Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/83
tarix01.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#103937
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83
ADABIY TIL


nom 

dininy ta’limot” (Oltun yorugʻ), 
Azrua 
“brahma” dinining yaratuvchisi 
(Mon), 
Xormuzta 
“iloh, tangrining oti” (Mon), 
bağ 
“mevazor” (TT), 
ajun 
“olam, 
dunyo” (TT), nağïd “Zuhra (sayyora nomi)” (BX). Hozirgi o‘zbek tilida ham ayrim 
unsurlari ko‘zga tashlanadi: bog‘, rang, ochun kabi.
Xitoycha so‘zlar. 
Miloddan avvalgi II asrda Xun davlati kuchayib, 
xoqonlikka aylandi. Shunda uning ta'sir doirasi Sharqda Koreya yarim oroli, 
G‘arbda Kaspiy dengizi, janubda Himolay tog‘lari, Amudaryoning shimoliy 
hududlarigacha yetib bordi. Xitoylar bilan xunlar chegarasi Buyuk Xitoy devoridan 
o‘tgan. Bu davrda G‘arb bilan Xitoyni bog‘lab turgan savdo yo‘llari xunlar 
nazoratida edi. Shundan keyin Xun hoqonligi G‘arbiy Xan imperiyasining shimoli 
va g‘arbga qarab kengayish yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Xitoy xoqonlari xunlar bilan oʻz 
hududidan o‘tadigan savdo yo‘llarini nazorat qilish imkoniga ega bo‘lgan. 
Markaziy Osiyo xalqlari Buyuk ipak yo‘li orqali Xitoyga borib, savdo-sotiq qilgan. 
Bundan tashqari, Buyuk ipak yo‘li uzra buddizmning yoyilishi Sharq xalqlarining 
madaniy aloqalari, sharq tillarining o‘zaro ta'sirini ham ta'minlab berdi. Buni 
qadimgi xitoy-turk madaniy munosabatlari, adabiy aloqalarida ham kuzatish 
mumkin. Qadimgi turklar orasida buddizmning tarqalishi, dastlab, tarjimachilik 
sohasida katta burilish yasadi. Turkiy xalqlar buddizm diniga sig‘ingan chog‘larda 
xitoy tilidan qadimgi turkiy tilga ko‘plab diniy-falsafiy, tarixiy, badiiy asarlar
tabobatga tegishli kitoblar tarjima qilingan. Diniy-falsafiy qarashlar, madaniyat, 
badiiy adabiyotda kechgan jarayonlar qadimgi turkiy til lug‘at tarkibining yangi 
soʻz-terminlar bilan boyishiga imkon yaratdi. Xitoy tilidan diniy va falsafiy 
tushunchalarni 
anglatuvchi 
so‘zlar, 
buddizm 
san'ati, 
madaniyati, 
adabiyotshunoslik, kitobat ishi va fanning ayrim sohalariga doir terminlar turkiy 
tilga o‘zlasha boshladi. Ayon bo‘ladiki, turklar bilan xitoyliklarning ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalari qadim tarixga borib taqaladi. Bu hamkorliklar 


39 
natijasi o‘laroq, turkiy tillar so‘z boyligiga xitoycha o‘zlashmalar kirib kelgan

Tabğač 
“Xitoy” (To‘n), 
saŋun 
“general” (KT), 
baqšï 
“ustoz, murabbiy” (Oltun 
yorugʻ), 
lu 
“ajdar” (Oltun yorugʻ), 
Burxan 
“Budda” (TT), 
tänsi “
osmon oʻgʻli, 
xitoy imperatorining unvoni” (To‘n), 
tutuq “
unvon nomi” (KT), 
čaŋ 
“chang, 
musiqa asbobi” (Oltun yorugʻ), yinju (“Devon”). Shuningdek, o‘zbek-uyg‘ur 
ijtimoiy-madaniy munosabatlari orqali uyg‘ur tili yordamida xitoy tilidan ham 
o‘zlashgan so‘zlar ham mavjud: lag‘mon, manpar, manti, choy, shiypon, cho‘tal, 
javon.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə