Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/83
tarix01.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#103937
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83
ADABIY TIL

Moyunchur bitigi
. Bu bitigni fin olimi G.I.Ramstedt 1909-yilda Shimoliy 
Mo‘g‘ulistonda Selenga daryosi va Shineusu ko‘liga yaqin yerda topgan. Bitig va 
uning tarjimasini 1913-yilda nashr ettirgan. Bitiktosh 759-yilda qo‘yilgan deb 
taxmin qilinadi. Qadimgi turkiy tilning taxminan V-X asrlarda vujudga kelgan.
7. 
Yenisey bitiglari. 
Oltoy o‘lkasi va Yenisey daryosi teveragida topilgan 
ko‘k turk yozuvidagi yodgorliklar “yenisey bitiglari” deb yuritiladi. Ularning soni 
ko‘p, lekin hajman katta emas. Yiriklari 15-16 qatorli bo‘lib, qabr toshlariga 
bitilgan.
8. 
Irq bitigi 
ko‘k turk xatidagi yaxlit kitob holida saqlangan. Qadimgi turkiy 
tilda ïrq – “fol”, ïrq bitig “fol kitobi” degan ma’noni anglatadi. Manbani A.Steyn 
Xitoydagi Dunxuan yaqinidagi “Ming budda g‘ori” nomli ibodatxona 
xizmatchisidan Londonga olib kelgan. Asarni dastlab V. Tomsen 1912-yilda nashr 
etgan. Asar 65 bo‘limdan iborat. Unda tush ta’birlari turli hayvon va qushlarning 
obrazlari, har xil voqealar bilan bog‘lab bayon etiladi.
9. 
Suja bitigi 
Moʻgʻulistondagi Suja dovonining janubidan topilgan. Bitig 
koʻk turk yozivida boʻlib, IX asrda koʻchirilgan.
Uyg‘ur yozuvida bitilgan yodgorliklarning eng muhimlari quyidagilardir:
1. 
“Xuastuanift” (moniylarning tavbanomasi) 
moniylik dinining falsafiy 
asari, oʻn besh boʻlimdan iborat. Ilk oʻrta asrlarda asarning eroniy, sugʻdiy, turkiy, 
xitoycha versiyalari keng tarqalgan. Bu yodgorlikning turkiy versiyalari uygʻur, 
moniy yozuvida boʻlib, ular Sankt-Peterburg, Berlin va Londonda saqlanadi.
2. 
“Maytri simit no‘m bitig” 
(Maytri bilan uchrashish kitobi). Turk-budda 
diniy-falsafiy yodgorliklaridan biri, asli sanskrit tilida yaratilgan. Budda 
ta’limotining bilimdonlaridan biri Aryachantri sanskritcha nusxadan tohar tiliga 
oʻgirgan. Toharchadan Partanarakshit Karnavajiki qadimgi turkiy tilga tarjima 
qilgan (VIII asr). Tohar tilidagi brahma xatida yozilgan ikki nusxasi Qorashaharda, 


47 
uyg‘ur xatidagi turkiy versiyalari Turfonda topilgan. Ular hozir Berlin va Urumchi 
qo‘lyozma fondlarida saqlanmoqda.
3. 
“Altin yoruq”. 
Asli qadimgi hind-sanskritcha «Suvarnaprabhasa» (oltin 
jilo). Budda diniga oid bo‘lgan sutra (muqaddas kitob)ning turkiy tarjimasi bo‘lib, 
qisqacha «Oltun yoruq» nomi bilan yuritiladi. U dastlab tabg‘ach (xitoy) tiliga, 
xitoy tilidan X asrda beshbaliqlik Singku Seli Tutung tomonidan qadimgi turkiy 
(turk uyg‘ur) tiliga o‘girilgan. Bizgacha uning 10 ga yaqin nusxasi etib kelgan. 
1910-yili S.E.Malov Suchjou shahriga yaqin Vungshagudan topgan va 1913-1917-
yillarda nashr ettirgan (V.V.Radlov bilan birga) nusxa boshqalarga nisbatan 
mukammalroq bo‘lib, Sankt-Peterburgda saqlanadi.
4. 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə