Miofibrilla – kontraktil oqsil birikmalari mavjud. Miozin – yo’g’on oqsil- soni 1500lar atrofida, aktin



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə5/6
tarix04.06.2022
ölçüsü2,26 Mb.
#88708
1   2   3   4   5   6
Mushak fiziologiyasi

Mushakning charchashi- umumiy va periferik bo’ladi.
Umumiy mushak charchashi nerv bilan innervatsiya qilinishiga bog’liq bo’lsa, periferik mushak charchashida metabolic jarayonlar muhim ahamiyatga ega. Muskul uzoq vaqt ish bajargandan keyin unda metabolitlar yetishmovchiligi kuzatiladi.Muskul charchashida Na va K ion nasosining ish faoliyati susayishi asosiy mexanizm hisaoblanadi.Ish bajarayotganda odam qon plazmasida adrenalin va noradrenalin miqdori ortadi .Natijada Na va K nasosi aktivlanadi.Mana shu jarayon ham mushak charchashini oldini oladi. Atf yetishmovchiligi bilan bog’liq jarayonlarda kontraktura kelib chiqadi. Mexanizmi quyidagicha, muskul qisqargan vaqtda ko’plab miozin boshchalari aktin bilan bog’langan bo’ladi va ular ajralishi uchun ATF energiyasi kerak . ATf yetishmovchiligida miozin aktindan ajrala olmay qoladi va natijada kontraktura , ya’ni mushak bo’shasha olmay qolish holati kuzatiladi. Odam o’lgandan keyin tanasining qotib qolishi mana shunga bog’liq bo’ladi.

SILLIQ MUSHAK

Ko’ndalang –targ’il mushak kabi aktin va miozinga ega ,undan farqli troponin sistemasi mavjud emas. SRga ega ,biroq T-naycha o’zgarishga uchragan bo’lib kaveolani hosil qiladi. Skelet mushaklari neyronala yo’l bilangina boshqarilsa silliq mushaklar esa neyronal va gormonal yo’llar bilan ham boshqariladi. Gormonla boshqarishda G oqsillari muhim o’rin tutadi.


Qo’zg’alish va qisqarish.
Silliq mushakda qisqarish yuzaga kelishida Ca “kalit” hisoblanadi. Ca kons. oshganda kalmodulin oqsili bilan birikadi va Ca kalmodulin kompleksi miozin –kinaza fermaentini aktivlaydi. MIozin-kinaza vazifasi miozinga birikkan ATF ni fosforillab ADF va Fosfat kis-a hosil qilish. Silliq mushaklarda ham skelet mushaklari kabi kesishgan ko’prik mexanizmida aktin-miozin bog’lanadi va muskul qisqaradi, lekin, bu jarayon skelet mushaklariga nisbatan sust bo’ladi.
Silliq mushakning relaksatsiyasi. Relaksatsiya miozin fosfataza aktivlanishi bilan bog’liq. Hujayra membranasida HP generatsiyasini to’xtatilishi Ca ionlari konsentratsiyasini SR da kamayib ketishiga sabab bo’ladi.Ca ionlari Ca ATFaza va Na/Ca almashtiruvchi oqsillar yordamida aktiv ravishta sarkolemmadan SR ga tashiladi. Ca konsentratsiyasini kamayishi miozin fosfatazani miozin boshchasini defosfarillashiga imkon beradi, natijada kaktin –miozin bir –biridan ajraladi va muskul bo’shashadi.

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə