Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə158/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

Erning xotini ustidagi haqlari bobi hadislari

811-hadis. Zaif.


812-hadis. Zaif.
813-hadis. Zaif.
814-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojjalar rivoyat qilgan.
815-hadis. Sahih. “Sahihul-jome’”ga qarang.
816-hadis. Zaif. Bazzor, Hokim rivoyat qilgan.


YETMISH TO‘RTINCHI BOB XOTINNING ERI USTIDAGI HAQQI

817. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: “Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambardan (s.a.v.): “Qaysi mo‘minlarning iymoni mukammalroq?” deb so‘rashdi. Nabiy (s.a.v.): “Ahllari bilan yaxshi xulqda bo‘lganlari”, deb javob qildilar“.


818. Ibn Umar (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Hammalaringiz boshliqsiz va hammalaringiz qo‘l ostingizdagilardan so‘ralasiz. Odamlarga boshliq bo‘lgan imom raiyatidan mas’uldir. Ahliga boshliq erkak ahlidan mas’ul, qul xo‘jayinining moliga boshliq va undan so‘raladi, xotin erining uyiga boshliq va u qo‘l ostidagi narsalardan so‘raladi. Ogoh bo‘linglarki, hammalaringiz boshliqsizlar va hammalaringiz qo‘l ostidagi narsasidan so‘raluvchisizlar”.


819. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim bir xotinga mahri misl (odatdagi mahr) bo‘yicha uylansa-yu, mahr bermaslikni niyat qilsa, u zinokordir. Kim birovdan qarz so‘rab, qaytarmaslikni niyat qilsa, u o‘g‘ridir”.

820. Hasan Basriy (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Xotinlar bilan yaxshi muomalada bo‘linglar. Chunki ular sizlarning oldlaringizda yordamchi, nafslari uchun hech narsaga molik emaslar. Ularni Allohning omonati, deb olingizlar. Avratlarini Alloh taoloning so‘zi bilan o‘zingizga halol qildingizlar”.


Faqih aytadilar: “Xotinning er ustidagi haqqi beshtadir:


1. Uning satrdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik. Chunki ayol avratdir. Ayolning satrdan chiqishi gunoh va erkaklik g‘ururining toptalishidir.
2. Unga tahorat, namoz va ro‘za kabi zarur ilmlarni o‘rgatish.
3. Uni haloldan ovqatlantirish. Chunki go‘sht haromdan o‘ssa, olov bilan eriydi.
4. Unga zulm qilmaslik. Chunki ayol er uchun omonatdir.
5. Agar xotin haddidan oshsa, bundan ham yomonroq holatga tushib qolmasligi uchun unga nasihat qilish”.

Zikr qiladilarki, bir kishi Umar ibn Xattob oldlariga xotinidan shikoyat qilish uchun keldi. Eshikning oldiga yetganida xotini Ummu Gulsumning u kishiga qattiq gapirgani eshitildi. Haligi kishi: “Men xotinimdan shikoyat qilish uchun kelgan edim. Bu kishida ham menga o‘xshash g‘am bor ekan”, deb o‘ylab, ortiga qaytdi. Umar (r.a.) uni ko‘rib qoldilar-da, chaqirdilar va nima uchun kelganini so‘radilar. Haligi kishi: “Xotinimdan shikoyat qilish uchun keluvdim, ammo xotiningizning so‘zlarini eshitib, ortga qaytdim”, dedi. Shunda Umar (r.a.) aytdilar: “Menda uning haqqi bo‘lgani uchun qilmishlarini kechib yuboraman. Avvalo, u men bilan do‘zax orasini to‘sadi, u tufayli qalbim haromni xohlamaydi. Ikkinchidan, u mening xazinabonim, agar uydan chiqsam, qo‘riqchimdir. Uchinchidan, u mening kiyimlarimni yuvib, tozalaydi. To‘rtinchidan, u farzandlarimni tarbiya qiladi. Beshinchidan, u men uchun non pishiradi, ovqat tayyorlaydi”. Keyin haligi kishi: “Meniki ham sizniki kabi, siz kechibsiz, men ham kechiraman”, dedi.


821. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Aytdilarki: “To‘rt xil nafaqasi (sarf-xarajati) uchun banda qiyomat kuni hisob bermaydi: ota-onasiga qilgan nafaqasi, saharlik uchun qilgan nafaqasi, iftorlik uchun qilgan nafaqasi, oilasiga qilgan nafaqasi”.




822. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Dinorlar (pullar) to‘rtta: Alloh yo‘lida infoq qilgan dinoring, miskinlarga bergan dinoring, qulni ozod etishga bergan dinoring va ahlingga infoq qilgan dinoring. Dinorlarning ajri ulug‘rog‘i ahlingga infoq qilgan dinoringdir”.



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə