Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment


Personalni rivojlantirish



Yüklə 98,64 Kb.
səhifə7/15
tarix01.03.2023
ölçüsü98,64 Kb.
#101730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Personalni boshqarishda horij tajribalari

Personalni rivojlantirish — ishchi kuchi sifatini oshirishga qaratilgan.
Ishchi kuchi sifati iqtisodiy kategoriya sifatida insonning mehnatga layoqatini shakllantirish va rivojlantirish yuzasidan shaxs va jamiyat, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlarni hamda ushbu munosabatlarning ishlab chiqarish faoliyatida namoyon etish darajasini ifoda etadi.

1.-chizma. Ishchi kuchi sifat tarkibining o‘zaro bog‘liqligi
Mehnat jarayonida namoyon bo‘ladigan inson xususiyatlari muayyan tarkibni tashkil etadi. Quyidagilar bu tarkib bo‘laklaridir:
— qiziqish (motivatsiya)3 xususiyatlari;
kasbiy-malaka xususiyatlari;
— aqliy (intellektual) xususiyatlar;
— nufus (demografik) xususiyatlari, salomatlik. Ushbu xususiyatlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib bevosita ishchi kuchiga, sifatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bugungi kunda taraqqiy etgan barcha kompaniya va firmalarda ishchi kuchi sifatini oshirishga nihoyatda katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, AQSHning «Motogolla» korporatsiyasi mutaxassislar va menejerlar tayyorlash hamda malakasini oshirish uchun o‘quv markazlari keng tarmog‘i bilan birgalikda o‘z texnika universitetiga ham ega. So‘nggi o‘n yil ichida korporatsiyaning kadrlar tayyorlash uchun sarf xarajatlari 7 milliondan 120 million dollarga yetdi.
Germaniyada ishlab chiqarishda band bo‘lgan har bir ishchi va mutaxassis kamida ikki yilda bir marta turli kurslarda o‘z malakasini oshiradi. Ushbu jarayonning asosiy tashkilotchilari korxonalardir. Ular xodimlar malakasini oshirish uchun xarajatlarning yarmidan ko‘prog‘ini o‘z mablag‘lari hisobidan qoplaydilar. Buning uchun ular o‘zlarining o‘quv markazlaridan, shuningdek, boshqa kompaniya va firmalar bilan birgalikda tashkil etilgan o‘quv markazlaridan foydalanadilar. Germaniyaning «Siemens» elektrotexnika konserni 82 ming nafar xodimni jalb etish qobiliyatiga ega bo‘lgan 8 mingta malaka oshirish dasturlariga ega.
Fransiyada 1984-yildayoq, «Davlat va firmalar o‘zidagi kadrlar tayyorlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan. Bu yerda personalni tayyorlash strategiyasini ishlab chiqishda firmalarning ishlab chiqarish kengashlari va kasaba uyushmalar jalb etilgan.
AQSHda ham, 1982-yilda «Kadrlarni o‘qitish va qayta tayyorlashni tashkil etishda mahalliy hokimiyat organlarining korporatsiyalar bilan sherikligi to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan.
Umuman, hozirgi vaqtda ishchi kuchi sifati nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Globallashuv, jahon bozoridagi o‘ta keskin raqobat personalning yuqori malakaga ega bo‘lishini talab etmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda yuqori malakaga ega ishchilar AQSHda jami ishchilarning 45, Germaniyada esa 55 foizini tashkil etmoqda.

2.2 .Personal faoliyatini maqsadlarga erishish bo’yicha baholash


Bunda korxona va xodim maqsadlari bir-biriga muvofiq bo’lib, yagona tizimga birlashgan taqdirdagina ushbu baholash samarali bo’lishi mumkin. Ana shunday tizim korporativ rivojlanish jarayonida xodimdarning shaxsiy mas’uliyati va ularni rag’batlantirish tizimi bilan o’zaro bog’liqbo’lishini taqozo etadi.

Yüklə 98,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə