Moduli bo‘yicha “matematika darslarida xalqaro tadqiqotlar topshiriqlaridan foydalanish” O‘quv kursining



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə5/7
tarix15.04.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#105567
1   2   3   4   5   6   7
qBN0Sf54Bn4jNgkgkFo6ddF16Fap0zovmsEWWnfu

Matematik savodxonlik – bu shaxsning turli hayotiy vaziyatlar va masalalar ustida matematik mulohaza yuritish, berilgan muammoni matematika yordamida ifodalay olish, muammoni yechishda matematikani qo‘llay olish va olingan natijalardan muammoning yechimini talqin qilish va baholashda foydalana olish qobiliyatidir.
U tabiat va jamiyatda duch kelinadigan hodisalarni matematik belgi va timsollar yordamida, ya’ni matematika tilida ifodalash, hodisalarni tushuntirish va oldindan aytib berishda matematik mulohaza yuritish, matematikaga oid bilim, tushuncha, algoritm, fakt va vositalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Matematik savodxonlik har bir kishiga matematika olamini tushunishga, uning inson hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatini anglashga, faol, mulohazali va ishning ko‘zini biladigan (konstruktiv) XXI asr fuqarosi uchun zarur bo‘lgan, asosli mulohazalar yuritish orqali maqbul qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini o‘zida shakllantirishga yordam beradi.




  • Real olamdagi muammoli vaziyat




KONTEKSTLAR


XXI ASR KO‘NIKMALARI:

  • Tanqidiy fikrlash;

  • Ijodiy fikrlash (kreativlik);

  • Tadqiqot va tahlil qilish;

  • Mustaqillik, tashabbuskorlik va qat’iylik;

  • Ma’lumotlardan foydalanish;

  • Tizimli fikrlash;

  • Muloqot qilish;

  • Mulohaza yuritish.


5-rasm. PISA2012 baholashda amalga oshirilgan matematik savodxonlik modeli

Matematik savodxonlikning ta’rifiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u turli kontekstlarda berilgan real hayotiy muammolarni yechishda matematikadan unumli foydalanishni taqozo etadi. Shu bilan birga, matematik savodxonlik oquvchidan, xoh u induktiv, xoh deduktiv bo‘lsin, matematik mulohaza yuritishni hamda hodisalarni tasvirlash, tushuntirish va oldindan bashorat qilish maqsadida matematik tushuncha, fakt, algoritm va vositalardan foydalanishni va muammolarni yechishni talab qiladi.


Matematik savodxonlik – bir tomondan matematikani qo‘llab masala yechishni, ikkinchi tomondan esa matematik mulohaza yuritishni nazarda tutadi. PISA–2022 tadqiqotlarida matematik mulohaza yuritishga muammoni yechish siklining muhim markaziy ahamiyatli jihati sifatida katta urg‘u beriladi.
Matematik savodxonlik o‘quvchilarning matematik mulohaza yuritish asosida berilgan hayotiy vaziyatdagi muammoni “matematika tilida ifodalash (matematik modellashtirish)”, “matematikani qo‘llash”, “topilgan matematik yechimni berilgan muammoga nisbatan talqin qilish va baholash” kabi faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi (6-rasm). Quyida qisqalik uchun bu faoliyat turlarini “mulohaza yuritish”, “ifodalash”, “qo‘llash” va “talqin qilish va baholash” deb yuritamiz.


Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə