Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/83
tarix01.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#103937
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83
ADABIY TIL

Yenisey yodgorliklari
. Bu hozirgi Yenisey va Tuva avtonom viloyatidan 
topilgan yodgorliklardir.
2. 
O‘rxun yodgorliklari
. Mo‘g‘uliston hududidagi O‘rxun daryosi bo‘yidan 
topilgan Kultegin, To‘nyuquq yodgorliklaridir.
3. 
Talas yodgorliklari
. Hozirgi Qozogʻistonning Jambul viloyatidan 
topilgan yodgorliklardir.
Qadimgi turkiy tilning run yozuvida bitilgan namunalari quyidagilardir:
1. 
Kultegin bitigi. 
Bu bitiktosh ikkinchi turk xoqonligi asoschisi Eltarish 
xoqonning kichik o‘g‘li Kultegin sharafiga qo‘yilgan. U 731-yilda 47 yoshida 
vafot etgan. Yodgorlik uning akasi Bilga xoqon tomonidan 732-yilda o‘rnatilgan. 
Matn muallifi esa Eltarish xoqonning o‘g‘li Yo‘llug‘ tegin.
2. 
Bilga xoqon bitigi
. Bilga xoqon ikkinchi turk xoqonligi asoschisi Eltarish 
hoqonning toʻngʻich o‘g‘li. U 734-yilda 50 yoshida vafot etgan. Yodgorlik toshi 
735-yilda uning o‘g‘li Yo‘llug‘ tigin tomonidan o‘rnatilgan.
3. 
To‘nyuquq bitigi
. Mazkur yodgorlik ikkinchi turk hoqonligi davrida 
yashab o‘tgan davlat arbobi va sarkarda To‘nyuquq xotirasiga tiklangan. Bitig 
muallifi To‘nyuquqning o‘zidir. U. Sertkayaning fikricha, bitig taxminan 732-734-
yillar oralig‘ida yozilgan.
4. Kulichur bitigi
. Bitiktoshni 1912-yilda polshalik professor V.Kotvich 
Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator yaqinidagi Ixe-Xushotu manzilidan topgan va uning 
matnini A.Samaylovich bilan birga 1928-yilda nash etgan. U Kulichur sharafiga 
tiklangan bo‘lib, sanasi aniq emas. Tardush elini boshqargan Kulichur ikkinchi 
turk xoqonligida yashagan mashhur kishilardan sanalgan.


46 
5. 
O‘ngin bitigi. 
Bitiktosh Mo‘g‘ulistondagi O‘ngin vodiysidan topilgan. 
Hozir ham o‘rnatilgan joyida turibdi. Yodgorlik VIII asrning birincni yarmida, 
taxminan, 732-yilda tiklangan. J.Klosonning yozishicha, bitig sarkarda Alp 
Eletmish xotirasiga tiklangan6.
6. 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə