Milliy universitetining jizzax filiali


Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, atesstatsiya va nazorat qilish



Yüklə 26 Kb.
səhifə4/4
tarix13.12.2023
ölçüsü26 Kb.
#149578
1   2   3   4
1-MI. Korxonalar iqtisodiyoti

4. Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, atesstatsiya va nazorat qilish
Mahsulot sifati muammosiga tegishli masalalardan biri standartlashtirishdir.
Standartlashtirish - standartlarni belgilash va qo‘llash jarayoni. U normal ijodiy faoliyat bo‘lib, sifatning optimal ko‘rsatkichlarini, mahsulotning parametrik qatorlarini, nazorat qilish, sinash usullari va hokazolarni ishlab chiqishni va qat’iy belgilashni o‘z ichiga oladi.
Standartlashtirish - bu mahsulot sifatini boshqarishning tashkiliy va normativ asosi hisoblanadi. U barcha normalarni standart, instruksiya, mahsulotni asoslash uchun kerakli shartlar usuli kabi hujjatlarda aks ettiradi.
Standartlashtirishning eng muhim ahamiyati shundaki, u ishlab chiqarishning rivojlanish sur’ati va darajasiga zaruriy ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun esa standartlash fan va texnika hamda amaliy tajribalarning oxirgi yutuqlariga tayanadi.
O‘zbekistonda standartlashtirish milliy iqtisodiyotni boshqarish va tashkil etish bilan chambarchas bog‘liqdir. Standarlashning asosiy, eng muhim vazifasi iqtisodiyot, aholi, mamlakat mudofaasi uchun tayyorlanadigan mahsulotlarga yuqori talablar belgilovchi normativ-texnik hujjatlar tizimini yaratish hamda ushbu hujjatdan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishdan iborat.
O‘zbekiston standartlash tizimi xalqaro, regional va milliy tizimlar bilan uyg‘unlashishi kerak va quyidagilarni ta’minlashi lozim:
-sifat va mahsulot nomenklaturasi, xizmat va jarayonlar, insonlarning hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha iste’molchilar va davlat manfaatlarini;
-mahsulotning mos kelishining o‘zaro almashuvi, ya’ni bir-birini almashtira olishini;
-inson va moddiy resurslarni tejashga ko‘maklashish hamda ishlab chiqarishni iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashni;
-ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va yirik loyihalarning normativ-texnik bazasini yaratishni;
-ishlab chiqarishda va savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etishni dunyo bozorida mahsulot raqobatbardoshligini, xalqaro mehnat taqsimotida samarali qatnashishini va h.k.larni ta’minlashi kerak.
Standartlashtirish bir qator tamoyillarga asoslanadi:
-tarmoqlanish - bir xil umumiy xususiyatga ega bo‘lgan narsalar, jarayonlar, munosabatlar, tatbiq etish mumkin bo‘lgan obyektlar doirasini aniqlaydi;
- variantlilik - oqilona xilma-xillik, rang-baranglikni yaratish - standartlashgan obyektga kiruvchi standart elementlarning oqilona turlari minimumini ta’minlaydi;
-tizimlilik - standartga tizim elementi sifatida qaraydi;
- o‘zaro almashuvchanlik - texnikaga muvofiq turli vaqt-makonning turli nuqtalarida tayyorlangan bir xil detallarni yig‘ish yoki almashtirishni nazarda tutadi.
Standart inglizcha «standard» so‘zidan olingan bo‘lib, norma, namuna, o‘lcham ma’nosini bildiradi. U boshqa obyektlarni taqqoslash uchun dastlabki obyekt deb qabul qilingan namuna, etalon, model, standartlanadigan obyektga qo‘yiladigan va vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlangan normalar, qoidalar, talablarni belgilovchi normativ-texnik hujjat. Standart inson faoliyatining barcha sohasiga, ilm-fanga, texnikaga, sanoat, qishloq xo‘jaligiga, qurilishga, transport va aloqaga, ta’lim va boshqa sohalarga taalluqlidir.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasining Davlat standartlash tizimi (DST) shakllandi va u O‘zbekistonda standartlar tuzish, Izohlash va tarqatish jarayonlarini tartibga keltirdi.Bu borada O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart») olib borayotgan keng ko‘lamli ishlarni alohida e’tirof etish joiz. «O‘zstandart» agentligi bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotning sifat darajasini belgilovchi, ko‘rsatkichlar raqobatdoshligini ta’minlovchi, ishlab chiqaruvchilarga yetarli miqdorda axborotlar yetkazib beruvchi markazdir.
«O‘zstandart» agentligi tomonidan ishlab chiqilgan «Sifat menejmenti va mahsulotlarni sinash» tizimi mahsulot sifat ko‘rsatkichini baholash bilan birga me’yoriy hujjatlar asosida to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lish talablarini o‘rnatadi. Davlat standartlash tizimi (DST) beshta asosiy standartlarni o‘z ichiga oladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish tizimi. Asosiy qoidalar;
2. Tarmoq standartlari.
3. Texnik shartlarni kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi;
4. Korxonaning standartlari. Umumiy qoidalar.
5. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan Xalqaro standartlashtirishning roli, ahamiyati beqiyos darajada kuchaydi. Chunki, xalqaro standartlashtirish ilmiy-texnika va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga katta imkoniyat yaratadi. Ular xalqaro aloqalarni kengaytirishga, mavjudlarini takomillashtirishga yordam beradi. Hozirgi kunda jahonda 400 dan ortiq Xalqaro va regional (hududiy) tashkilotlar mavjud (2000 yil). Standartlashtirish sohasida yirik xalqaro tashkilotlar – BMTga qarashli Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeEKOON), standartlashtirish bo‘yicha Xalqaro tashkilot (ISO) ishlab turibdi.
Mahsulot sifati nazariyasi va amaliyotida mahsulotni sertifikatlashtirish masalasi muhim o‘rin tutadi. Mahsulotni sertifikatlashtirish, uning aniq belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash usullaridan biri hisoblanadi.
Mahsulot yoki bajarilgan ishning belgilangan talablarga muvofiqligiga oid faoliyat uchun tegishli hujjat beriladi. Uni «sertifikat» deb ataydilar.
Sertifikat lotincha «certificatis» so‘zidan olingan bo‘lib, tasdiqlangan degan ma’noni bildiradi. Birinchidan, u biror faktni tasdiqlovchi hujjat (masalan, malaka oshirilganligi to‘g‘risidagi hujjat); ikkinchidan, maxsus obligatsiyalar va aksiyalarning nomi; uchinchidan, sug‘urta shartnomasida uning shartlari yoziladigan hujjat; to‘rtinchidan, maxsus idoralar (savdo palatasi, Davlat inspeksiyasi va boshqalar) beradigan va mahsulot, tovar, buyum, mol sifatini tasdiqlaydigan hujjat; beshinchidan, qishloq xo‘jaligida urug‘lik navini va sifatini tasdiqlaydigan hujjat. Sertifikat bo‘lmagan taqdirda urug‘lik (oddiy) navsiz don sifatida qabul qilinadi.
Respublikada sertifikatlash ishlarini yaxshilash maqsadida 1993 yilning 28 dekabrida Oliy Majlis tomonidan «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan. Mazkur qonun sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek, majburiyatlar va javobgarliklarni belgilab beradi. Ushbu qonun 4 ta bob va 23 moddadan iborat bo‘lib, ularda Umumiy qoidalar, sertifikatlashtirish faoliyatiga doir umumiy talablar, mahsulotlarni majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish, nizolarni qarab chiqish, sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlik masalalari bayon etilgan.

Xulosa
Mahsulot sifati sanoat ishlab-chiqarish xo‘jalik faoliyatining asosiy, eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Mahsulot sifati mahsulotning iste’mol xususiyatlari majmui bo‘lib, uning iqtisodiyot va aholining muayyan ehtiyojlariga yaroqliligini ifodalaydi.
Mahsulot sifati tayyorlangan mahsulotning mustaqilligi, qulayligi, ishonchliligi, chidamliligi, tejamkorligi, go‘zalligi va boshqa bir qator xususiyatlari bilan belgilanadi. Shu sababli mahsulot sifatini yaxshilash jamiyatga juda katta samara keltiradi: mablag‘larni tejaydi, tannarxni kamaytirish, foydani ko‘paytirish va shu asosda mamlakat xazinasini to‘ldirishga imkon beradi.
Mahsulot sifatini yaxshilash va uning raqobatbardoshliligini ta’minlash davlat siyosatining eng muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Shu sababli Oliy Majlis qonunlarida, Prezident farmonlarida va hukumat qarorlarida mahsulot va ish sifatini oshirishga alohida e’tibor berilib, ularda barcha turdagi mahsulotlarning texnik darajasi, tejamliligi va sifati oshirilsin deyiladi, yangi o‘zlashtiriladigan mahsulotlar o‘zining sifat va texnik-iqtisodiy xarakteristikalari jihatidan jahon fan-texnika va texnologiyasi erishgan ilg‘or yutuqlarga mos boshqa bir qator ko‘rsatmalar berilgan.
Mahsulot sifati muammosiga tegishli masalalardan biri standartlashtirishdir. Yana bir muhim masala – sertifikatlashtirishdir. Bu ikki faoliyat fan-texnika, amaliy tajribalarning oxirgi yutuqlariga tayangan holda ishlab chiqarish rivojiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Mahsulot sifati oshirilishini attestatsiya qilish va rag‘batlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Mahsulot sifatini moddiy rag‘batlantirishda mahsulotning bir me’yorda ishlab chiqarilishi ko‘rsatkich sifatida e’tiborga olinishi lozim.


Foydalanilgan adabiyotlar


  1. Muminov N.G. Industrial iqtisodiyot: Darslik. I qism / T.: “Tafakkur-bo‘stoni” nashriyoti, 2020

  2. Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006

  3. arxiv.uz sayti

  4. fayllar.org sayti

Yüklə 26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə