Miofibrilla – kontraktil oqsil birikmalari mavjud. Miozin – yo’g’on oqsil- soni 1500lar atrofida, aktin



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə2/6
tarix04.06.2022
ölçüsü2,26 Mb.
#88708
1   2   3   4   5   6
Mushak fiziologiyasi

Aktin molekulalari uzun qo’shaloq spiral shaklida bo’lib, globulyar birliklarning ikki zanjiridan iborat. Globulyar molekulalari- G- aktin, zanjirsimon ko’rinishdagisi- F aktin.F-aktin 200 monomerdan iborat . G – aktin 4ta subdomendan iborat bo’lib , uning 3-va 4- subdomenlari( ular yirik) F – aktin bilan bog’lanish vazifasini o’tasa,1- va 2- subdomenlari G- proteinning periferik qismida joylashib, aktinni miozin bilan bog’lanuvchi foal ,ya’ni aktiv zonasini hosil qiladi. Tinch holatda bu qism troponin va tropomiozin kompleksi bilan berkitilgan holda turadi.
Tropomiozin- tinch holatda G- aktinni aktiv qismini berkitib turadi. Tropomiozin aktin bilan elektrostatik bog’lanishlar orqali bog’langan .Ca ionlari uni aktinga nisbatan harakatchan qiladi , elektrostatik bog’lanishni uzadi va miozin kesishgan ko’prigi bilan aktinni bog’lanishi uchun aktiv zonani ochadi , bu vaqtda qisqarish sodir bo’ladi. Tropomiozinni aktinga nisbatan harakatchaligini troponin boshqaradi.
Troponin- 3ta kichik subbirliklardan iborat:
Troponin-C _ Ca ionlarini biriktiruvchi qismi ;
Troponin –T - Tropomiozin – troponin kompleksihosil bo’lishida ahamiyatli, Ca ionlari ta’sirida tropomiozinni aktinga nisbatan harakatchanligini ta’minlab, muskul qisqarishiga sharoit yaratadi.
Troponi –I ___ aktinning aktiv sayti bilan miozin boshlarini aloqa qilmasligini ta’minlaydi.



Mustahkamlovchi oqsillar
Alfa – actinin ___ Z liniyadagi aktinlarni o’zaro bog’lab turadi.
Titin- mushakning cho’ziluvchaligini va elastikligini ta’minlab beradi. Ikki Z- liniyalar orasida joylashgan.
Nebulin- cho’zilmaydigan filament , bir uchi Z liniyadagi alfa- aktinin bilan bo’g’lansa , bir uchi troponin- tropomiozin kompleksi bilan bog’langan bo’ladi.
Distrofin- glikoproteidlar komplekslaridan iborat filament.Miofibrilla mustahkamliligini va kuchini ta’minlaydi. Distrofin aktinni sarkolemmada joylashgan ikkita alfa va betta oqsili bilan bog’lovchi sterjen hosil qiladi. O’z navbatida bu oqsillar bazal qavatda joylashlagan laminin molekulasining merozin subbirligi bilan bog’langan. Distroglikanlar o’znavbatida transmembran glikoproteid komplekslari bilan bog’langan,ular sarkoglikan tarkibli alfa, betta, gamma, delta


Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə