«moliyaviy hisob»



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix01.06.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114832
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
«moliyaviy hisob»

S
mq
 = Y
b
 + K
mb
 - Y
o
 
S
mq 
- hisobot davrida sarflangan moddiy boyliklar qiymati; 
Y
b
, Y
o
- ishlab chiqarish zahiralari schyotlaridagi yil boshi va oxiriga bo‗lgan 
moddiy boyliklar qoldig‗ining qiymati (balans va bosh daftar ma‘lumotlari asosida); 
K
mb
- hisobot davrida kirim qilingan moddiy boyliklar qiymati (1010-1090 
schyotlarning debet oborotlari).
Materiallar haqiqiy tannarxi xatolashib yoki ataylab oshirilganda, tayyor 
mahsulotlar ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‗rsatish) xarajatlari sun‘iy 
ravishda ko‗payadi va mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olinadigan foyda 
(daromad) kamayadi. SHuningdek, foyda (daromad) solig‗i bo‗yicha soliqqa 
tortiladigan baza ham kamayadi ya‘ni sun‘iy ravishda soliq yashiriladi.


23 
Agar korxonada hisobot davri davomida bahosi pasaytirilgan materiallar bo‗lsa, 
yoki ular qisman o‗z sifatini yo‗qotgan yoki ma‘naviy eskirgan bo‗lsa, bunda ular yil 
oxirida haqiqiy tannarxi bo‗yicha emas, balki sotish mumkin bo‗lgan bahoda 
baholanishi va balansda aks ettirilishi lozim. Agar u dastlabki tayyorlash (sotib olish) 
qiymatidan past bo‗lsa, bahodagi farqlar moliyaviy natijalarga olib boriladi.
Moddiy boyliklarning ishlab chiqarish va boshqa maqsadlarda ishlatilishini 
tekshirish uchun texnologik jarayonlarning xususiyatlari, hamda moddiy boyliklarni 
ombordan ishlab chiqarishga berish tartibi bilan batafsil tanishishi lozim. Chunki, 
ushbu tartib buzilganida ko‗plab kamchiliklar va hatto suyiste‘mol qilishlar yuzaga 
keladi.
2.3. Xom-ashyo va materiallar tannarxini hisoblash usullarini 
rasmiylashtirish va hujjatlarda aks ettirish. 
Materiallar harakatini hisobi materiallarni hisobi bo‘yicha asosiy nizom 
talablariga javob beradigan va axborotlarni avtomatlashtirishga moslashgan tegishli 
hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Yoziladigan hujjatlarning nusxalar soni va ularning 
hujjat aylanishi korxonaning harakteriga, ishlab chiqarishni tashkil etish 
xususiyatlariga, moddiy – texnik ta‘minotiga va hisobni tashkil etish tizimiga qarab 
belgilanadi. Yoziladigan hujjatlarning nusxalar soni minimal bo‘lib, EHMdan 
foydalanilsa bir nusxa, hisob qo‘lda yuritilsa – ikki nusxadan oshmasligi kerak. 
Materiallar korxona ishlab chiqarish zaruriyati xo‘jalik ehtiyojlari uchun va 
ortiqcha va keraksiz bo‘lganlarini esa chetga sotishi mumkin. Shuningdek, korxonalar 
ayrim materiallarni chetga qayta ishlash uchun berishi mumkin. 
Korxonada ishlab chiqarish zahiralarining tug‘ri sarflanishini nazorat qilish va 
rasmiylashtirish uchun tegishli tashkiliy tadbirlar ishlab chiqiladi. Moddiy 
qiymatliklarning tejamli sarflanishining zaruriy shartlaridan biri reja - iqtisod 
(marketing) bo‘limi tomonidan har bir maxsulot (xizmat) va bajariladigan ishlar 
birligiga sarflanadigan normalar va ular asosida belgilanadigan limit katta ahamiyatga 
egadir. 
Barcha korxonalarga moddiy qiymatliklarning sarflanishi va chetga berilishiga 
ruxsat beruvchi shaxslarning ro‘yxati tuzilishi va ularning imzolarining nusxasi 


24 
buxgalteriyada bo‘lishi shart. Berilayotgan materiallar aniq o‘lchangan, sanalgan va 
tortilgan bo‘lishi zarur. 
M-7 shakli- "Materiallarni qabul qilib olish dalolat-nomasi" TMZ kuzatuvchi 
hujjatlarsiz (fakturasiz) kelgan taqdirda yoki kuzatuvchi hujjatlardagi ma‘lumotlar 
(summasi, miqdori, sifati va hokazolar) haqiqiy mavjudligiga to`qri kelmagan 
holatlarda ikki nusxada tuziladi va 1 nusxasi bux-galteriyaga ushbu ma‘lumotlarni 
qayd qilish, kamomad yoki ortiqcha summani qayd qilish uchun va mol etkazib 
beruvchiga jo`natish maqsadida marketing bo`limiga beriladi. Ushbu dalolatnoma 
tuzilgandan keyin kirim orderini yozishga zaru-riyat qolmaydi. 
Tovar-moddiy zahiralarining hisobini yuritishga asos bo`lgan, TMZ hisobga 
olish bo`yicha tegishli Standartning talabiga javob beradigan va hisobni 
avtomatlashtirishga moslangan dastlabki hisob hujjatlari qo`llaniladi. 
Mahalliy va chetdan olinadigan TMZ sub‘ekt tomonidan vakil, yuk tashuvchi 
(ekspeditor) olib sub‘ektning omborxo-nasiga topshiradi. Yuk tashiyotgan transport 
tashkilotlaridan tegishli yuklarni qabul qilib olayotgan ekspeditor (yukni kuzatuvchi) 
asosiy e‘tiborini idishlarning holati, surguchi - plombasining holatiga qaratishi lozim. 
Agarda ularga shikast etgan bo`lsa ushbu yukni tekshirib qabul qilishi lozim. 
Tekshirish natijasida yukning kamomadi yoki buzilishi (sinishi, ezilishi) aniqlangan 
holatda darhol kommertsiya (oldi-sotdi) dalolatnomasi tuzilib tegishli javobgar 
shaxslarga, mol yetkazib beruvchilar yoki transport tashkilotlariga da‘vo bildiriladi. 
Ushbu yukni kuzatuvchi olib kelgan yuklarini omborxonaga topshirayotganda 
omborxona mudiri uning hujjatlarda ko`rsatilgan miqdori, sifati, turlarini haqiqiy 
mavjudligiga taqqoslab tekshiradi va qabul qiladi. Hujjatda ko`rsatilgan TMZ 
haqiqatda mavjud bo`lgan qiymatliklarga to`g‘ri kelsa ombor mudiri materiallarning 
kirim orderi (M-4) ni to`lg‘azadi. 
Dastlabki hujjatlarning miqdorini kamaytirish maqsadida ayrim hollarda ushbu 
TMZ hujjatsiz qabul qilinadi, ya‘ni kirim orderi tuzilmaydi. Agarda mol yetkazib 
beruvchining hujjatida ko`rsatilgan TMZ haqiqatda qabul qilinganga to`g‘ri kelsa, u 
holda uning hujjati - to`lov talabnomasi to`lg‘aziladi va shtamp bilan tasdiqlanadi. 
Chunki shtampda kirim orderining hamma rekvizitlari bo`ladi. 


25 
Agarda TMZ markazlashgan holda yetkazib berilayotgan yoki mol yetkazib 
beruvchi olib kelsa u holda tovar-transport yuk xati to`lqaziladi. 
TMZ kelgan va omborga qabul qilingan kuniyoq kirim hujjatlari to`lg‘aziladi. 
Laboratoriya tekshirishidan o`tkaziladigan, texnikaviy tekshiriladigan va mas‘ul 
saqlashga qabul qilingan TMZ ayrim holda yoki ayrim omborxonada saqlanadi. 
Tekshirish o`tkazib bo`linmaguncha ularni kirim qilish va sarflash qat‘iyan man 
qilinadi. 
Ushbu TMZ maxsus daftarlarda hisobga olib boriladi va ularning butligi, 
saqlanishi ustidan nazorat o`rnatishga yordam beradi. Bundan tashqari TMZ ichki 
harakatini nazorat qilish va hisobga olish uchun ombordan - omborga, sexlardan 
foydalanishdan ortiqcha yoki tejalgan materiallarni va chiqindilarni omborga 
topshirishni nazorat qilish lozim. 
Yaroqsiz mahsulotlarni, asosiy vositalarni buzishdan, tugatilishdan olingan 
qiymatliklarni omborga topshirish jarayonlarida yuk xatlari va talabnomalar (M - 11) 
tuziladi. TMZ topshirayotgan javobgar shaxs ushbu hujjatni ikki nusxada tuzadi: 
1-nusxa - sexning javobgarligidagi materiallarni hisobdan chiqarishga; 
2-nusxa - omborxonaga ularni qabul qilish uchun asos bo`ladi. 
Sub‘ektga qabul qilingandan keyin tovar-moddiy zahiralaridan asosan quyidagi 
tartibda foydalaniladi: 
- xom-ashyolar, materiallar asosan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish uchun, 
ayrim hollardagina xodimlarga yordam tariqasida ajratiladi va ortiqcha bo`lgan 
materiallar sotiladi; 
- tovarlar asosan sotish uchun, ta‘sischilarning ulushi, barter muomalasi va mehnat 
xaqi, mukofot va yordam sifatida berish uchun. 
TMZ sub‘ektning ishlab chiqarishi va xo`jalik zaruriyati (imorat va 
inshootlarni asrash, ta‘mirlash, ko`rikdan o`tkazish) uchun sarflanganda ularning 
chiqimini tasdiqlaydigan hujjatlar tuziladi. Ushbu hujjatlar chegaralangan olinadigan 
karta, talabnoma, yuk xati va bildirishnomalardir. Ushbu hujjatlardan eng qulay va 
sarfning ustidan nazorat qilishni osonlashtiradigan hujjat chegaralangan olinadigan 
kartadir. Ushbu karta marketing bo`limi tomonidan — texnolog bilan kelishilgan 


26 
holda ikki nusxada (M-8 va M-9) tuziladi. Bu karta ishlab chiqarishning xususiyatiga 
qarab 1 xil yoki bir necha turdagi materiallarga va ayrim texnologik jarayonga 
tuziladi. Ushbu ikkita kartada tegishli sarflangan materiallar qayd qilinadi va qoldiq 
summasi ko`rsatilib boriladi. Belgilangan material yoki xom ashyolar sarflanib 
bo`lgandan keyin yoki oy tugagandan keyin ushbu kartalar omborxonaning mudiri va 
sex boshlig‘i tomonidan o`zining hisobotlariga qo`shib buxgalteriyaga topshiradilar. 
Ushbu kartalarga asosan buxgalteriyada xom ashyo va materiallarning chiqimi aks 
ettiriladi va ularning sarflangan xajmi va yo`nalishlari nazorat qilib boriladi. Ushbu 
kartada foydalanilmagan (qaytarilgan) xom ashyo va materiallar ham ko`rsatiladi. 
Chegaralangan oluv kartalari ushbu xom-ashyo yoki materiallarni doimiy yoki 
tizimli olish zaruriyati tug‘ilganda ishlatiladi. Ayrim hollarda materiallarga bo`lgan 
zaruriyat ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyatida doimiy tusda ro‘yobga chiqmaydi. 
Bunday hollarda zaruriyat uchun talabnoma yoki qo`shimcha xom ashyo, material 
uchun talabnoma-dalolatnoma (M-10) tuziladi. Bu hujjat ikki nusxada tuzilib bittasi 
omborxonada qolsa ikkinchi nusxasi iste‘molchiga, sex yoki bo`limga beriladi. 
Me‘yordan ortiqcha olinadigan har bir xom ashyo yoki material uchun 
(yaroqsiz mahsulotning o`rnini qoplash, ortiqcha sarflash, ishlab chiqarish rejasining 
ortiqcha bajarilishi va hokazo) maxsus talabnomalar tuziladi, chunki unda sababi, 
kodi va javobgar shaxslar ko`rsatiladi. Ushbu xom-ashyo yoki materiallarni berish 
faqatgina maxsus mas‘ul xodimlarning (direktor, muhandis, texnolog) topshirig‘i 
(imzosi)ga asosan amalga oshiriladi. 
Xom-ashyolar, material va tovarlar chetga, mustaqil balansga ajratilgan 
bo`limlarga xullas, sub‘ektning manzilidan chetga chiqarilayotganda M-11 yuk xati 
to`lqaziladi. Ushbu yuk xati sotish bo`limi tomonidan uch nusxada to`lg‘aziladi. Uni 
to`lqazish uchun tuzilgan shartnomalar, buyruq yoki topshiriqlar asos bo`ladi. Agarda 
ushbu TMZ shartnomaga muvofiq transportda iste‘molchilarga jo`natilsa tovar 
transport yuk xati to`lqaziladi. 
Sub‘ektlarda material va xom ashyolarni hisobga olish quyidagi dastlabki va yig‘ma 
hujjatlarga asosan amalga oshiriladi. 


27 
Materiallar bilan bog‘liq muomalalarni yana quyidagi hujjatlarda hisobga 
olinadi: 
M-1. Keltirilgan yuklarni hisobga olish jurnali - bu jurnal sub‘ektning 
buxgalteriyasi yoki moddiy ta‘minot bo`limida yuritilib, unga xom-ashyo va 
materiallarning kuzatish hujjatlari — schyot-faktura, yuk xatlar qayd qilib beriladi va 
ayrim ustunda puli to`langanligi to`g‘risida belgi qo`yiladi. 
M-2. Ishonchnoma — ayrim shaxslarga material olish uchun vakillik huquqini 
beradi va sub‘ekt tomonidan bir nusxada yozilib shu shaxsga imzo bilan beriladi va 
muddati 10-15 kunga belgilanadi. 
M-2a. Ishonchnoma — agarda sub‘ekt u yoki bu tashkilotdan doimiy ravishda 
xom-ashyo yoki material olib tursa qo`llaniladi va ushbu berilgan M2b 
ishonchnomalarni hisobga olish jurnalida qayd qilib boriladi (kimga, qachon va nima 
uchun berildi). 
M-3 va M-4 kirim orderlari - omborxonaga tovar-moddiy zahiralarni qabul 
qilish uchun omborxona mudiri tomonidan to`lqaziladi. 
M-8 oylik chegaralangan olish kartasi — bitta material uchun. 
M-8a kvadratlik chegaralangan olish kartasi — bir xil materialni uchun. 
M-9 chegaralangan olish kartasi — materiallarning 2-5 turi uchun. 
M-9a chegaralangan olish kartasi — bir xil mahsulot uchun sarflanadigan 
materiallar uchun. 
Yuqorida qayd qilingan sub‘ektlarda ishlab chiqarish texnologiyasi xaritasi 
yoki loyiha smetasiga asosan chegaralangan olish kartasi tuzilib sex rahbari 
tomonidan tasdiqlanadi va 1-nusxasi omborxonaga, 2 nusxasi ishlab chiqarish 
ob‘ektiga berilib olingan xom ashyo va materiallar qayd qilib boriladi. Xom ashyo va 
materiallar olib bo`lingandan keyin yopilib hisobotlar omborxona mudirining 
hisoboti va ishlab chiqarish hisobotlari bilan buxgalteriyaga topshiriladi. 
M-10 bir qatorli talabnoma — bitta materialning olinganligi uchun. 
M-10a ogoxdantiruvchi talabnoma — tasdiqlangan me‘yordan ortiqcha olingan 
materiallar uchun. 
M-11 ko`p qatorli talabnoma — har xil materiallarni olish uchun. 


28 
Bu talabnomalar xam sex rahbari tomonidan yozilib tasdiqlangandan keyin 
omborxonadan olinadi va hisobotlarga ilova qilinib buxgalteriyaga topshiriladi. 
M-12 bir qatorli yuk xati — bitta materialning ombordan omborga yoki sexdan 
sexga o`tkazilishi uchun. 
M-13 ko`p qatorli yuk xati — har xil materiallarning ombordan omborga yoki 
sexdan sexga o`tkazilish uchun. 
Bu yukxatlar orqali materiallarning sub‘ekt ichidagi harakatini (sarflanishi 
emas) nazorat qilish va hisobga olib borish uchun qo`llaniladi. 
M-14 bir qatorli yuk xati — bitta materialni chetga sotish yoki berish uchun. 
M-15 ko`p qatorli yuk xati — bir nechta materiallarni chetga sotish yoki berish 
uchun. 
Bu yuk xatlari sub‘ektning filiallariga materiallarni berish yoki shartnomalarga 
asosan boshqa shaxslarga sotish uchun qo`llanilib, ikki nusxada tuziladi. 
M-17 omborxonada materiallarni hisobga olish kartasi-omborxonadagi mavjud 
tovar-moddiy zahiralarining navi, miqdori, bahosi bo`yicha harakatini hisobga olib 
boradi. 
Bu kartalarni omborxona mudiri tuzadi va yurgazib boradi va ushbu kartalar 
omborxonadagi materiallar to`qrisida tezkor mu‘lumotlar olish uchun xizmat qiladi. 
M-18 hujjatlarni qabul qilib olish qaydnomasi - ombor mudiri tomonidan 
tuzilib unda buxgalteriyaga topshirilgan kirim va chiqim hujjatlari qayd qilinadi. 
M-20 omborxonada qolgan materiallarning jamg‘armasi - ma‘lum davrga 
(asosan oy, kvartal va yil oxirida) omborda mavjud bo`lgan materiallarning qoldig‘i 
ombor kartochkalariga asosan tezkor buxgalteriya hisobi usulida aniqlanadi. 
M-22a sarflangan materiallarni hisobdan chiqarish va materiallar qoldiqi 
to`qrisida dalolatnoma. 
`M-34 materiallarning haqiqiy qoldig‘i bilan zahira me‘yori o`rtasida farq 
to`g‘risidagi ogohlantiruvchi bildirishnoma. Bu bildirishnoma ombor mudiri 
tomonidan M-17 ma‘lumotiga asosan to`lqazilib unda materiallarning harakati, 
keraksiz yoki ortiqcha materiallar bo`yicha ma‘lumotlar olinib kelgusi oyda moddiy -


29 
texnika ta‘minoti (marketing) bo`limi xodimlarining faoliyatini tartibga solishga 
yordam beradi. 
TMZ omborxonalarda va buxgalteriyada hisobini yuritish tartibi "Tovar-
material zahiralari" nomli 4-Milliy stan-dartga asosan sub‘ekt tomonidan 
tasdiqlangan hisob siyosatiga muvofiq yuritiladi. Hozirgi davrga nisbatan to`laroq 
javob beradigan usullar bu tezkor - buxgalteriya usuli va miqdor - summa usullaridir. 
Bu usullarni qo`llaganda TMZ harakati ustidan nazorat ombor mudirlarining 
ma‘lumotlariga asosan amalga oshiriladi. 
Tezkor-buxgalteriya (saldo) usulining asosiy shartlari quyidagilardan iboratdir: 
- buxgalteriya xodimlari tomonidan omborxonadagi TMZ harakatini to`g‘ri va o`z 
vaqtida hujjatlashtirishni, omborxonada hisobni yuritishni doimiy va tizimli ravishda 
nazorat qilish, omborxona mudirlarining hisoboti bo`yicha aks ettirilgan qoldiq TMZ 
haqiqatdagi qoldig‘iga to`gri kelishini tekshirish huquqini buxgalterlarga berish; 
- buxgalteriyada TMZ harakatini faqat pul ko`rinishda tasdikdangan baholarda, 
guruhlari, joylari va turlari bo`yicha hisobini yuritish; 
- TMZ qoldiqlarini omborxona hisobi bilan buxgalteriya hisobi ma‘lumotlarini 
doimiy ravishda taqqoslash yo`li bilan tasdiqlash. 
TMZ tezkor-buxgalteriya (saldo) hisobini qo`llaganda omborxonada ularning 
turlari va navlari faqat miqdor ko`rsatkichda hisobga olinadi. Ushbu hisob maxsus 
miqdor - summa kartochkasida (M-12) yuritiladi. Ushbu kartochka xar bir TMZ 
uchun ayrim holda ochilib unda nomi, navi, o`lchov birligi, bahosi, qoldiqi, kirimi va 
chiqimi ko`rsatilib boriladi va ushbu kartochkalar omborxona mudiriga tilxat bilan 
beriladi. 
TMZ kirimi jarayonida tegishli hujjatga asosan omborxona mudiri ularni 
maxsus kartochkalarda qayd qiladi. Sarflash hujjatlariga (chegaralangan - oluv 
kartasi, talabnoma, yuk xati) asosan ularning chiqimi qayd qilib boriladi. 
Chegaralangan-oluv kartasidagi ma‘lumotlar omborxona hisobi kartochkasiga 
ushbu kartadagi xom-ashyo va materiallar (yoki undagi materiallarning bitta turi) olib 
bo`lingandan keyingina, lekin keyingi oyning 1-kunigacha o`tkaziladi. Bu hollarda 
omborxona kartochkalari ushbu chegaralangan-oluv kartalari bilan birga saqlanadi. 


30 
Ushbu kartochkalardagi qoldiqlar har bir muomala qayd qilingandan keyin hisoblab 
chiqiladi. Omborxona mudiri olingan hujjatlarga belgilangan bahoni qo`yadi va 
kartochkaga hujjatning nomeri, sanasi, olingan xom ashyo, material eki tovarning 
miqdorini qayd qiladi. 
Buxgalteriya tomonidan belgilangan grafikka asosan belgilangan vaqtda ombor 
mudiri kirim va chiqim hujjatlarining ro`yxatini (M-13) tuzadi. Unda hujjatlarning 
nomerlari, TMZ miqdori, guruhi va turlari ko`rsatiladi. Material bo`limining 
buxgalteri esa moddiy javobgar shaxs - omborchidan ushbu hujjatlarning reestrini 
(hisobot) qabul qilib oladi va o`zining imzosi bilan tasdiqlaydi. Shundan keyingina 
ushbu hisob kartochkalari buxgalteriya qaydnomasi huquqini oladi. 
Har oyning 1-kuni holatiga ombor mudiri kartochkalardagi TMZ qoldiqini 
"Tovar-material zahiralarining qoldiqini hisoblash qaydnomasi" (M-14)ga o`tkazadi. 
Bu qaydnoma xar bir ombor uchun ayrim yurgaziladi va yillik ma‘lumotlar yig‘iladi. 
Ushbu qaydnoma buxgalteriyada saqlanib oyning oxirida ombor mudiriga beriladi, u 
esa ushbu qaydnomani to`lg‘azib, keyingi oyning 1-3 kunlari (tasdiqlangan grafikka 
asosan) buxgalteriyaga topshirishi lozim. Moddiy javobgar shaxs tegishli TMZ turlari 
bo`yicha haqiqiy qoldig‘ining marketing bo`limi tomonidan o`rnatilgan zahira 
me‘yori va nisbatlariga mos kelishini nazorat qilib borishi lozim. 
TMZning kirimi va u bilan bog‘liq sarflarning majmuasi, ya‘ni uning tannarxi 
quyidagilardan tashkil topgan: 
- oy boshida omborxonada TMZ oy boshiga qoldig‘i, belgilangan bahoda; 
- mol yetkazib beruvchilar jo`natgan TMZ (schyot-fakturada ko`rsatilgan qiymatda); 
- kirim qilingan TMZ olib kelish sarflari; 
- hisobdor shaxslar tomonidan olib kelingan TMZ; 
- hisobdor shaxslar tomonidan to`langan yuklash-tushirish sarflari; 
- yukchilarga hisoblangan mehnat haqi; 
- hisoblangan mehnat xaqiga nisbatan majburiy ajratmalar; 
- yordamchi ishlab chiqarishda tayyorlangan va omborga topshirilgan TMZ; 
- asosiy yordamchi ishlab chiqarish tomonidan tejalgan va omborga topshirilgan 
materiallar va chiqindilar


31 
- asosiy vositalarni hisobdan chiqarish natijasida olingan materiallar; 
- yaroqsiz mahsulotni tugatish natijasida olingan materiallar; 
- asosiy ishlab chiqarishdan olingan chiqindilar va tejalgan materiallar. 
Jami. Kirim qilingan TMZ haqiqiy tannarxi. 
Xo`jalik yurituvchi sub‘ektlarda qabul qilingan TMZ foydalanish va ishlab chiqarish 
yo`nalishlari bo`yicha guruhlashtirish tartibi sub‘ektda sintetik hisobini tashkil 
qilishga asos bo`ladi. 
Sub‘ektning buxgalteriyasi "Moddiy qiymatliklarning harakati" (pul 
ko`rinishida) qaydnomasidan foydalangan holda TMZ harakatini so`m ko`rinishida 
hisobga olib boradi. 
Ushbu qaydnoma TMZ butligini nazorat qiluvchi, joylarda 
harakatini hisobga oluvchi asosiy registr hisoblanadi. Ushbu 10-qaydnoma quyidagi 
tarkibda tuzilgan: 
1-bo`limda — singetik schetlar va guruhlar bo`yicha hisob-reja bahosida va haqiqiy 
tannarxida TMZ kirimi va qoldiq summasi; 
2-bo`limda — transport-tayyorlov sarflari va materiallarning guruhlari bo`yicha 
haqiqiy tannarxi bilan hisob-reja tannarxi o`rtasidagi farqning summa va foiz 
ko`rinishlari; 
3-bo`limda — haqiqatda sarflangan TMZ haqiqiy tannarxini hisoblash, ombordan 
jo`natish, bo`limlarda sarflanishi, bo`limlardagi, markaziy ombordagi qoldiqi 
(haqiqiy va hisob-reja tannarxida). 
10-qaydnomani tuzish uchun ma‘lumotlar omborning registrlari va M-4 
jamg‘arma qaydnomasidan olinadi.
10-qaydnomaning 
3-bo`limida 
buxgalteriya 
hisobining 
muhim 
ko`rsatkichlaridan biri bo‘lmish sarflangan TMZ haqiqiy tannarxi, ularning haqiqiy 
sarfi, materiallar guruhi bo`yicha oy oxiridagi qoldig‘i to`g‘risidagi balans 
moddalarini to`lg‘azish uchun zarur ma‘lumotlar keltiriladi. 
Endi tovar moddiy zahiralarni hiobga olishning buxgalterik uslubi haqida 
to‘xtalsak. Avvalo, shuni qayd qilish kerakki, TMZlarni hisobga olishning 
buxgalterlik uslubini tovar-moddiy boyliklar soni uncha ko‘p bo‘lmagan 
korxonalarda qo‘llanish tavsiya qilinadi. 


32 
Materiallarning tayinlanishi va ishlab chiqarish jarayonida foydalanishini 
turkumlash korxona buxgalteriyasi tomonidan ularning sintetik hisobini to‘gri tashkil 
etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Materiallarning har bir guruhi tegishli 
schyotlarda hisobga olinadi. Bu 1000- «Materiallar» sintetik schyot bo‘yicha 
ochilgan ikkinchi tartibli schyotlarda ularning analitik hisob ma‘lumotlari bo‘yicha 
to‘liq ma‘lumotlar hisobga olinadi. 
Bunday uslub qo‘llanilganida xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt buxgalteriyasida 
subschyotlar razryadida (1010) ishlab chiqarish zahiralarining har bir turi uchun 
son-miqdorli hisob-kitob varaqalari ochiladi. Buxgalter 
ushbu 
varaqalarda 
ombordan kelib tushgan dastlabki asoslovchi hujjatlar (kirim orderlari, TMZlarni 
qabul qilib olish dalolatnomalar, yuk xati talabnomalari va boshqalar) ning 
ma‘lumotlari asosida moddiy boyliklar xarajati (saldo, kirim, chiqim) ni aks
ettiradi. Shunday qilib, ombordagi hisob-kitob varaqalaridagi axborot keyinchalik 
moddiy javobgar shaxslarga doir tovar-moddiy boyliklarning sintetik schyoti 
(1010) ning har biri uchun 
alohida ochiladigan
analitik (son-miqdorli) 
aylanish vedmostlariga ko‘chiriladi. Materiallarning ombor (M-12 
shakli) 
va 
buxgalterlik hisob-kitobi (son-miqdorli) varaqalarida operatsiyalarni aks 
ettirish 
to‘g‘riligi va to‘liqligini tekshirish maqsadida har oyda moddiy boyliklarning har 
bir turi bo‘yicha ularning natural ko‘rsatkichlarini 
quyidagi 
pozitsiyalar 
yuzasidan
taqqoslash o‘tkaziladi: Oy boshidan
saldo, oydagi 
kirim 
va 
chiqim 
bo‘yicha aylanishlar, oy oxiridadagi saldo. Bu ko‘rsatkichlar ombor va 
buxgalteriya varaqlarda bir x il bo‘lishi lozim, chunki kirim va chiqim bo‘yicha 
barcha operatsiyalar bir xildagi dastlabki hujjatlar ma‘lumotlari asosida ro‘yxatga 
olinadi. Agar nomuvofiqlik aniqlansa, analitik hisob-kitobda yo‘l qo‘yilgan xatoni
topish va bartaraf qilish kerak. Shuningdek, aylanish vedomostlarining yakuniy 
ma‘lumotlari ham bosh daftarga yoki nazorat jurnalida qayd qilingan 1010
schyotdagi aylanishlar va qoldiqlar bilan taqqoslab chiqilishi kerak: ular ham 
bir x ilda bo‘lishi lozim. Tafovutlar bo‘lishi sintetik hisob-kitobda xatoga yo‘l 
qo‘yilganidan dalolat beradi. 
Ishlab chiqarishga xom-ashyo va materiallar kiritilishi har uchala usulda ham 


33 
bir xil rasmiylashtiriladi. Bunda quyidagicha xo‘jalik o‘tkazmalari amalga 
oshiriladi:
3
1.
To‘g‘ri material xarajatlari mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va 
xizmat ko‘rsatishga hisobdan chiqarildi: 
Dt 2010 ―Asosiy ishlab chiqarish‖ 
Kt 1010-1090 ―Materiallarni hisobga oluvchi schotlar‖ 
2.
Yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun materiallar sarflandi: 
Dt 2310 ―Yordamchi ishlab chiqarish‖ 
Kt 1010-1090 ―Materiallarni hisobga oluvchi schotlar‖ 
3.
Umumishlabchiqarish maqsadlarida materiallar sarflandi: 
Dt 2510 ―Umumishlab chiqarish‖ 
Kt 1010-1090 ―Materiallarni hisobga oluvchi schotlar‖ 
4.
Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar ehtiyojlari uchun materiallar sarflandi: 
Dt 2710 ―Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar‖ 
Kt 1010-1090 ―Materiallarni hisobga oluvchi schotlar‖ 
5.
Materiallarning asosiy ishlab chiqarishdan qaytarilishi, o‘zida ishlab 
chiqarilgan materiallar, shuningdek qaytariladigan chiqindilarning kirim qilinishi: 
Dt 1010-1090 ―Materiallarni hisobga oluvchi schotlar‖ 
Kt 2010 ―Asosiy ishlab chiqarish‖ 
Material qiymatliklar butligini amaliy nazorat qilishni ta‘minlashda korxonada 
ta‘minot bo‘limini tashkil etish, shuningdek, ombor va torozi o‘lchov xo‘jaligining 
holati katta ahamiyatga ega. Shu boisdan, korxona bo‘yicha chiqarilgan buyruqda har 
bir omborga doimiy raqam berkitilib, keyinchalik bu raqam mazkur omborga tegishli 
barcha hujjatlarda ko‘rsatiladi. Хo‘jalikda bir necha omborda ma‘lum guruh 
materiallar saqlanishi kerak. Shu maqsadda materiallarni saqlash joylariga yorliq (M-
36-shakl) yopishtirib qo‘yiladi. Omborlar to‘g‘ri torozi o‘lchov buyumlari va o‘lchov 
idishlari bilan ta‘minlangan bo‘lishi kerak.
 
3
“Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schotlar rejasini qo’’ash bo’yicha 
yo’riqnoma (21-sonli BHMS)” 


34 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə