki o‘z yeridan muhojir bo‘lmasa, u Allohning farzlarini ado etishga qodir bo‘lsa, o‘sha joyda turishining zarari yo‘qdir. Ularning qilayotgan gunohlarini yomon ko‘rguvchi holida bo‘ladi. Bu uzrlidir.


Abdulloh ibn Mas’uddan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: “Agar kishi munkar ishni ko‘rib, o‘zi o‘zgartirishga qodir bo‘lmasa-da, qalbida bu ishni Alloh xush ko‘rmaydi, degan e’tiqodda bo‘lsin”.


Ba’zi sahobai kiromlar, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, aytdilar: “Sizlardan birortangiz bir munkar ishni ko‘rsa, lekin uni qaytarishga qodir bo‘lmasa, uch marta: “Ey Parvardigor, bu yomon ish, bunga rozi emasman”, deb aytsin. O‘shani aytsa, amri ma’ruf va nahiy munkar qilguvchi savobini oladi”.


103. Rivoyat qilindi: Abu Umayya aytdi: Abu Sa’laba Xushniydan


Ey imon keltirganlar, o‘zlaringizni bilingizlar!” (Moida, 105) oyati to‘g‘risida so‘radim. So‘ngra aytdi: “Sen olim kishidan buning ta’vilini so‘radingmi?” Buni Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) so‘radim, u kishi aytdilar: “Ey Abu Sa’laba, yaxshilikka buyuringlar, yomon ishlardan qaytaringlar, bas, agar g‘alaba qilguvchi dunyoni va


hamma ergashgan baxillikni va har bir kishi o‘zining fikri bilan gerdayish holatini ko‘rsang, o‘zingni saqlagin, albatta, bu ishlaringizdan keyin faqat sabrdir, o‘sha kunda o‘zini saqlaganlar hozirgi amal qilguvchilardan ellik kishining ajriga barobardir”.

So‘radilarki: “Yo Rasululloh, ellikta amal qiluvchi ulardanmi (oldingilardanmi) yoki bizlardanmi?” Aytdilar: “Sizlardan ellikta amal qiluvchining ajri kabidir”.


104. Qays ibn Abu Hozim aytdi: “Abu Bakr Siddiqdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, eshitdim, u zot aytdi: “Sizlar bu oyatni o‘qiysizlar-u, uni o‘z o‘rnidan boshqa o‘ringa qo‘yasizlar: “Ey mo‘minlar, o‘zingizni bilingizlar! (Ya’ni gunohlardan saqlaningizlar.) Modomiki, haq yo‘lni tutgan ekansiz, adashgan kimsalar sizlarga zarar yetkaza olmagay. Barchangiz ham Allohga qaytguvchisizlar (Moida, 105). Va Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qaysi bir qavm, gunohlarni qilsa-yu, ularni bu ishlaridan qaytarmasalar, o‘shanda Alloh taolo hammalariga azobini beradi”.




Ibn Mas’uddan, Alloh undan rozi bo‘lsin, yuqoridagi oyatning ta’vili so‘raldi, aytdilar: “Bu zamon hozirgi zamon emas, qachon insonlarning havolari ko‘paysa, talashib-tortishishni yaxshi ko‘rsalar, har bir kishi o‘zining nafsini lozim topsin (saqlasin)!”



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə