Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I


Raqobatlashgan firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklifi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə55/117
tarix18.01.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#98753
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   117
04.масалалар туплами

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Javob
Raqobatlashgan firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklifi. Firmaning taklif chizig’i har bir mumkin bo’lgan narxlarda firma qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarib taklif qilishini ifodalaydi. Yuqorida ko’rdikki, firma mahsulot ishlab chiqarishni narx chekli xarajatga teng bo’lgunga qadar oshiradi va narx o’rtacha o’zgaruvchan xarajatdan kichik bo’lsa, ishlab chiqarishni to’xtatadi (firma yopiladi). Demak, firmaning noldan yuqori hajmdagi ishlab chiqarish taklif chizig’i chekli xarajatning o’rtacha o’zgaruvchan xarajatning minimumidan yuqorida yotgan qismi bilan ustma-ust tushadi (7.3-rasm, chekli xarajat chizig’ining A nuqtadan yuqori qismi). minimumidan yuqori bo’lgan har qanday narx da foydani maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi ni grafik orqali aniqlashimiz mumkin) (7.3-rasm).
Raqobatlashgan bozorda narxning oshishi bozordagi firmalarni ishlab chiqarish hajmini oshirishga undaydi, shuning uchun ham raqobatlashgan firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklif chizig’i o’suvchi bo’ladi.
1. Mukammal raqobatlashgan firmaning umumiy xarajatlar funktsiyasi TC=0.5×S3-15×S2+300×S+250 000 ko’rinishida bo’lsa. Tovarning narxi necha so’mni tashkil etsa, firma o’z faoliyatini to’xtatadi?
Echimi:
Qisqa muddatli oraliqda narx o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlarning minimumidan past bo’lsa firma yopiladi, ya’ni PO’rtacha xarajatlarni topsak AVC=(0.5S3-15S2+300S)/S=0.5S2-15S+300
AVC ni minimumini topish uchun undan hosila olib 0 ga tenglashtiramiz:
S-15=0 bundan S=15:
Min AVC=AVC(15)=0.5×225 -225 +300 = 187.5
Javob: Narx P<187.5 bo’lganda firma yopiladi.
2. Qisqa muddatli oraliqda raqobatlashuvchi firmaning umumiy xarajatlari funktsiyasi TC=0.2S2+4S+80 ko’rinishida berilgan, bu yerda S ishlab chiqarish hajmi, ming dona hisobida. Firma mahsulotining bozor narxi 12 $ ga teng bo’lganda firmaning maksimal foydasi aniqlansin.
Echimi:
CHekli xarajatlar funktsiyasini aniqlash uchun umumiy xarajatlar funktsiya sidan birinchi tartibli hosila olamiz TCo=MC=0.4S+4. Qisqa muddatli oraliqda raqobatlashayotgan firma maksimal foydaga P=MC da erishadi, bizda bozor narxi 12$ ga teng. 12=0.4S+4 bundan S=20 ni topamiz.
Firma foydasi π=TR-TC=12×20-(0.2×202+4×20+80)=240-240=0

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə