Miofibrilla – kontraktil oqsil birikmalari mavjud. Miozin – yo’g’on oqsil- soni 1500lar atrofida, aktin



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə3/6
tarix04.06.2022
ölçüsü2,26 Mb.
#88708
1   2   3   4   5   6
Mushak fiziologiyasi

Sarkotubulyar sistema
T naychalar( sistema) va longitudinal sarkoplazmatik retikulumdan iborat. T- sistema membranasida Ca voltaj darvozali kanali mavjud – digidropiridin retseptorlari ham deyiladi( degidropiridin ularga bloklovchi ta’sir ko’rsatadi), ular sarkoplazmatik reticulum orqali aktivlanadi.
Bo’ylama sarkoplazmatik naychalar T-naylar singari tashqi tarafga ochilmagan , ular T-naychalarning ikki yonida kengaymalarni – terminal sisternalarni hosil qiladi va 2ta terminal sisternalar hamda T – naycha triadani hosil qiladi.
SR – sarkoplazmatik reticulum __L-naychalar ham deyiladi, undan Ca ionlari sarkolemmaga ajralib chiqadi. L-naychalarda Rianodin –retseptorlari mavjud (Ca –ATF-aza).

Mushak qo’zg’alishi va qisqarishi- mediator( asetilxolin) ta’sirida Na voltaj kanali ochiladi va biz bilgan HP generatsiyasi boshlanadi;
Muskul tolasi bo’ylab depolyarizatsiya jarayoni kechadi va u T-sistemaga ham beriladi;
Muskul qisqarishida yuzaga kelgan HP ta’sirida T-sistema ATF-azasini ya’ni gidropiridin retseptori aktivlanadi va T -sistemadan Ca ionlari terminal sisternaga o’tadi. U esa L-naychalar rianodin-retseptorini aktivlash orqali SR dan Ca ionlarini juda ko’p miqdorda ajralishini ta’minlab beradi.

Ajralgan Ca ionlari troponin –C bilan bog’lanadi;
Natijada, tropomiozin aktin aktiv saytlarini ochadi va miozin –aktin kesishgan ko’prigi hosil bo’ladi( miozin ATF biriktiruvchi qismida bu vaqtda ATF birikib ATF-aza ta’sirida ADF va Fosfat kis-a hosil bo’lgan bo’ladi);
Miozin 90 C burchakdan 45 (50)c burchak hosil qilib o’z boshini o’qi atrofida buradi ( energiya sarfi bilan kechadigan jarayon)natijada muskul qisaqaradi.

Mushak bo’shashishi( relaksatsiyasi) - qachonki Ca ionlari konsatratsiyasi 10 mkM/l dan kamaysa kuzatiladi.

  1. Ca SR ga Ca-ATFaza aktiv transporti bilan tashiladi;

  2. Sarkoplazmada Ca kons. kamayadi;

  3. Ca troponin-C dan ajraladi;

  4. Kesishgan ko’prik jarayoni to’xtatiladi;

  5. Mushak bo’shashadi.


Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə