Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə159/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

Xotinning eri ustidagi haqlari bobi hadislari

817-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. “Sahihul-jome’”ga qarang.


818-hadis. Muttafiqun alayh.
819-hadis. Zaif. “Al-majma’”ga qarang.
820-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
821-hadis. Isnodi noma’lum.
822-hadis. Sahih. Muslim, Bag‘aviy rivoyat qilgan.
YETMISH BESHINCHI BOB
NIZOLASHGANLAR O‘RTASINI ISLOH QILISH VA ARAZLASHISHDAN QAYTARISH

823. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: “Abu Ayyub Ansoriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilarki: “Musulmon kishining birodari bilan uch kundan ko‘proq gaplashmay yurishi halol emas. Uchrashib qolishganda, bittasi yuzini bir tomonga, ikkinchisi boshqa tomonga qilganlarning yaxshisi birinchi salom berganidir“.


824. Hasan Basriy (r.a.) rivoyat qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Arazlashmanglar. Agar arazlashsanglar, uch kundan oshirmanglar. Agar ikki muslim arazlashgan holda vafot etsa, ular jannatda jam bo‘lmaydi”.


825. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Allohning shunday bandalari borki, ularga qiyomat kuni nurdan minbarlar qo‘yiladi. Ular payg‘ambar ham, shahid ham emaslar. Payg‘ambar va shahidlar ularga havas qiladilar”. Sahobalar: “Ular kim, ey Rasululloh?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Ular Alloh yo‘lida do‘st tutinganlardir”.


826. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Jannat eshiklari seshanba va payshanba kunlari ochiladi. Shunda Allohga shirk keltirmagan har bir musulmon bandaning gunohi kechiriladi. Faqat birodari bilan o‘rtasida adovati bo‘lgan kishiniki kechirilmaydi. “Bu ikkalasi yarashguncha kutinglar”, deb to‘xtatib turiladi va uch kundan ortiq arazlashganlarning amali ko‘tarilganda, ortga qaytariladi”.


827. Abu Amomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “ Sha’bon oyi yarmiga yetganida kechasi Alloh dunyo osmoniga tushadi va yer ahliga qaraydi. So‘ngra yer ahlining, hammasini kofir va arazlashib gaplashmay yurganlardan boshqalarini kechiradi”.


Faqih aytdilar: “Allohning tushishi amrining tushishidir. Alloh taolo: “Bas, Alloh ular hisobga olmagan tomondan keladi”, deganida ularga buyrug‘i kelgani kabi”.


828. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Besh kishining namozi qabul emas: erining g‘azabini olgan xotinning, xo‘jayinidan qochgan qulning, birodariga uch kundan ortiq gapirmay, arazlashib yurgan kishining, davomli aroq ichuvchining va qavmi yoqtirmagan imomning”.


829. Payg‘ambar (s.a.v.): “Sizlarga Alloh yaxshi ko‘radigan va yengil bo‘lgan sadaqani aytaymi?” dedilar. Sahobalar: “Ha, ey Rasululloh”, deyishdi. Nabiy (s.a.v) aytdilar: “Bu ish birovlarning orasi uzilgan bo‘lsa, isloh qilib qo‘yishdir”.


830. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar (s.a.v.): “Namoz, ro‘za va sadaqaning darajasidan-da ulug‘roq narsaning xabarini beraymi?” dedilar. “Ha”, deyishdi. “Orasi uzilganlarni isloh qilish”, dedilar Nabiy (s.a.v.).


Sahobalardan biri (r.a.) aytgan ekan: “Kim sakkiz narsadan ojiz bo‘lsa, o‘rnini to‘ldirish


uchun unga sakkizta narsa vojib bo‘ladi:
– kim kechasi namoz o‘qishni niyat qilsa-yu, uxlab qolsa, kunduzi gunoh qilmasin;
– kim nafl ro‘zani tutishni xohlasa-yu, tutolmasa, tilini saqlasin;
– kim ulamolar fazliga yetishishni xohlasa, tafakkur qilsin;
– kim dushman bilan urushish savobini umid qilsayu, uyida o‘tirib qolsa, shaytonga qarshi jihod qilsin;
– kim sadaqa berib fazilatga erishishni xohlasayu, ojiz bo‘lsa, odamlarga eshitgan narsasidan ta’lim bersin;
kim haj yaxshiligini xohlasayu, qodir bo‘lmasa, juma namozidan qolmasin;
– kim obidlarning fazliga yetishishni xohlasa, odamlar orasini isloh qilsin, ularning orasiga dushmanlik va adovat urug‘ini tashlamasin;
– kim abdollarning fazilatini hohlasa, qo‘li ko‘kragida bo‘lsin va nafsiga rozi bo‘lgan narsasini birodariga ham ravo ko‘rsin”.

831. Ali ibn Husayn (r.a.) aytadilar: “Alloh avvalgiyu oxirgilarni to‘plaganida, nido qiluvchi: “Fazilat egalari qaerda?” deb nido qiladi. Jannatni xohlagan odamlardan bir to‘dasi o‘rnidan turadi. Farishtalar ularga ro‘baro‘ bo‘lib: “Nimani xohlaysizlar?” deydi. “Jannatni xohlaymiz”, deyishadi. Farishtalar: “Hisobdan oldin-a?!” deb so‘raydi. Ular: “Ha, oldin”, deyishadi. So‘ngra “Sizlar kimsizlar?” deb so‘raydi farishtalar. Ular: “Bizlar fazilat egalarimiz”, deyishadi. Farishtalar: “Dunyodagi fazilatingiz nima edi?” deb savol qiladi. Ular: “Agar bizlarga johillik qilinsa, halim bo‘lardik. Agar yomonlik kelsa, uni kechirib yuborardik”, deb aytishadi. Farishtalar shunda deydiki: “Jannatga kiringlar. Amal qiluvchilarning ajri naqadar go‘zal”. Keyin nido qiluvchi nido qiladi: “Sabr ahllari qaerda?” Jannatni umid qilganlardan bir to‘dasi turadi. Ularga farishtalar: “Nimani xohlaysizlar?” deydi. Ular: “Jannatni xohlaymiz”, deb aytishadi. Farishtalar: “Hisobdan


oldin-a?” deydi. Ular: “Ha”, deyishadi. Farishtalar: “Sizlar kimsizlar?” deydi keyin. “Bizlar sabr egalarimiz”, deya javob qilishadi. Farishtalar aytadi: “Sabrlaringiz nima edi?” Ular aytishadi: “Allohga ibodatda va ma’siyatlardan tiyilishda sabr qildik”. Farishtalar aytadi: “Jannatga kiringlar. Amal qilguvchilarning ajri naqadar go‘zal”. Keyin nido qiluvchi yana nido qiladi: “Uyida turib, Allohga qo‘shni bo‘lganlar qaerda?” Bir to‘da jannatni xohlaganlar turadi. Farishtalar: “Nimani xohlaysizlar?” deb so‘raydi. Ular aytishadi: “Jannatni xohlaymiz”. Farishtalar: “Hisobdan oldin-a?” deydi. Ular “Ha”, deyishadi. Farishtalar: “Sizlar kimsizlar?” deydi keyin. Ular: “Biz Allohning yeridagi qo‘shnilarimiz”, deyishadi. Farishtalar: “Sizlarning qo‘shnichiliklaringiz nima edi?” deb so‘raydi. “Bizlar Alloh yo‘lida do‘st tutinar, Alloh yo‘lida bir-birlarimizga sarflar va Alloh yo‘lida bir- birovlarimizni ziyorat qilar edik”, deyishadi. Farishtalar aytishadi: “Jannatga kiringlar. Amal qiluvchilarning ajri naqadar yaxshi”.

832. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: “Alloh taolo qiyomat kuni aytadi: “Men uchun bir-birini yaxshi ko‘rganlar qani? Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, Mening soyamdan boshqa soya bo‘lmaydigan bugungi kunda ularni O‘z soyam bilan soyalantiraman”.


Abu Umoma (r.a.) aytadilar: “Bir mil yurib borib, kasalni ko‘r, ikki mil yurib borib, birodaringni ziyorat et, uch mil yurib, ikki kishi orasini isloh qilib qo‘y”.


Anas (r.a.) aytadilar: “Kim ikki kishi orasini isloh qilsa, Alloh har bir kalimasiga qul ozod qilganlik savobini beradi”.


Abu Bakr Varroq aytadilar: “Alloh o‘z payg‘ambarini odamlarni Allohga ibodat qilishga chaqirish uchun yubordi va ulardagi to‘rtta narsa–qalb, til, a’zolar va xulqning har
biridan ikkita narsani talab qildi. Qalbdan Allohning ishlarini ulug‘lash va Uning maxluqlariga shafqatli bo‘lish; tildan Allohni har doim zikr qilish va xalqqa xushmuomala bo‘lish; a’zolarlardan Alloh taologa ibodat qilish va musulmonlarga yordam berish; xulqdan taqdirga rozi bo‘lish va odamlar bilan yaxshi hayot kechirish”.

833. Sahl ibn Abu Solih Ato ibn Yaziddan, u Tamim Doriydan (r.a.), u Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy: “Ogoh bo‘linglarki, din nasihatdir”, deb uch marta aytdilar. “Kim uchun, ey Rasululloh?” deyishdi. “Alloh uchun, payg‘ambari uchun, kitobi uchun, mo‘minlarning imomlari uchun va ularning hammalari uchun”,


deb javob qildilar.

Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a) aytadilar: “Alloh taolo uchun nasihat”, degani Allohga iymon keltirish, Unga sherik qilmaslik, U buyurgan narsani bajarish, qaytarganidan qaytish va odamlarni ham shu narsaga chaqirish va ularga uni dalolat qilishdir. “Payg‘ambar uchun nasihat” – u zotning sunnatlariga amal qilish va odamlarni unga chaqirish. “Uning kitobi uchun nasihat” esa, Qur’onga iymon keltirish, uni tilovat qilish, undagi bor narsaga amal qilib, odamlarni ham unga amal qilishga chaqirishdir. “Imomlar uchun nasihat” degani ularga qilich bilan qarshi chiqmaslik, ularni insof va adolatga chaqirish, odamlarni ham shunga da’vat qilish degani. “Hamma uchun nasihat” degani esa, o‘zi yaxshi ko‘rgan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rish, oralarni isloh qilish, odamlar bilan arazlashmaslik va ularni Islomga chaqirish, deganidir».


Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: “Mag‘firatni vojib qiluvchi narsalardan biri musulmon birodaringiz ko‘ngliga xursandchilik kirg‘izmog‘ingizdir”.


834. Muammar Zuhriydan, u kishi Humayddan, u kishi onasi Ummu Gulsum binti Uqbadan, u esa Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.): “Yaxshi gap aytib yoki yaxshi gapni qo‘shib, odamlarning orasini isloh qilgan kishi yolg‘onchi emasdir”, dedilar.


Odamlar orasini isloh qilish payg‘ambarlik ishidan bir bo‘lakdir. Odamlarning orasini buzish esa, sehrgarlik ishidan bir parchadir.




835. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Alloh nazdida qiyomat kunida savob jihatidan odamlarning afzali, Allohga yaqinrog‘i va dunyoda odamlar uchun foydalirog‘i odamlar orasini isloh qilguvchilardir”.



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə