Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I


 Quyidagi fikrlardan qaysi biri noto’g’ri?



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə54/117
tarix18.01.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#98753
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   117
04.масалалар туплами

20.  Quyidagi fikrlardan qaysi biri noto’g’ri?
a)Korporatsiya - paychilikka asoslangan jamiyat bo’lib, har bir mulkdor mas’ulyati ushbu korxonaga qo’shgan hissasi bilan cheklanadi;
b) foyda olmaydigan tashkilotlar - maschit, kasalxona, kollejlar, barcha kasaba uyushmalari va xayriya jamiyatlari;
v) al’ternativ xarajatlar - firmaning resurslaridan eng yaxshi variantdan foydalanishi bilan bog’liq yo’qotilgan imkoniyatlardir;
g)firma – bu ishlab chiqarish resurslari egalarining qarorlarini va manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi insitutsional tuzilma hisoblanadi;
d) to’g’ri javob yo’q;
21.  Umumiy xarajatlar TC=S3-90S2+2700S+75 ko’rinishida berilgan ishlab chiqarish hajmi(S) qancha bo’lganda chekli xarajat minimal bo’ladi?
a)80 ta;
b) 90 ta;
v) 30 ta;
g)50 ta;
d) to’g’ri javob yo’q.
VII BOB. MUKAMMAL RAQOBATLASHGAN BOZORDAGI FIRMA HARAKATI
Asosiy tushunchalar
Daromad (revenue, yalpi daromad, TR)– sotilgan tovar miqdorini narxga ko’paytirilganiga teng. Mahsulotlarni sotishdan tushgan tushum.
O’rtacha daromad (average revenue) – Bir birlik mahsulotni sotishdan kelgan daromadga aytiladi.
CHekli daromad ((marginal revenue -) - bu qo’shimcha bir birlik ne’matni sotish natijasida umumiy daromadning o’sgan qismi , ya’ni:
Foyda (buxgalteriya) – mahsulotni sotishdan tushgan tushumdan ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan yalpi xarajatni (tashqi xarajatni) ayrilganiga teng.
Maksimal foyda olish sharti: MR  MC.
Raqobatlashgan bozorda maksimal foyda olish sharti: MCP.
Raqobatlashuvchi firmaning zararsiz ishlash nuqtasini ifodalovchi shart: .
Qisqa muddatli oraliqda firma kapitali razmeri o’zgarmaydi, shuning uchun u foydani maksimallashtiradigan o’zgaruvchan ishlab chiqarish omillari hajmini tanlashi lozim bo’ladi. Ma’lumki, foydani maksimallashtirish bu umumiy daromad bilan umumiy xarajatlar ayirmasini maksimallashtirish demakdir, ya’ni:.
Agar abtsissa o’qi bo’yicha ishlab chiqariladigan mahsulot hajmini, ordinata o’qi bo’yicha - umumiy daromadni joylashtirsak, daromadning masulot hajmiga bog’liqligi koordinata boshidan chiquvchi nur bilan ifodalanadi. Umumiy xarajatlar esa o’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlar yig’indisidan hosil bo’ladi.
7.1-rasmdagi grafikdan ko’rish mumkinki, ishlab chiqarish hajmi kichik bo’lganda, firma foydasi manfiy bo’ladi, firma zarar bilan ishlaydi, firmaning daromadi o’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlarni qoplash uchun etarli emas. Ishlab chiqarish hajmi oshib borishi bilan firmaning foydasi musbat bo’lib oshib boradi va ishlab chiqarish hajmi S2 ga teng bo’lganda daromad TR(S) bilan umumiy xarajat TC(S) o’rtasidagi farq maksimal bo’ladi (7.1-rasm bu MN). Demak, foyda ishlab chiqarish hajmi bo’lganda maksimallashadi (7.1-b -rasm). Ishlab chiqarish hajmi dan oshganda umumiy xarajatlarning o’sishi daromad o’sishiga nisbatan ustunroq bo’lgani uchun foyda kamayib boradi. Rasmdan ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarish hajmi S1 gacha bo’lganda firma zarar bilan ishlaydi, nima uchun deganda . Firma S1 va oraliqda foyda oladi va bu foyda ga qadar oshib, ishlab chiqarish hajmi ga teng bo’lganda maksimal qiymatga erishadi. N nuqtada daromad chizig’ining burchak koeffitsienti (chekli daromad ) umumiy xarajat chizig’ining burchak koeffisientiga (chekli xarajatiga ) teng .
SHunday qilib, firmaning chekli daromadi bilan chekli xarajati bir-biriga teng bo’lganda foyda maksimal qiymatga erishadi. foydani maksimallashtirish sharti bo’lib, firma qaysi bozorda (raqobatlashgan, monopol, oligopol) faoliyat ko’rsatmasin, u o’z kuchini saqlab qoladi.
Yuqoridagi mulohazalardan shu kelib chiqadiki, agar bo’lganda, firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishi kerak (har bir qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy foydani oshirib boradi), agar bo’lsa – ishlab chiqarish hajmini qisqartirish kerak bo’ladi.
CHekli mahsulot qoidasiga ko’ra firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini chekli daromad bilan chekli xarajatni tengligini ta’minlaydigan darajada ushlab turishga harakat qiladi .
Ishlab chiqarishni to’xtatish qoidasiga ko’ra firmaning iqtisodiy foydasi har qanday ishlab chiqarish hajmida noldan kichik bo’lsa, ya’ni raqobatlashgan bozordagi narx o’rtacha o’zgaruvchan xarajatdan kichik bo’lsa (7.2-rasmda V nuqta), firma yopiladi (ushbu bozordan ketadi, faoliyatini tugatadi). V nuqta firmaning yopilish nuqtasi hisoblanadi.
Yuqoridagi qoidalar firma uchun umumiy harakterga ega. Firma qaysi bozorda faoliyat ko’rsatishidan qat’iy nazar ushbu qoidalar o’z kuchini saqlaydi.
7.2-rasmda A nuqta firmaning zararsiz ishlash nuqtasi deyiladi, bu nuqtada bo’lib, firma zarar ham ko’rmasdan, foyda ham olmasdan ishlashini ifodalaydi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə