Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон


Yalma  – paxtali to‘n, forslar buni turkiy xalqlardan olganlar. Arablar esa  forslardan olib  yalmaq



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/83
tarix01.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#103937
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83
ADABIY TIL

Yalma
 – paxtali to‘n, forslar buni turkiy xalqlardan olganlar. Arablar esa 
forslardan olib 
yalmaq 
shaklida qo‘llaydilar. Arablar 
q
ni 

ga aylantirganlar. 
Chunonchi: 
kanda
ni 
xandaq

yara
ni 
yaraq
 qilib olganlar
” (III,41).

Bu an’ananing keyingi ham davrda davom etganini Alisher Navoiy ijodi 
misolida ko‘rish mumkin. Buyuk mutafakkir o‘zining yuqorida zikr etilgan asarida 
turkiy tilning forsiy tildan qolishmasligini, uning til imkoniyatlari boyligi, bu tilda 
ham go‘zal adabiyot namunalari yaratish mumkinligini ko‘rsatish barobarida turkiy 
tildan forsiy tilga o‘zlashgan so‘zlarni qayd etib o‘tadi. Asarda bu haqda quyidagi 
jumlalarni o‘qiymiz: “
Yana ot anvoidaki, tubuchoq va arg‘umoq va yaka va yobu 
va totu yo‘sunluq - borini turkcha-o‘q ayturlar. ...Yana ba’zi yemaklardin qaymog‘ 
va qatlama va bulamog‘ va qurut va uloba va mantu va quymog‘ va urkamochni 
ham turkcha ayturlar. Va qimizni va suzmani va boxsumni va bo‘zani dag‘i 
turkcha ayturlar. Yana tutmoch va umoch va kumoch va tolg‘onni ham turkcha 
ayturlar”
8

Arabcha o‘zlashmalar. 
Arablar O‘rta Osiyoga (VII asrning ikkinchi yarmi 
- VIII asr) kelganlaridan keyin bu yerdagi mahalliy turk runiy, uyg‘ur, xorazmiy, 
so‘g‘d yozuvlarini siqib chiqardi va ularning o‘rniga arab yozuvi ishlatila boshladi. 
Natijada, O‘rta Osiyo xalqlari o‘z adabiyoti va madaniyatini arablar ta’sirida 
davom ettirishga majbur bo‘ldilar. Arab tili ilm-fan tiliga aylandi. Xorazmiy, 
Beruniy, Farobiy, Ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy kabi 
olimlar o‘z asarlarini arab tilida yozdilar.
Arab so‘zlari o‘zbek tiliga kitob, madrasa, din hamda tojik tili orqali kirgan. 
O‘zbek tilida qo‘llaniladigan arabiy so‘zlar turli sohalarga oid bo‘lib, bular ham 
tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar kabi fonetik, morfologik va semantik jihatdan 
o‘zbek tiliga moslashgan holda qo‘llaniladi.
8
Навоий Алишер. Асарлар. 15 т. Т.14. –Т.: Ғафур Ғулом, 1967. –Б. 115. 


44 
Arab tilidan o‘zbek tiliga -iy, -viy, -ot, -iyat, -an singari grammatik 
qo‘shimchalar o‘sha til so‘zlar tarkibida o‘zlashtirilgan. Ammo ulardan ba’zilari 
ruscha-baynalmilal so‘zlarga qo‘shilib, sifat yasash uchun xizmat qiladi: 
texnikaviy, kimyoviy, partiyaviy. O‘z navbatida, arab tiliga turkiy so‘zlar ham 
o‘zlashgan. Masalan, XII asrda yaratilgan arab tili yodgorliklarida alp (bahodir), 
qutlug‘ (baxtli), chag‘ri (ov qushi), bilga (olim), XIV asr obidalarida xatun 
(xonim), ag‘a (katta), bek, haqan singari turkiy so‘zlarni uchratamiz. Bu hol arab 
tiliga turkiy tillarning ham ta’siri bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Turkiy tillar leksik qatlamini tadqiq etishda run bitiglari eng qadimiy 
obidalardan hisoblanadi. O‘rxun-enasoy yozma yodgorliklari turkiy tillarning 
qadimiy xususiyatlarini mukammal aks ettira olmasa-da, turkiy tillarning tarixiy 
taraqqiyot bosqichiga oid muhim manba sifatida ahamiyatlidir.
O‘rxun-Yenisey yodgorliklari, asosan, toshlarga o‘yib bitilgan yozuvlardan, 
idish, tangalar kabi buyumlarda va qog‘ozlarga yozilgan bitiklardan iborat bo‘lib, 
bir qancha vaqtlar olimlar uchun o‘qilishi jumboq bo‘lib qoladi. Shunga ko‘ra u 
qadimgi skandinav-german tillariga oid run, runiy (runa-sirli, yashirin demakdir) 
yozuvi nomi bilan ham yuritiladi. Sibirda surgunda bo‘lgan shved ofitseri 
F.Stralenberg 1730-yilda hali tarixda noma’lum bo‘lgan va hech kimsaga 
tushunarli bo‘lmagan bu yozuvni yuqoridagidek nomlagan edi. Bu yozuv haqida 
dastlab XVIII asrning boshlarida rus olimi S.Remezov, keyinroq shved olimi 
F.Stralenberg hamda nemis olimi D.Messershmidtlar xabar bergan. Bu 
yozuv(lar)ning turkiy xalqlarga mansubligini birinchi marta fransuz olimi J.Abel 
Remyuza (1820), so‘ngra rus olimi N.Yadrinsev (1889) isbotlagan. 1890-yilda 
N.Yadrinsev va 1891-yilda V.Radlov rahbarligida Urxun daryosi bo‘yiga 
uyushtirilgan arxeologik ekspeditsiyalar natijasi sifatida 1892-yilda 2 ta atlas e’lon 
qilindi. Bu atlaslarda bosilgan matnlarni birinchi bo‘lib daniyalik tilshunos 
V.Tomsen o‘qishga muvaffaq bo‘ldi (1893). U 1893-yil 15-dekabrda Daniya fanlar 
akademiyasi majlisida O‘rxun daryosi bo‘yidan topilgan yodgorliklarning sirini 
topganligini ma’lum qildi va bu yodgorlik turkiy xalqlar tilida yozilganligini 
bildirdi. V.Tomsendan so‘ng V.Radlov Kultegin xotirasiga bitilgan ulkan toshdagi 


45 
matnning transliteratsiya va transkripsiyasin tuzib, nemis tiliga tarjima qildi. Bu 
material qadimgi turkiy til qurilishi, fonetikasi, morfologiyasi va leksikasi 
yuzasidan dastlabki tasavvurni shakllantirdi. Shundan keyin ko‘p yillar davomida 
bu yozuvlarni tarjima qilish, ularning til xususiyatlarini o‘rganish va nashr etish 
sohasida salmoqli ishlar qilindi.
O‘rxun-Yenisey yodgorliklari o‘z navbatida , uch tarmoqqa bo‘linadi.
1. 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə