«moliyaviy hisob»



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix01.06.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
«moliyaviy hisob»

II.
 
Asosiy qisim: 
2.1.
 
Ishlab chiqarishga sarflangan xom-ashyo va materiallar 
tannarxini hisoblash usullari. 
Materiallarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega 
hisoblanadi. Ishlab chiqarish zahiralarini baholash «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 
4-son BHMAga asoslangan bo‘lishi lozim. Ushbu standartga muvofiq materiallar eng 
kam bahoda, ya‘ni tannarxi bo‘yicha yoki sof sotish qiymatida hisobga olinishi lozim. 
Chunki buxgalteriya hisobining ehtiyotkorlik tamoyilini aks ettirishning biri bo‘lib 
past baholash qoidasi hisoblanadi: tannarx bo‘yicha yoki sotishning sof qiymati.
«Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMAga asosan tovar moddiy 
zahiralarning tannarxi barcha sotib olish xarajatlarini va tovar-moddiy zahiralarni 
manzilga etkazib berish hamda tegishli holatga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan 



transport-tayyorlov xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Materiallarni sotib olish xarajatlari 
sotib olish qiymatini, import bojlari va yig‘imlarni, mahsulotni sertifikatsiya qilish 
xarajatlarini, ta‘minot, vositachi tashkilotlarga to‘langan komission to‘lovlarni, 
soliqlarni (keyinchalik hisob-kitob tarzida), shuningdek transport-tayyorlov 
xarajatlari, xizmat va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa 
xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Savdo diskontlari, siylovlari va shunga o‘xshash boshqa 
chegirmalar materiallarni sotib olish xarajatlarini belgilashda amalga oshiriladi. 
Boshqa xarajatlar, agar ular materiallarni manziliga etkazish paytida paydo bo‘lgan 
taqdirdagina tovar-moddiy zahiralarning tannarxiga kiritiladi. Masalan, ishlab 
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha xarajatlar yoki muayyan mijozlar 
uchun mahsulot ishlab chiqarish sarflarini materiallar qiymati bo‘yicha xarajatlarga 
kiritish imkoniyati vujudga kelishi mumkin.
Materiallarning har bir turini tayyorlash, haqiqiy tannarxini hisoblash ko‘p 
mehnat va vaqt talab qiladi. Shuning uchun ham ko‘pchilik hollarda moddiy boyliklar 
joriy hisobda - o‘rtacha sotib olinish bahosi, reja tannarxi bo‘yicha va boshqa 
baholarda baholanadi. Materiallarning haqiqiy tannarxi bilan o‘rtacha sotib olinish 
bahosi yoki reja tannarxi o‘rtasidagi farq ularning guruhlari bo‘yicha alohida 
hisobvaraqlarda hisobga olinadi.
Amaliyotda kompyuterlarning keng qo‘llanilishi material zahiralari har bir 
turining haqiqiy tannarxini hisoblash imkoniyatini yaratadi. Ishlab chiqarish 
xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlash
ularni baholashning quyidagi usullarini qo‘llash bilan amalga oshirish mumkin: 
1. Yalpi solishtirish (identifikatsiya) usuli. 
2. O‘rtacha tannarx bo‘yicha yoki AVECO usuli;
3. O‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum-birinchi
xarajat, FIFO usuli;
4. O‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, oxirgi tushum-oxirgi
xarajat, LIFO usuli.
Yalpi solishtirish (identifikatsiya) usuli - o‘zaro almashtirilmaydigan 
zahiralarning alohida moddalarining tannarxi, shuningdek, maxsus buyurtmalar 


10 
uchun mo‘ljallangan va ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar tannarxi ham yakka 
tartibdagi aniq xarajatlarni solishtirish qilish yo‘li orqali aniqlanishi lozim. 
Xarajatlarni maxsus solishtirish qilishning ma‘nosi - maxsus xarajatlar zahiralarning 
alohida moddasiga olib boriladi. 
AVECO (―average cost‖)usuli materiallarning o‘rtacha narxlariga asoslangan. 
Bu usul bo‘yicha har bir birlikning qiymati davr boshlarida o‘xshash birliklarning 
o‘rtacha o‘lchanadigan qiymatidan va davr mobaynida sotib olingan va ishlab 
chiqarilgan o‘xshash birliklar qiymatidan belgilanadi. O‘rtacha qiymat usuli 
yordamida sotishga yaroqli TMZlar o‘rtacha qiymati hisoblab topiladi. Vaqti-vaqti
bilan ro‘yhatga olishni o‘tkazilayotganda o‘rtacha miqdor butun bir davr uchun 
hisoblab chiqiladi.
O‘rtacha qiymat davriy asosda yoki xo‘jalik yurituvchi sub‘ektda mavjud 
bo‘lgan vaziyatga ko‘ra, har bir qo‘shimcha etkazib berish davomida hisoblanishi 
mumkin. 
Misol. Tekstil korxonasi inyul oyi mobaynida bo‘yoq sotib olish va ishlatishga 
doir quyidagi operatsiyalarni bajardi: 
2 iyulda 1 kg mi 800 so‘mdan 200 kg bo‘yoq olindi; 
9 iyulda 1 kg mi 816 so‘mdan 600 kg bo‘yoq olindi; 
12 iyulda 360 kg bo‘yoq ishlab chiqarishga kiritildi
20 iyulda 200 kg bo‘yoq ishlab chiqarishga kiritildi; 
25 iyulda 1 kg mi 845 so‘mdan 500 kg bo‘yoq olindi; 
1 iyul holatiga korxonada bo‘yoq zahirasi mavjud emas. 
Korxnona TMZ larni hisobga olishning uzluksiz hisob tizimidan foydalanadi. 
Bu tizimga binoan hisobot davrida ishlatilgan barcha TMZ lar ishlatilgan 
sanasidayoq hisobga olinadi va tannarxi aniqlanadi. 
TMZ larning o‘rtacha tannarxi har sarfdan keyin quyidagi formula orqali 
aniqlanadi: 
 


11 
1-jadval 
№ 
Sana 
Xaridlar 
Sarflar 
Qoldiq 
1.07 ga 


2.07 
200 kg x 800 so‘m = 
160 000 so‘m 
200 kg x 800 so‘m = 
160 000 so‘m 

9.07 
600 kg x 816 so‘m = 
489 600 so‘m 
800 kg x 812 so‘m* 
= 649 600 so‘m 

12.07 
360 kg x 812 so‘m 
= 292320 so‘m 
440 kg x 812 so‘m = 
194 880 so‘m 

20.07 
200 kg x 812 so‘m 
= 162 400 so‘m 
240 kg x 812 so‘m = 
194 880 so‘m 

25.07 
500 kg x 845 so‘m = 
422 500 so‘m 
740 kg x 835 so‘m** 
= 617 380 so‘m 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə