Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I


Qisqa muddatda firmaning o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlari egri chizig’i ishlab chiqarishning shunday hajmida minimal bo’ladiki, bunda



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə52/117
tarix18.01.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#98753
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   117
04.масалалар туплами

4.Qisqa muddatda firmaning o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlari egri chizig’i ishlab chiqarishning shunday hajmida minimal bo’ladiki, bunda;
a) o’rtacha mahsulot maksimal bo’lishi kerak;
b) doimiy xarajatlar minimal bo’lishi kerak;
v) chekli xarajatlar o’sa boshlaydi;
g) o’rtacha umumiy xarajatlar maksimal bo’lishi kerak;
d) to’g’ri javob keltirilmagan.
5.Ishlab chiqarishning har qanday hajmida firmaning umumiy xarajatlari:
a)o’rtacha umumiy xarajatlardan o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlarni ayirmasiga teng;
b) o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlarni ishlab chiqarish hajmi ko’paytmasiga teng;
v) umumiy o’rtacha xarajatlarning ishlab chiqarish hajmi ko’paytmasiga teng;
g)doimo bir xil;
d) to’g’ri javob yo’q.
6.O’rtacha umumiy xarajatlar bu:
a) umumiy doimiy xarajatlar va o’zgaruvchan xarajatlar yig’indisini ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdoriga nisbatidir;
b) AFC – AVC;
v) TC ni doimiy birligiga nisbatidir;
g) ATC – AFC;
d) to’g’ri javob keltirilmagan.
7.Uzoq muddatli o’rtacha xarajatlar egri chizig’i:
a) umumiy ishlab chiqarishning umumiy xarajatlarga nisbatini ko’rsatadi;
b) o’zida ishlab chiqarish omillarining doimiy proportsiyasini ifodalaydi;
v) har bir ishlab chiqarish hajmi uchun eng kam xarajatlar prinsipini ifodalaydi;
g) kamayib boruvchi unumdorlik qonuniga binoan doimiy kamayib boradi;
d) to’g’ri javob keltirilmagan.
8.Qisqa muddatli oraliqda foydani maksimal yoki xarajatlarni minimallashtiruvchi raqobatlashgan firma o’z faoliyatini quyidagi hollarda to’xtadi:
a) mahsulotning bahosi o’rtacha doimiy xarajatlardan past bo’lganda.
b) mahsulotning bahosi o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlardan past bo’lganda.
v) mahsulotning bahosi chekli xarajatdan past bo’lganda.
g) umumiy daromad umumiy xarajatlarni qoplashga etmay qolayotganda.
d) to’g’ri javob yo’q.
9.Uzoq muddatli oraliqda foydani maksimallashtirish yoki xarajatlarni minimallashtirishga harakat qilayotgan raqobatlashuvchi firma ishlab chiqarishni to’xtatishga majbur, agar:
a)  o’rtacha umumiy xarajat chekli xarajatdan kichik bo’lganda;
b)  mahsulotning bahosi chekli xarajatdan past bo’lganda;
v) tushum umumiy xarajatlarni qoplay olmasa;
g)  chekli xarajat o’rtacha o’zgaruvchan xarajatdan oshib ketsa;
d) to’g’ri javob yo’q.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə