«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə281/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   296
Moliyaviy hisob

VI. MUSTAQIL TA’LIM
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Buxgalteriya balansi va uning tuzilishi.
2. Xoʻjalik muomalalari ta’sirida balansda sodir boʻladigan oʻzgarishlar.
3. Buxgalteriya hisobining schyotlari va ularning tuzilishi.
4. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikkiyoqlamayozuv va uning asoslanishi.
5. Buxgalteriya hisobining usullari va uning elementlari.
6. Inventarizatsiya natijalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish.
7. Moliyaviy hisobotning tuzilishi.
8. Buxgalteriya hisobi subyektlari va obyektlari.
9. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya.
10. Inventarizatsiya haqida tushuncha, uning ahamiyati va turlari.
11. Inventarizatsiya oʻtkazish va natijasini rasmiylashtirish tartibi.
12. Bozor iqtisodiyotiga oʻtishda buxgalteriya hisobini isloh qilish bosqichlari.
13. Buxgalteriya hisobida xujjatlarning roli va ahamiyati.
14. Hisob registrlari va ularni buxgalteriya hisobidagi roli.
15. Buxgalteriya hisobining memorial-order, jurnal-order va bosh jurnal shakllari.
16. Buxgalteriya hisobining informatsion texnologiyalarga asoslangan hamda soddalashtirilgan shakllari.
17. Hujjatlar va ular haqida tushuncha. Hujjatlar aylanishi.
18. Xoʻjalik mablagʻlari va ularning kelib chiqish manbaalarini tasnifi.
20. Xoʻjalik muomalalarining balansga ta’siri.
21. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va uning me’yoriy huquqiy asoslari.
22. Hisob siyosati, uning korxonani boshqarishdagi roli;
23. Asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish va hisobi;
24. Lizing munosabatlari va ijara majburiyatlari hisobi;
25. Kapital qoʻyilma xarajatlarini hisobi;
26. Asosiy vositalarni eskirishini hisobi;
27. Nomoddiy aktivlar hisobi;
28. Moliyaviy investitsiyalar hisobi;
29. Lizing muomilalarini hisobi;


KURS ISHLARINI TAYYORLASH USLUBLARI
“Buxgalteriya hisobi” fani boʻyicha kurs ishi tanlangan mavzu boʻyicha natijalarni umumiy yaxlitlikka ega ilmiy va amaliy fikrlarni aks ettiruvchi loyihaviy ishdir. Kurs ishi «Buxgalteriya hisobi» fani rivojlanishining zamonaviy darajasiga, iqtisodiyotning rivojlanish tendentsiyalariga doir masalalarini aks ettirishga mos kelishi kerak. Kurs ishi nafaqat nazariy ahamiyati, mavzusining dolzarbligi va erishilgan natijalarning amaliyotga tadbiqi, balki uning uslubiy tayyorgarlik darajasi hamda rasmiylashtirilishiga qarab baholanadi. Kurs ishini yozishning eng muhim bosqichi - bu qoʻyilgan savollarning oʻzaro nazariy va amaliy aloqadorligini ta’minlash. Kurs ishining tarkibiy tuzilishini toʻgʻri belgilash talabaga kurs ishining maqsadi va vazifalarini aniq qoʻyish hamda koʻzlangan natijaga erishish yoʻllarini, shuningdek, kurs ishini tayyorlash bosqichlarini toʻgʻri tanlashga imkon yaratadi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishini oqilona va sifatli ishlab chiqilishi talabaga izlanishning oldiga qoʻyilgan maqsad hamda natijalarini toʻgʻri ifodalash, fikrlarni bayon etish uslublari va kurs ishini tayyorlash bosqichlarini ajratish imkonini beradi. Kurs ishi talabaning ilmiy jihatdan yetukligi hamda «Buxgalteriya hisobi» fani boʻyicha chuqur bilimga va amaliy koʻnikmaga egaligini namoyon qilishi zarur. Kurs ishida oʻrganiladigan masalalarning nazariy jihatlari, aniqlangan muammolarini, qoʻyilgan ilmiy va amaliy vazifalarni tahlil qilish hamda muammolarni hal etishni koʻzlagan holda bir-biriga mantiqiy mos reja tuziladi va shu asosida yoziladi. Talaba kurs ishi boʻyicha izlanish natijalarini yoritishda buxgalteriya hisobini tashkil qilishning oʻziga xosligini hisobga olib, chet davlatlarning tajribalarini oʻzimizda orttirgan amaliy yutuqlarni umumlashtirgan holda belgilangan muammolarning yechimini topish yoʻl-yoʻriqlarni ishlab chiqadi va bartaraf qilish usullarini tavsiya etadi. Kurs ishini himoya qilishga quyidagi umumiy talablar qoʻyiladi:
- oʻrganilayotgan muammo boʻyicha mavjud iqtisodiy adabiyotlarni tahlil qilish;
- kurs ishida keltirilgan diagramma, chizma va jadvallarni muayayn tizimga keltirilgan holda rasmiylashtirish;
- kurs ishi boʻyicha korxonada toʻplangan materiallarni tanqidiy oʻrganish;
- taklif va tavsiyalarning asoslab berish;
- kurs ishi matnida fikrning ketma-ketlikda, muayayn izchillikda bayon qilinishi;
- qoʻyilgan talablar boʻyicha kurs ishining rasmiylashtirilishi.



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə