«moliyaviy hisob»



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix01.06.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
«moliyaviy hisob»

800 kg 
649 600 so’m

12.07 
360 kg x 816 so‘m = 
293 760 so‘m 
200 kg x 800 so‘m = 160 000 
so‘m – 1partiya 240 kg x 816 
so‘m = 195 840 so‘m – 2 
partiya 
440 kg 
355 840 so’m

20.07 
200 kg x 816 so‘m = 
163 200 so‘m 
200 kg x 800 so‘m = 160 000 
so‘m – 1partiya 40 kg x 816 
so‘m = 32 640 so‘m – 2 partiya 

25.07 
500 kg x 845 so‘m = 
422 500 so‘m 
500 kg x 845 so‘m = 422 500 
so‘m – 3 partiya + 200 kg x 800 
so‘m = 160 000 so‘m – 1partiya 
+ 40 kg x 816 so‘m = 32 640 
so‘m – 2 partiya 
740 kg 615 140 so’m 
Jami 
1300 kg 
1 072 100 so’m 
560 kg
456 960 so’m 
740 kg
615 140 so’m 
5-jadval. Ishlab chiqarishga kiritilgan TMZ lar tannarxini LIFO usulida 
hisoblash. 


18 
Bir qancha mamlakatlarning soliq qonunchiligida, shu jumladan O‘zbekiston 
Respublikasida bu usulni qo‘llash taqiqlanadi
2
. Chunki bu usulda korxona foydasidan 
to‘lanadigan soliqni hisoblash bazasi kamayib ketadi. 
2.2. Xom-ashyo va materiallarni hisobga olish tizimlarini va tannarxini 
hisoblash usullarini taqqoslash. 
TMZlarni davriy (joriy) hisobga olish 
Joriy hisobga olish tizimini qo‘llashda yil davomida TMZning har birining 
batafsil hisobi yuritilmaydi. Tovar-moddiy zahiralarning haqiqiy mavjudligi 
inventarizatsiyasi natijalari bo‘yicha aniqlanadi. Sotilgan TMZning tannarxini 
inventarizatsiya yakunlanmaguncha aniqlab bo‘lmaydi, chunki sotilgan TMZ 
tannarxini hisoblash quyidagi formula bilan topiladi: 
ZK+ZR=ZT-ZK1=ZR, bunda 
ZK - hisobot davri boshiga bo‘lgan TMZ qoldig‘i; 
ZR - kelib tushgan TMZ; 
ZT – sotishga tayyor TMZ tannarxi; 
ZK1 - hisobot davri oxiriga bo‘lgan TMZ tannarxi; 
ZR – sotilgan TMZ tannarxi. 
Joriy hisobga olish tizimini qo‘llaganda, tovar-moddiy zahiralarning balans 
schyotlaridagi qoldig‘i inventarizatsiya yakunlanmaguncha boshlang‘ich darajada 
qoladi. TMZning butun harakati xarajatlarning vaqtinchalik schyotlarida aks 
ettiriladi, masalan, metariallarning xaridi «Tovar-moddiy zahiralar»balans schyotida 
emas, balki 1510 – «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyotining debetida 
aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida TMZ qoldiqlarining inventarizatsiyasi 
natijalari bo‘yicha TMZni hisobga olish balans schyotlarining debetlanishi yoki 
kreditlanishi, «Tovar-moddiy zahiralar bo‘yicha tuzatishlar» yoki «Materiallarni 
xarid qilish bo‘yicha xarajatlar» schyotlari bilan o‘zaro aloqoda tuzatuvchi yozuvlar 
amalga oshiriladi. Butun hisobot davri davomida sotilgan TMZning tannarxi «Tovar- 
2
“Tovar moddiy zahiralar (BHMS 4)” 


19 
moddiy zahiralar bo‘yicha tuzatishlar» schyotining qoldig‘iga tuzatilgan, 
«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyotining debeti bo‘yicha yig‘ilib 
boriladi. 
TMZni doimiy hisobga olish tizimini qo‘llaganda TMZning balans 
schyotlarida tovar-moddiy zahiralar qabul qilinishi va chiqib ketishi batafsil aks 
ettiriladi. TMZni joriy hisobga olishda qo‘llaniladigan xarajatlarning vaqtinchalik 
schyotlarida bu holda qo‘llanilmaydi. Masalan, mol yetkazib beruvchilardan 
tovarlarni sotib olish: 
Dt 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid kilish” 
Kt 5010 “Milliy valyutadagi pul mablaglari”
– nakd pulga 
K-t 6010
“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga tulanadigan schyotlar
‖ 
– kreditga olishda. 
Hozirgi vaqtda davriy hisob tizimi asosan ulgurji va chakana savdoda, xizmat 
ko‘rsatadigan soxalarda, bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi, va uning ishlab 
chiqarishda xomashyo va materiallarning unchalik katta bo‘lmagan turlari va oddiy 
jarayonni qo‘llagan sanoat korxonalarda foydalaniladi. 
Uzluksiz hisobdan farkli ravishda davriy hisobda tovarlar sotilganda ularning 
xaqiqiy tannarxi muntazam ravishda hisobdan chiqarilmaydi, chunki ushbu tannarx 
faqat hisobot davrining oxirida aniqlanadi. 
Inventarizatsiya natijasida ―Tovarlar‖ schetiga quyidagicha o‘zgartirishlar 
kiritiladi: 
- agar hisobot davrining oxirida tovarlar qoldig‘i ushbu davrning boshidagi 
qoldiq qiymatidan ko‘proq bo‘lsa: 
Dt 2910 “Tovarlar
” 
Kt 9150 “Davriy hisobda TMZ bo’yicha tuzatishlar” 
- agar hisobot davrining oxirida tovarlar qoldig‘i ushbu davrning boshidagi 
qoldiq qiymatidan kamroq bo‘lsa: 
Dt 9150 “Davriy hisobda TMZ bo’yicha tuzatishlar” 
Kt 2910 “Tovarlar
” 
TMZ larni uzluksiz (doimiy) hisobga olish 
TMZni uzluksiz hisobga olish tizimini qo‘llaganda TMZning balans 
hisobvaraqlarida tovar-moddiy zahiralarning kelib tushishi va chiqib ketishi batafsil 


20 
aks ettiriladi. TMZni davriy hisobga olishda qo‘llaniladigan xarajatlarning 
vaqtinchalik hisobvaraqlari bu holda qo‘llanilmaydi. Natijada butun hisobot davri 
davomida: TMZning ma‘lum turlarining borligi va sotilgan zahiralarning tannarxi 
ma‘lum. Sotilgan TMZning tannarxi sotilish bo‘yicha «Sotilgan mahsulot (tovar) 
tannarxi» hisobvarag‘ida aks ettiriladi. 
TMZ larni uzluksiz va davriy hisobga olish tizimlari orasida farqlar 
Buxgalteriya hisobida uzluksiz va davriy tizimlarning asosiy farqi shuki
uzluksiz hisob tizimiga muvofiq «Tovarlar» schyotida doimo yangi xaridlar, sotuvlar 
va tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa muomalalar aks ettiriladi. Zahiralarning 
davriy hisob tizimi yuritilganda ushbu schyot tamoyil bo‘yicha ma‘lumotlar hisobot 
davrining 
oxirida 
mavjud 
tovar-moddiy 
zahiralarning 
inventarizatsiyasi 
o‘tkazilmaguncha, boshlang‘ich holida qoladi. Natijada davriy hisob tizimi sharoitida 
ishlatiladigan «Tovarlarning xaridi», «Sotib olingan tovarlarning qaytarib berilishi va 
narxining pasaytirilishi», «Xaridorlardan chegirmalar» va «Tovarlarni sotib olish 
bo‘yicha transport xarajatlari» kabi schyotlar zahiralarni uzluksiz hisobga olish tizimi 
sharoitida ishlatilmaydi. 
Uzluksiz hisob tizimi qo‘llanilganda yilning oxirida "Tovarlar" 
hisobvaraqlaridagi qoldiqni tuzatish va "Yakuniy daromad (zarar)" hisobvarag‘ining 
debeti va krediti bo‘yicha tegishli o‘tkazmalarni berish zaruriyati bo‘lmaydi, chunki 
tovarlar harakati doimo "Tovarlar" hisobvarag‘ida aks ettiriladi. Xuddi shu sababli 
hisob registrlarida hisobot davrining oxiriga qoldiqni aniqlash talab etilmaydi. 
Faqatgina "Sotilgan mahsulotning tannarxi" hisobvarag‘ining qoldig‘ini "Yakuniy 
daromad (zarar)" hisobvarag‘iga ko‘chirish kerak bo‘ladi. 
Ishlab chiqarishga kiritilgan xom-ashyo va materiallar tannarxini aniqlash usullarini 
taqqoslash. 
Korxona faoliyatining moliyaviy ko‗rsatkichlari ishlab chiqarish zahiralarini 
baholash usullaridan qaysinisi tanlanganiga ham bog‗liq. Tovar-moddiy zahiralar yil 
davomida har xil baholarda sotib olinganligi sababli, ularning to‗g‗ri 
baholanganligini aniqlash asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish 
zahiralarining yakuniy qiymatini maxsus baholash usullari yordamida tartibga solish 


21 
mumkin. Tekshiruv usuli korxonada tovar-moddiy zahiralarni hisobdan o‗chirishning 
qaysi uslubi (har xil moddiy boyliklar uchun ular xilma-xil bo‗lishlari mumkin) 
qo‗llanilishiga bog‗liq.
Agar korxonaning hisob siyosatida tovar-moddiy boyliklarni baholashning FIFO
metodi belgilangan bo‗lsa, u holda ular oy boshiga mavjud bo‗lgan zahiralar 
qoldig‗ining tannarxini hisobga olgan holda, birinchi sotib olingan zahiralar bahosida 
ishlab chiqarishga sarflanishi lozim. Balansda esa moddiy boyliklarning qoldiqlari 
so‗ngi sotib olingan, ya‘ni qimmatroq xarid baholari bo‗yicha ko‗rsatilishi lozim.
Agar zahiralar o‗rtacha tannarx (AVECO usuli) bo‗yicha baholansa, o‗rtacha 
bahoning hisob-kitob qilinganligini aniqlashi zarur.
Korxona zahiralarni so‘nggi xarid narxlarida (LIFO) baholash usuli qo‘llanilsa, 
TMZ lar oxirgi sotib olinganlari bahosida ishlab chiqarishga kritiladi. 
Endi bu uch usuldan foydalanishning natijalaini o‘zaro taqqoslab, baho bersak. 
Bunda biz yuqori bo‘limlarda foydalangan misolimizning natijalaridan foydalanamiz: 
6-jadval 
№ 
Holatlar 
TMZ tannarxini hisoblash usullari 
FIFO 
AVECO 
LIFO 
1 Boshiga qoldiq 



2 Xaridlar 
1 072 100 
1 072 100 
1 072 100 
3 Sarflar 
453 760 
454 720 
456 960 
4 Oxiriga qoldiq 
618 340 
617 380 
615 140 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə