Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti, Moliya va kredit kafedrasi mudiri phd. Dots rejapov Xayrillo Xikmatullayevich



Yüklə 40,64 Kb.
səhifə4/5
tarix23.12.2023
ölçüsü40,64 Kb.
#156968
1   2   3   4   5
Jamshid moliya tezis(1)

Sug‘urta kompaniyalari. Sug‘urta kompaniyalari – bu moliyaviy vositachilar bo‘lib, ularning asosiy funksiyasi uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etishdir. Bunday shartnoma sug‘urta polisi deb nomlanadi va unga muvofiq, unda keltirilgan konkret holatlar yuzaga kelganda mijozlarga ma’lum summa to‘lanadi. Predmeti baxtsiz hodisadan, o‘g‘irlik yoki yong‘indan sug‘urtalash bo‘lgan polislar kutilmagan hodisalardan keladigan zararni sug‘urtalash va mulkiy sug‘urtalash sohasiga kiradi. Sog‘liq bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha to‘lovlarni nazarda tutuvchi polislar kasallik bo‘yicha va mehnatga layoqatsizlik sug‘urtasiga, mijoz vafot etgan taqdirda pul to‘lanishi nazarda tutiladigan polislar hayotni sug‘urtalashga kiradi.
Pensiya fondlari moliyaviy vositachi sifatida: Pensiyani rejalashtirish dasturlarida ishtirok etish fuqaroning shaxsiy jamg‘armasi va mamlakatda ijtimoiy ta’minot dasturida ko‘zda tutilgan pensiya imtiyozlari bilan bir qatorda pensiyaga chiqqan odamga pensiyaga chiqishdan oldingi daromadlarni o‘rnini bosadigan yangi daromad manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Pensiyani rejalashtirish dasturlari ish beruvchi, kasaba uyushmasi yoki xodimning o‘zi tomonidan moliyalashtiriladi.
Xulosa
Ushbu mavzuni o`rganib shu xulosaga keldik: Moliyaviy vositachilikning hozirgi holatini o‘rganishimiz va olingan natijalarni iqtisodiy rivojlanish bosqichlari bilan bog‘lashimiz mamlakatimiz moliya-bank sektorlari rivojlanishning qaysi bosqichida ekanligini aniqlash, jahon yetakchilari bilan bo‘lgan tafovutni bartaraf etish bo‘yicha yondashuvlarni belgilab olish imkonini beradi. Iqtisodiyot, moliya va bank sektoridagi salbiy hodisalarning sabablarini tushunish uchun moliyaviy vositachilikning rivojlanish darajasi va shakllarini tavsiflovchi belgilarni topishimiz va asoslashimiz hamda ularni iqtisodiy rivojlanish bosqichlari bilan bog`lashimiz zarur. Agar ushbu yo`nalishni chuqurroq o`rganadigan bo`lsak, davlatni iqtisodiy tomondan holatini ancha yaxshilashimiz mumkin.

Yüklə 40,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə