Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/83
tarix01.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#103937
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83
ADABIY TIL

“Syuan-szan kechmishi” 
budda muhitida yaratilgan asarlardan biri
uning xitoycha va qadimgi turkiy versiyalari mavjud. Turkiy versiya uygʻur xatida 
boʻlib, hozirda boʻlaklarga boʻlingan holda Parij, Pekin, Sankt-Peterburgda 
saqlanmoqda. Asarni X asrda yashagan olim va tarjimon beshbaliqlik Shingqu 
Sheli qadimgi turkiy tilga tarjima qilgan. “Syuan-szan kechmishi” Tan sulolasi 
davrida yashagan sayyoh Syuan-szanning budda yashagan oʻlkalarga safari 
xususidagi memuar boʻlib, oʻzida oʻnlab afsona va rivoyatlarni, budda falsafasi
qadimgi Sharq xalqlarining ijtimoiy-siyosiy, madaniy turmushi, ular yashagan 
mamlakatlar geografiyasi, tarixiga oid ma’lumotlarni jamlagan.
5. 
“Sekiz yukmak”
. Turfondan topilgan bu yodgorlik matnini nemis 
olimlari V.Bang, A.fon Gaben va turk olimi G.R.Rahmatiylar 1934-yilda Berlinda 
nashr ettirganlar. Bulardan tashqari, uyg‘ur yozuvida yozilgan bir qancha obidalar, 
turli afsonalardan olingan parchalarning matnlari bitilgan yodgorliklar bor. 
Shuningdek, VIII-X asrlarga va keyingi davrlarga oid juda ko‘p uyg‘urcha yuridik-
huquqiy xujjatlar ham mavjud. Bu yodgorliklarda ham adabiy til, ham xalq 
so‘zlashuv tili xususiyatlari aks etgan.
Qadimgi turkiy tilda sakkizta unli fonema bo‘lib, ular bir-biridan qatori, tor- 
kengligi, lablanish-lablanmasligiga ko‘ra farq qiladi. Bulardan - 
a, ï, o, u 
orqa 
qator, 
ä, i, ö, ü 
old qator unlilaridir. Keng unlilar - 
a, ä, o, ö
; tor unlilar - 
i, ï, u, ü. 
Lablanmagan unlilar – 
a, ä

i, ï
; lablangan unlilar – 
o

ö

u, ü
. Demak, 




48 
lablanmagan, keng va orqa qator; 
ä 
- lablanmagan, keng lekin old qator unlidir. Bu 
unlining talaffuzi qozoq, qirg‘iz hamda ko‘pgina qardosh turkiy tillarda, 
shuningdek, o‘zbek tilining singarmonizmli lahja va shevalarida saqlangan. Tatar 
va boshqirt tillarida bu unli yanada orqaga siljishi va kengayishi natijasida ɔ 
(hozirgi o‘zbek tilidagi til orqa, lablangan 

unlisi)ga aylangan. Hozirgi o‘zbek 
adabiy tilida ba’zi o‘rinlarda oldingi tomon ɔ ga yaqinlashgan, ayrim hollarda 
orqaga tomon kengayib 
ä 
ga aylangan.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə